Dam olish daqiqasi


Download 57.5 Kb.
bet2/2
Sana25.10.2023
Hajmi57.5 Kb.
#1722512
1   2
Bog'liq
Dam olish daqiqasi

Ikki qo‘llab koptokni yerga urayotgandek harakat qiladilar va she’rni aytadilar.

5. Oq qushim, oppoq qushim,


Qanot qoqib uchasan.
Bulutlardan balandlab,
Samolarni quchasan.
Bunda o‘quvchilar qo‘llarini yozib, qush qanotlarini qoqgandek qo‘llarini qimirlatadilar. Qo‘llarini ko‘tarib, oldinga harakatlantiradilar va dastlabki holatga qaytaradilar

6.Turnajonim, hoy turna!


Balanddan ucha ko‘rma.
Pastlab sekin uchgin,
Bog‘im gulzorin quchgin.
Osmonni ko‘rsatib qo‘llarini ko‘taradilar, “qanot qoqadilar”, tizzalarini bukib “pastlab uchadilar”, qo‘llarini oldinga cho‘zib, dastlabki holatga qaytadilar.
7. Qaldirg‘och g‘och-g‘och,
Qulochingni och-och.
Mana senga, don beray,
So‘ng gulzordan gul teray.
O‘quvchilar quloch ochib, qo‘llarini silkitadilar. Don bergandek qo‘llarini oldinga cho‘zib, “don sepadilar”, o‘tirib gul tergandek harakat qiladilar va yana dastlabki holatga qaytadilar.

8. Oppoq qor-u, oppoq qor,


Gupillatib yog‘asan.
Bizning dala, bog‘larning,
Ko‘ngliga xush yoqasan.

Qor yog‘sin-u, qor yog‘sin,


Bizga donlar mo‘l bo‘lsin.
O‘zbekiston xalqimiz
Rizqi doim ko‘l bo‘lsin.
Qo‘llarni tepaga qilib, qor yog‘ishini “ko‘rsatadilar”, qo‘llarini dala va bog‘larni ko‘rsatayotgandek qilib, joylarida o‘ngga va chopga buriladilar. Qo‘llarini tepaga qilib, qor yog‘ishini “ko‘rsatadilar”, qo‘llari bilan o‘zlariga ishora qilib, mo‘l hosilni ko‘rsatgandek harakat qiladilar.1

Shu bilan birga dars jarayonida turli rolli o`yinli darslarni tashkil etish, ekskursiya, media darslarni olib borish ham ta’lim sifatiga va o`quvchilarni shu fanga qiziqishini oshirishga asos bo`ladi. Fanni o`rganishda o`quvchilarning mustaqil ishlay olish ko`nikmalari ham muhim sanaladi.



1


Download 57.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling