Danak mevali daraxtlarning teshik dog’lanish kasalliklari va ularga qarshi kurash choralari Kirish I. Asosiy qism


Download 42.57 Kb.
bet8/15
Sana16.06.2023
Hajmi42.57 Kb.
#1509081
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15
Bog'liq
Danak mevali daraxtlarning teshik dog’lanish kasalliklari va ularga qarshi kurash choralari

Monilioz yoki meva chirishi


Urug’li mevalarning juda keng tarqalgan va zararli kasalligi. U mevalarning qo’ng’ir tusga kirishi va chirishi ko’rinishida paydo bo’ladi, ammo o’simlikning to’pgullari va boshqa a’zolarining nobud bo’lishiga xam sababchi bo’lishi mumkin. Qo’zg’atuvchisining sistematik nomlanishiga ko’ra kasallikni Monilioz deb atash to’g’ri xisoblanadi.
MDX davlatlari xududida urug’li mevalar Hyphomycetales tartibiga mansub takomillashmagan zamburug’larning to’rt turi bilan zararlanishi kuzatiladi: Monilia fructigena West., M. Cinerea Hon., M. Mali Takahashi va M. Cydonia Schell.
O’simliklarning ko’proq M. fructigena bilan zararlanishi qayd etiladi. Mevalarda dastlab kichik qo’ng’ir dog’lar paydo bo’ladi, ular tez o’sadi va butun mevani qamrab oladi. Natijada meva eti qo’ng’ir tusga kiradi, yumshaydi va ta’m sifatlarini butunlay yo’qotadi. Qo’ng’ir tusga kirgan mevalar yuzasida zambrug’ning spora xosil qilishini ifodalovchi sarg’ish-oq yostiqchalar xosil bo’ladi. Ular konsentrik aylanada joylashgan bo’lib, kalta konidiyabandlardan zanjir ko’rinishida ajralib turuvchi ko’p sonli konidiyalardan iborat. Konidiyalari oval yoki dumaloq, rangsiz, o’lchami 17,5-25x11-15 mkm, shamol, yomg’ir va xasharotlar vositasida tarqaladi, gifal o’simta bilan o’sadi. Zamburug’ xavoning xarorati 24-280S va nisbiy namligi 75% dan yuqori bo’lganda kuchli rivojlanadi. Mevalar mevaxo’r, qushlar, parsha, sovuq va boshqalar ta’sirida shikastlangan joylari orqali zararlanadi. Ba’zan kasallik qo’zg’atuvchisi meva bandi o’yiqchasi orqali kiradi, ammo zararlanish faqatgina tomchi namlik mavjud bo’lganda amalga oshadi.
Moniliozda mevalarning qo’ng’ir tusga kirishi odatda zarar-lanish sodir bo’lgandan so’ng 3-5 kun, spora xosil bo’lishi esa 8-10 kun o’tgach kuzatiladi.
Quyi va yuqori xaroratlarda, shuningdek xavoning nisbiy namligi past bo’lganda mevalarda patogenning spora xosil qilishi qayd etilmasligi xam mumkin. Bunday xollarda meva mum-lanib qoladi va yaltiroq tusli ko’kimtir-qora yoki qora rangga kiradi. Mumlangan mevalar daraxtda yoki uning ostida butun qish davomida qoladi, baxorda esa konidial spora xosil qiluvchi yostiqchalar bilan qoplanadi va birlamchi zararlanish manbai bo’lib xizmat qiladi. Aksariyat xollarda meva chirish qo’zg’atuvchisi konidial spora xosil qiladi shu bois u takomillashmagan zamburug’larga kiritiladi. Biroq ayrim olimlar uning xalta va xaltasporali apotetsiy ko’rinishidagi xaltali davrini qayd etishgan. Xaltasining shakli cho’zinchoq, uchi kengaygan, asosi esa ingichkalashgan. Xar bir xaltada 8 tadan bir xujayrali, ellipssimon, rangsiz xaltasporalar (12-16,4x5-7 mkm) joylashadi. Xaltali davrida zamburug’ Monilinia fructigena Honey deb ataladi va Helotiales tartibiga kiritiladi.
Ayrim xududlarda M. fructigena to’pgullarning zararlanishi (monilial kuyish) va yosh novdalarning qurib qolishini keltirib chiqarishi mumkin. Natijada gullar qo’ng’ir tusga kiradi va meva tugmasdan qurib qoladi. Zararlangan novdalarda baxorda konidial sporalar xosil bo’lishi va infeksiya manbai bo’lib xizmat qilishi mukin.
M. cinerea xam urug’li meva ekinlarida meva chirishi va monilial kuyishni qo’zg’atishi mumkin. M. fructigena dan farqli ravishda M. Cinerea zamburug’i mevalarda konidial spora xosil qiluvchi kulsimon mayda (0,5-1 mm) yostiqchalar shakllantiradi.
Monilinia mali zamburug’i erta baxorda yozilayotgan yosh barglarda, ba’zan barg kurtaklarida paydo bo’ladi. Dastlab qizil nuqta paydo bo’ladi va tezda dog’ga aylanib, bargning markaziy tomirini qamrab oladi. Barg bandi bo’yicha mitseliy barg to’pining asosiga tarqaladi va uning chirishini keltirib chiqaradi. Zararlangan a’zolar qo’ng’ir tusga kiradi va egiladi. Bargning ostki tomonida, barg bandi va gulbandida zamburug’ning bodom xidli, kulrang konidial sporalari xosil bo’ladi. Konidiyalari limonsimon, ba’zan esa dumaloq shaklda, ikkita qutbiy so’rg’ichli, rangsiz, o’lchami 8,1-19,8x6,5-14 mkm. Ular dixotomik shoxlangan konidiyabandlarda akropetal zanjir ko’rinishida xosil bo’ladi.
Barglar yozila boshlashi bilan konidiyalar shamol va xasharotlar bilan tarqaladi va yosh tugunchalarni zararlaydi. Kasallik yosh novdalarning uchki qismi va pishmagan mevalarni xam zararlashi mumkin. Yozda zararlangan tugunchalarda (ichida va tashqarisida), barglarda, barg bandi va meva bandlarida yaltiroq qora sklerotsiylar (diametri 1-3 mm) shakllanadi. Kuzda ular zararlangan a’zolar bilan birga tuproqqa tushadi, baxorda esa ular-dan xalta va xaltasporali apotetsiylar xosil bo’ladi va birlamchi infeksiya manbai bo’lib xizmat qiladi. Xaltasporalari ellipssimon, uchi dumaloqlashgan, rangsiz, o’lchami 11,2-14,0x5,67 mkm.
M. cydonia bexida moniliozni qo’zg’atadi. Barglarda sarg’ish-jigarrang yoki deyarli qora dog’lar xosil bo’ladi. Barglarning ustki tomonida asosan markaziy tomir bo’ylab joylashuvchi kulrang mog’orsimon g’ubor yuzaga keladi.
Zamburug’ dumaloqlimonsimon shakldagi rangsiz konidiyalardan (12,5-17,5x1015 mkm) iborat zanjir xosil qiladi.
Moniliozning etkazadigan zarari to’pgullar va yosh novda-larning nobud bo’lishi, shuningdek ko’p miqdorda xosilning yo’qotilishi (20-30%, ba’zan 6070%) bilan ifodalanadi. Monilioz ta’sirida mevalar faqatgina o’suv davrida emas, balki saqlashda xam nobud bo’ladi.

Download 42.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling