Дадабоева
II.TANLANGAN MAVZU BO‘YICHA MUAMMOLARNI
Download 447.99 Kb. Pdf ko'rish
|
qizil chol zotining xojalik foydali belgilarini golshtinlashtirish yoli bilan yaxshilash
II.TANLANGAN MAVZU BO‘YICHA MUAMMOLARNI
QO‘YILISHI VA UNING ASOSI Bitiruv malakaviy ishining mavzusi zootexniya, hayvonlar genetikasi va urchitish kafedrasining yig‘ilishida ko‘rib chiqilgan va tasdiqlangan. Bitiruv malakaviy ish shakliga keltirish uchun talabaga ilmiy raxbar tomoniday topshiriq berilgan, uning bajarish uslubi tayorlangan, ana shu uslubiyatga asosan quyidagi masalalarni taxlil kilish rejalashtirilgan: 1. Bitiruv malakaviy ishiga asos qilib olingan qizil tusli zotlarga qisqacha tavsif berish va uni Xorazm viloyatida urchitilish xududi va sonini bilish, bunda qoramolchilik buyicha darslik o‘kuv va uslubiy qo‘llanma monografiya ilmiy maqolalardan va stat ma’lumotlardan foydalaniladi; 2.Qizil cho‘l zotini xo‘jalikka foydali belgilarini yaxshilaydigan zot deb tan olingan qizil-ola golshtin zotlari to‘g‘risida ma’lumotlar yig‘ish; 3.Qizil cho‘l zoti bilan olib borilgan chatishtirish ishlarini taxlil qilish; PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com
29 4.Qizil cho‘l zotini xo‘jalik foydali belgilarini yaxshilash borasida mamlakatimiz xamda xorijiy davlatlarning olimlari, Chorvadorlari tomonidan olingan tajriba ma’lumotlari bilan tanishish, buning uchun mamlakat, MDX va boshka xorijiy davlatlarda bajarilgan ilmiy-tadkikot ishlarining natijalarini taxlil qilysh talab etiladi. Bunda dissertatsiya, dissertatsiya avtoreferatlari, ilmiy anjuman ma’lumotlari, ilmiy tuplamlar darslik, o‘kuv va uslubiy kullanma, tavsiyanomalar, “Zootexniya”, “Molochnoe i myasnoe skotovodstvo”, “O‘zbekiston kishloq xo‘jaligi”, "Selskoe xozyaystvo Uzbekistana”, “Zooveterinariya” imiy ishlab chikarish va “Agrar fan xabarnomasi”, “Biologiya va tibiyot muammolari” kabi ilmiy nazariy jurnallardan foydalaniladi. Xar bir ilmiy ish aloxida taxlil qilinib umumlashtiriladi: 5. Qizil cho‘l zotini chatishtirish natijasida olingan duragay sigirlarning mahsuldorlik ko‘rsatkichlari iktisodiy tomondan asoslanadi. Xisoblash jarayonida hayvon tomonidan iste’mol kilingan em-xashak tannarxi, I kg mahsulot birligiga sarflangan ozuqa, mahsulot tannarxi, yalpi daromad, olingan sof foyda va rentabellik darajasi kabi ma’lumotlar ko‘rib chiqiladi. Golshtinlashtirilgan mollarni urchitishning iktisodiy ko‘rsatkichlari, sof zotli tengdoshlarining ko‘rsatkichlari bilan taqqoslanadi. 6.Bitiruv malakaviy ishda XXI asr muammolaridan biri xisoblangan ekologiya va xayot faoliyati xavfsizligi kabi masalalar xam yoritiladi va taxlil etiladi:
7.Bitiruv malakaviy ishini bajarish tartibiga binoan ilmiy-uslubiy ma’lumot taxlil qilingandan keyin muallif ularga asoslangan xolda aniq xulosalar qiladi; 8.Aniq rakamiy ma’lumotlar, dalolatli xulosalarga asoslanib qizil cho‘l zotini chatishtirish yo‘li bilan
xo‘jalikka foydali
belgilarini yanada
takomillashtirish va chatishtirishni aynan qaysi zot bilan amalga oshirish samarali bo‘lishi borasida fermer va dexqon xo‘jaliklariga xamda seleksiya ishi uchun mutasaddi bo‘lgan davlat tashkilotlariga ilmiy va amaliy jixatdan asoslangan tavsiya va takliflar beriladi; PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com 30 9.Bitiruv malakaviy ishini tayyorlash davomida, mualliflarning ismi sharifi, ishni e’lon qilingan nashri va vaqti ko‘rsatilgan xolda alfavit asosida foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati tuziladi; 10.Bitiruv malakaviy ishining arxitektonikasi xarakatdagi nizom asosida tuziladi. Ishni mazmuniga oid bulgan rasm, diagramma va statma’lumotlar va mavzuni o‘qitish texnologik xaritasi ilova tariqasida beriladi.
Download 447.99 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling