Muammo qo‘yilishida quyidagi bosqichlarga e’tibor berish lozim: - a) muammoni izlash;
- b) xususiy muammoni qo‘yish (muammo echimiga erishish uchun maqsadlar ketma-ketligini ifodalash);
- v) muammoning echimini topish.
- Ma’lumki, falsafaning tarmoqlari ko‘p va tabiiyki, ularga mos muammolar ham etarli. Ilmiy izlanishlarda muammoni izlash va tanlashda quyidagilarga e’tibor berish lozim:
- –ilmiy izlanish jarayonida qo‘yilgan muammoni echmasdan, belgilangan yo‘nalishda ijodiy metodni, ijod metodologiyasi, texnologiyasi va texnikasini takomillashtirish mumkinligi ishonch;
- –rejalashtirilgan tadqiqot fan taraqqiyotiga qanday yangi kashfiyot yoki ixtiro natijasini berishini aniqlash;
- –rejalashtirilgan tadqiqot natijalari amaliy ahamiyatliligi bilan ilgarigi ishlanmalardan qanday farq qilishini aniqlash kabilar shular jumlasidandir.
Do'stlaringiz bilan baham: |