Da Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining 2022-yil davomida qabul qilingan Hayʼat Kengashi qarorlarida berilgan topshiriqlar ijrosi boʻyicha bajarilgan ishlar toʻgʻrisida maʼlumot


Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Apparati Kengashining 20222-yil 23-maydagi 17-sonli bayoni


Download 329.54 Kb.
bet4/15
Sana21.06.2023
Hajmi329.54 Kb.
#1643607
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
--------------------------------- (2)

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Apparati Kengashining 20222-yil 23-maydagi 17-sonli bayoni




15-band. Xorijiy xizmat safarlarini tashkil qilishda tasarrufdagi oliy taʼlim muassasalari va filiallarda quyidagi tartibga qatʼiyan rioya qilinsin:
- oliy taʼlim muassasalari vakillarining chet davlatlarga xizmat safarlarini amalga oshirish munosabati bilan aniq chora-tadbirlarni nazarda tutuvchi xizmat safari rejasi ishlab chiqilishi va OTM rahbariyati tomonidan tasdiqlanishi;
- xizmat safarining rejasida safarning maqsadi, xorijda boʻlish muddati, rejalashtirilgan uchrashuvlar, tadbirlar va muzokaralar, hal etiladigan yoki oʻrganiladigan mavzular roʻyxati, xizmat safarini moliyalashtirish manbalari, maqsadga muvofiqligi, amaliy ahamiyati va kutilayotgan natijalari aks ettiriladi;
- xizmat safarining yakunlari boʻyicha hisobot tayyorlash va unda rejada koʻrsatilgan tadbirlarning bajarilganligi, muzokaralarning natijalari, erishilgan kelishuvlar, xulosalar va xorijiy davlatlar tajribasi asosida ishlab chiqilgan takliflar koʻrsatiladi.
Shuningdek:
Oliy taʼlim muassasasi rahbarlarining xorijiy xizmat safarlari yuzasidan oliy taʼlim muassasasi birinchi bandda koʻrsatilgan barcha hujjatlar bilan birgalikda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligiga xorijiy xizmat safar belgilangan kundan 20 kun oldin murojaat qilinadi va xizmat safari toʻgʻrisida axborot beriladi.
Shuningdek, OTM rahbarlarining xorijiy safarlarini tashkil etishda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-oktyabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi PF-5847-sonli Prezident farmonining 5-bandida keltirilgan talablarga rioya qilish, xususan, oliy taʼlim muassasasi rahbar xodimlari tomonidan xorijiy mamlakatga qiladigan xizmat safari oldidan asosiy maʼlumotlar, jumladan, mamlakat nomi, tashrif maqsadi va rejasi OTM veb-saytiga joylashtirilishi, safar natijalari boʻyicha hisobot oliy taʼlim muassasasining Ilmiy Kengashida koʻrib chiqish talabi belgilab qoʻyilsin.

doimiy

Л.Бахтиёров





Download 329.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling