Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Apparati Kengashining 20222-yil 4-iyundagi 20-sonli bayoni
|
1.2-band. Oziq-ovqat mahsulotlari, shu jumladan non mahsulotlarining narxlarida boʻlgan oʻzgarishlar yuzasidan doimiy tushuntirish ishlarini olib borsin;
|
doimiy
|
OTMlar
|
|
|
1.3-band. Bir hafta muddatda oliy taʼlim muassasasi hududidagi barcha tadbirkorlik subyektlaridagi mahsulotlar narxlarini solishtirma tahlil qilsin;
|
11.06.2022-y.
|
OTMlar
|
|
|
1.4-band. Tahlil natijalariga koʻra oziq-ovqat narxlari barqaror boʻlishiga eʼtiborni qaratsin hamda zarur hollarda byudjetdan tashqari mablagʻlar hisobidan mablagʻ ajratgan holda non mahsulotlari narxidagi farqlarni toʻlab berish mexanizmini bir hafta muddatda ishlab chiqsin;
|
11.06.2022-y.
|
OTMlar
|
|
|
1.5-band. Bozordagi ijtimoiy ahamiyatga ega boʻlgan zarur mahsulotlar narxlarni har kuni tahlil qilgan holda ommaviy axborot vositalari (OAV) da chiqishlarni amalga oshirsin;
|
Doimiy
|
OTMlar
|
|
|
1.6-band. Byudjet mablagʻlaridan samarali foydalanishni taʼminlasin hamda uquv jarayonlari uchun belgilangan meʼyor asosida zarur boʻlgan asbob-uskunalar va laboratoriya jihozlarini sotib olish chorasini koʻrsin;
|
Doimiy
|
Г.Сафарова
|
|
|
1.7-band. Taʼlim muassasalarida korrupsiya holatlariga yoʻl qoʻymaslik, yakuniy davlat attestatsiyasi va fanlardan yakuniy imtihonlarni shaffof tarzda oʻtkazilishini taʼminlasin;
|
doimiy
|
Ш.Умидов
|
|
|
1.8-band. Professor-oʻqituvchilar, xodimlar, yordamchi xodimlar va talabalar orasida korrupsion holatlarni vujudga keltirmaslik maqsadida doimiy targʻibot ishlarini kuchaytirish choralarini koʻrsin;
|
doimiy
|
Ш.Умидов
|
|
|
1.9-band. Har bir oliy taʼlim muassasasi axborot xizmati faoliyatini yanada takomillashtirsin hamda OAVda chiqishlarni koʻpaytirsin.
|
doimiy
|
Э.Радионова
|
|
|
1.10-band. 2022/2023 oʻquv yilidan boshlab taʼlim muassasasida talabalar oʻrtasida boʻlib oʻtadigan maʼnaviy-maʼrifiy va sport tadbirlarini koʻpaytirish hamda yuqori saviyada oʻtkazish boʻyicha kerakli mablagʻlar manbalarini koʻrsatgan holda oʻn kun muddatda rejasini tasdiqlasin;
|
14.06.2022-y.
|
Э.Радионова
|
|
|
1.11-band. Talabalar bandligini taʼminlash, ularning boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazish boʻyicha tizimli ishlarni olib borsin;
|
Doimiy
|
Э.Радионова
|
|
|
1.12-band. Keyingi oʻquv yiliga talabalar turar joylarini tayyorlash hamda reja asosida xususiy-sheriklik shartlari asosida talabalar turar joylarini qurish choralarini koʻrsin;
|
-
|
OTMlar
|
|
|
1.13-band. Professor-oʻqituvchilar, doktorantlar va talabalarning ilm bilan shugʻullanishlariga sharoit yaratish, ularni muassasaning imkoniyatidan kelib chiqqan holda moddiy ragʻbatlantirish boʻyicha bir hafta muddatda “Yoʻl xarita” ishlab chiqsin;
|
11.06.2022-y.
|
С.Сайдакбаров
|
|
|
1.14-band. 2022-yil 1-iyulga qadar talabalar toʻlov-kontrakt mablagʻlarini belgilangan tartibda undirish boʻyicha tegishli choralar koʻrsin;
|
01.07.2022-y.
|
Г.Сафарова
|
|
|
1.15-band. Professor-oʻqituvchilar, rahbar-xodimlar ish samaradorligini oshirish, faoliyat koʻrsatkichlariga koʻra ragʻbatlantirish maqsadida bir oy muddatda KPI tizimini joriy etsin;
|
04.07.2022-y.
|
О.Турсунов
|
|
|
1.16-band. Amaldagi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga oʻzgartirish boʻyicha shaxsan rektorlar tomonidan uch kun muddatda takliflar berilsin;
|
07.06.2022-y.
|
О.Турсунов
|
|
|
1.17-band. Xalqaro eʼtirof etilgan tashkilotlar reytingining birinchi 1 000 ta oʻrindagi oliy taʼlim muassasalari roʻyxatiga kiritish yuzasidan olib borilayotgan ishlarni bir hafta muddatda tahlil qilish, amalga oshirilishi lozim boʻlgan masalalar boʻyicha chora-tadbirlar belgilasin;
|
11.06.2022-y.
|
OTMlar
|
|
|
1.18-band. Uch kun muddatda Ilmiy Kengashlar faoliyatini oʻrganish, professor-oʻqituvchilarning ilmiy faoliyatiga toʻsiq boʻlayotgan omillarni bartaraf etish boʻyicha tegishli choralar koʻrsin;
|
-
|
OTMlar
|
|
|
1.19-band. Haftada bir marta ilmiy tadqiqot ishlari bilan shugʻullanayotgan professor-oʻqituvchilar, doktorantlar hamda iqtidorli yoshlar bilan uchrashuvlar tashkil qilish, ularning muammolarini oʻrganib borish tizimini yoʻlga qoʻysin;
|
har hafta
|
С.Сайдакбаров
|
|
|
1.20-band. Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari sonini ortib ketmasligini taʼminlash maqsadida shaxsiy va sayyor qabullarni tashkil etsin hamda murojaatdagi masalalarni atroflicha tahlil qilgan holda ularni bartaraf etish choralarini koʻrsin;
|
doimiy
|
А.Хамракулов
|
|
|
1.21-band. “Oʻzbekistonda oliy taʼlim” jurnaliga maqolalar tayyorlash va obunani tashkil qilish choralarini koʻrsin.
|
-
|
Г.Сафарова
|
|
|
2-band. Shunday tartib oʻrnatilsinki:
2022-yil sentyabr oyidan boshlab xorijiy safarga borayotgan rektor va prorektorlar oʻzi bilan birgalikda kamida besh nafar talaba va professor-oʻqituvchilarni olib boradi;
Shuningdek, oliy taʼlim muassasalarida oʻtkazilayotgan tekshirish va tahlillardan kelib chiqib, rektor moliyaviy-iqtisodiy masalalar bilan shaxsan shugʻullanadi va barcha moliyaviy masʼuliyatni oʻz zimmasiga oladi.
|
01.09.2022-yildan boshlab
|
А.Хамракулов
|
|
|
4-band. Huzurida texnikumlar mavjud boʻlgan oliy taʼlim muassasalari rahbarlari bir hafta muddatda tizimidagi texnikumlar faoliyatini tanqidiy oʻrganish, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, amalga oshiriladigan vazifalarni aniq belgilagan holda, oʻquvchilarning taʼlim olishi va taʼlim sifatini yaxshilash maqsadida ularga amaliy yordam koʻrsatish chorasini koʻrsin.
|
11.06.2022-y.
|
Huzurida texnikumlar mavjud boʻlgan oliy taʼlim muassasalari
|
|
|