Dam olish daqiqalari
Download 114.87 Kb.
|
Dam olish daqiqalari
- Bu sahifa navigatsiya:
- 7. Kun va tun o`yini.
- 8. Par etdi oyini
- 9. Xotira mashqi o`yini
7. Kun va tun o`yini. O`qituvchi uka so`zini alohida yozib, bolalarga: So`zni ko`rib olib, ko`zingizni yuming,- deydi va u harfini a harfi bilan almashtirib: Endi ko`zingizni oching, so`zda qanday o`zgarish bo`lganini ayting ;- deydi. Bolalar u harfi a harfi bilan almashtirilganini natijada so`z ma`nosi o`zgarganini, aka so`zi paydo bo`lganini aytadilar. Bu o`yin 1-2 marta o`tkazilgach so`zlarning soni ko`paytirilishi, murakkablashtirilishi mumkin. bola- bolg`a, ko`kat ko`mak, sovuq- tovuq. Kun va tun o`yinini har xil shakllarda o`tkazish mumkin. 8. Par etdi oyini Bu o`yin quvnoq daqiqada o`tkazishga mo`ljallangan. «Par etdi» o`yini o`qituvchi boshchiligida o`tkaziladi. O`qituvchi qush va boshqa uchadigan narsalarning nomini aytadi, bolalar «par etdi, par etdi» deb qo`llarini baland ko`tarib pastga tushiradilar. O`yin o`rindan turgan holatda o`ynaladi. Qushdan boshqa narsa nomi aytilganda bolalar cho`kkallab o`tirib turadilar va ketdi, ketdi deb aytadilar. Bu o`yin bolalarni zukkolikka, topqirlikka, hozirjavoblikka o`rgatadi. 9. Xotira mashqi o`yini O`yinni uyushtirish uchun avvaldan ko`rgazma tayyorlanadi. Hozir xotira mashqi o`yini o`tkazilishini aytib, o`yinning shartini tushuntiradi. O`qituvchi ko`rgazmadagi so`zlarni ikki marta o`qib beradi. O`quvchilar uni eslab qolishga intiladi. Keyin ko`rgazma yopib qo`yiladi. Ko`p so`zni eslab qolgan va ularni yozgan o`quvchi g`olib topiladi va rag`batlantiriladi. Masalan: Daftar, paxta, qish, bahor, kuz, kitob, soat, oquvchi, ustoz. Oyinni ogzaki tartibda ham otkazish mumkin. Masalan, Bir oquvchiga 8ta soz oqib beriladi.: Javon, kitob, parta, qo`ng`iroq, bo`r, baho, qor, qo`zichoq. Oquvchi xotirasida qolganini takrorlaydi. Download 114.87 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling