Dalil-ilmiy muammoning yechish omili


Download 61.41 Kb.
bet8/8
Sana08.01.2022
Hajmi61.41 Kb.
#241713
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Презентация (3) Dalil

Xulosalar.

  • Birinchidan, ilmiy ijod dunyoni o‘rganish asosida shakllangan yangi imperativlar, g‘oyalar, kashfiyotlarning nazariy asosi bo‘lib, u faoliyatda namoyon bo‘ladi. Ilmiy faoliyat jarayonida ijod tug‘iladi va takomillashib boradi. Shuning uchun ham unda dastlab yuzaga kelgan yangi fikr-mulohaza alohida qiymatga ega bo‘lmasa-da, keyinchalik o‘zining isbotini topadi, ya’ni ijodiy yangiliklar amaliyotga tadbiq qilinadi va fan rivojiga muayyan darajada hissa qo‘shilishiga olib keladi. Bundan ko‘rinadiki, ilmiy-ijodiy yangiliklar vaqt o‘tsa-da o‘zining ahamiyatini yo‘qotmas ekan. Bu esa ijod jarayonining betakrorligi va davomiylik xususiyatiga ega ekanligini bildiradi.
  • Ikkinchidan, ilmiy masalalarga munosabatda ijodkor olim tabiatida ko‘ringan o‘ziga xoslik ijodiy izlanishlar onida, kashfiyot qilishda, shuningdek, turli murakkab voqelikka bo‘lgan munosabatda namoyon bo‘ladi. Shu nuqtai nazardan qaraganda, har bir ijodkor dunyoqarashidan qat’i nazar dunyoni eng avvalo, o‘z ijodiy qobiliyatiga ko‘ra idrok etadi. Bundan biz ijodiy faoliyatda sub’ektiv omillarning o‘rni beqiyos ekanligiga amin bo‘lamiz.
  • Uchinchidan, mamlakatimizda ilmiy ijodga bag‘ishlangan tadqiqotlarning ko‘lamini kengaytirish, ilmiy-ijodiy faoliyatni chuqurroq o‘rganishda bahslar, izlanishlarni davom ettirish, unda nafaqat olimlar shu bilan birga amaliyotchilar ham faol qatnashishi zarur. Umuman olganda, ilmiy-ijodiy faoliyatning mazmun-mohiyati uning namoyon bo‘lish shakllarida yanada oydinlashadi.

Download 61.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling