Dam olish vaqti


Mavzu bo‘yicha nazorat savollari


Download 29.52 Kb.
bet8/8
Sana13.01.2023
Hajmi29.52 Kb.
#1091860
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
VIII MAVZU (3)

Mavzu bo‘yicha nazorat savollari:

  1. Dam olish vaqtining qanday turlari bor?

  2. Dam olish kunlari va bayram (ishlanmaydigan) kunlari xodimlarni ishga jalb etish bo‘yicha qonunchilikda qanday kafolatlar nazarda tutilgan?

  3. Ta’tillar grafigini tuzish, tasdiqlash tartibi va uning ahamiyatini tushuntiring.

  4. Ta’tildan chaqirib olish bilan bog‘liq kafolatlarni ta’minlab berish tartibi.

  5. Qaysi hollarda mehnat ta’tilini pullik kompensatsiya bilan almashtirishga yo‘l qo‘yiladi?

  6. Yillik ta’tillardan foydalanishda qanday kafolatlar nazarda tutilgan?

  7. Ish haqi saqlanmagan holda ta’til berish tartibi qanday? Ish haqi saqlanmagan holda beriladigan ta’tillar bo‘yicha qonunchilikda qanday kafolatlar nazarda tutil- gan?

  8. Ijtimoiy ta’tillarni berishda qanday kafolatlar nazarda tutilgan?

  9. Korxonaning ta’tillar berish jadvalini tuzing.

  10. Xodimni ta’tildan chaqirib olish bilan bog‘liq hujjatlarning namunalarini tayyorlang.

  11. Korxona ichki mehnat tartibi qoidalarining dam olish vaqti bo‘limining namunaviy matnini ishlab chiqing.


Mavzu yuzasidan kazuslar


  1. Kichik korxona rahbarining buyrug‘i bilan barcha xodimlar uchun yakshanba ish kuni deb e’lon qilindi. Korxona laboranti Jo‘rayeva dam olish kuni ishga chiqmaganligi sababli intizomiy jazoga tortildi. Jo‘rayeva bundan norozi bo‘lib mehnat nizolari komissiyasiga shikoyat qildi, u o‘z shikoyatida ikki yosh- ga to‘lmagan farzandi borligi hamda 80 yoshdan oshgan onasiga qarab turganligi sababli ishga chiqa olmaganini ko‘rsatdi.

Vaziyatni amaldagi qonun hujjatlariga asoslangan holda tahlil qiling.


  1. Noqulay mehnat sharoitlaridagi ishlarda band bo‘lganligi uchun Luqmonova asosiy mehnat ta’tilidan tashqari qo‘shimcha ta’til olish huquqiga ega. Unga oldingi ish yili uchun mehnat ta’tili berilmagan. Farg’ona shahrida yashovchi qizining oldiga borib kelish maqsadi- da ikki yillik mehnat ta’tilini qo‘shib berishlarini so‘rab, rahbariyatga murojaat qildi. Vaziyatni amaldagi qonun hujjatlariga asoslangan holda tahlil qiling.



  1. Mehnat ta’tili berish jadvaliga ko‘ra Kalonov 2012-yilning 1-mart kuni mehnat ta’tiliga chiqarildi. Asosiy mehnat ta’tili 30 kun, zararli omillar ta’sir etadigan ishlarda ishlaganligi uchun haq to‘lanadigan qo‘shimcha 9 kunlik ta’tildan foydalanish huquqiga ega. Bundan tashqari, dam olish kunlarida ishlaganligi (yanvar-fevral oylari) uchun 3 kunlik otgul berishlarini so‘radi.


Vaziyatni amaldagi qonun hujjatlariga asoslangan holda tahlil qiling.
Download 29.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling