Dalolatnomalar: normativ hujjatlar (ular umumiy huquq meʼyorlarini belgilaydi)


Download 27.5 Kb.
Sana08.03.2023
Hajmi27.5 Kb.
#1249641
Bog'liq
Dalolatnoma


Dalolatnoma — muayyan shaklda tuzilgan rasmiy yozma yuridik hujjat.
Dalolatnomalar:
normativ hujjatlar (ular umumiy huquq meʼyorlarini belgilaydi),
individual hujjatlar (ular aniq hollarga taalluqli boʻladi, mukofotlash toʻgʻrisidagi hujjatlar, sud qarorlari)
sharhlovchi (qonunlarni rasmiy izohlashga oid) hujjatlarga boʻlinadi.
Notarial dalolatnomalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
Qonunda koʻzda tutilgan tartibda tuzilgan, muayyan huquqiy oqibatlarni keltirib chiqaradigan turli hujjatlar ham (mas., fuqarolik holati hujjatlari) dalolatnoma deb ataladi. Dalolatnomaning yana bir turi notariat ishlarda foydalanaluvchi dalolatnomalardir. Bu dalolatnomalarda hodisa (savdo almashinuv, jinoiy yoki boshqa hodisalar) asosida amalga oshiriladi. Bu dalolatnomalarda vaqt yani sana oy yil, kamida 2 nafar ishtirokchilar yani guvohlarning ism familyasi soʻroq davomida berilgan koʻrsatmalari aynan keltirilgan imzolangan holda keltiriladi, keltirilgan korsatmalar asosida tekshiruvlar korsatuvlar amalga oshiriladi. Bu dalolatnomalarni tuzish va qonuniy asosda amalga oshirilishi tegishli qonunlar asosida amalga oshiriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining tegishli moddasida quyidagi fuqarolik holati hujjatlari davlat tomonidan qayd etilishi kerakligi koʻrsatilgan:
tugʻilish;
oʻlim;
nikoh tuzilganligi;
nikohdan ajralish.
Mazkur dalolatnomalar fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish idoralari va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari (Fuqarolar yigʻini)da yuritiladi.
Qonuniy aktlar[tahrir | manbasini tahrirlash]
Qonunda nazarda tutilgan tartibda tuzilgan hamda muayyan yuridik oqibatlarni yuzaga keltiruvchi turli xil boshqa hujjatlar ham dalolatnoma hisoblanadi. Ular muassasa yoki ayrim shaxslar faoliyati bilan bogʻliq biron-bir boʻlib oʻtgan (sodir boʻlgan) voqea, hodisa, ish-harakatni yoki mavjud holatni tasdiqlash, unga guvohlik berish maqsadida bir necha kishi tomonidan tuziladi. Bunday dalolatnomalar deyarli barcha hollarda pul mablagʻlari va moddiy boyliklarga bogʻliq boʻladi, binobarin ular koʻproq tadbirkorlik, moliya-xoʻjalik faoliyatida, hisob-kitob, oldi-sotdi va savdo sohalarida keng qoʻllanadi.
Ular:
tegishli taftish oʻtkazilgandan keyin,
rahbarlik almashinayotganda,
moddiy boyliklarni bir xususiy yoki yuridik shaxsdan ikkinchisiga oʻtkazishda,
qurib tugallangan inshootlarni qabul qilishdan oldin va keyin,
mashina va uskunalarning yangi nusxalarini sinovdan oʻtkazish chogʻida,
qimmatdor buyumlarni hisobdan oʻtkazish yoki hisobdan chiqarishda,
tovarlarni miqdor va sifat boʻyicha qabul qilib olishda,
baxtsiz hodisalar yoki tabiiy ofatlar oqibatlarini tekshirishda,
sud-tergov ishlari va tibbiyot sohasida,
xodimlarning moddiy, yashash sharoitlarini oʻrganishda va boshqa hollarda tuziladi.
Download 27.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling