Mavzu: Micrasoft office.
MATN MUHARRIRLARI.
Aziz o'quvchilar! Siz klaviaturadan foydalanish va uning yordamida matn yozish imkoniyati bilan 5-sinfda tanishdingiz. O'ylaymizki, yozish nima uchun kerak degan savolga javobingiz ham tayyor. Bu darsda kompyuter texnikasining yozuv san'atiga qo'shgan xissasi va imko- niyatlari haqida ma'lumot beriladi. Yana shuni yodda tutingki, ishga tushirilgan dasturning monitorda ko'rinib turgan qismi uning interfeysi deb ataladi
YOZUV TARIXIDAN
Tarixdan ma'lumki, axborotlarni saqlashning eng qadimiy usullaridan bin yozuv hisoblanadi. Qadimgi odamlar yashagan g'orlar devorlaridagi rasm va yozuvlar buning yaqqol isbotidir. Yozuv san'ati asrlar davomida deyarli o'zgarmadi. Faqatgina yozish vositalari takomillashib bordi. Awal toshlarga o'yib yozilgan bo'lsa, keyinchalik bo'yoqlar yordamida yozila- digan bo'ldi. Hayvon terilariga ishlov berish natijasida toshlar o'rniga teriga yozila boshlandi. Qog'oz ixtiro qilinishi bilan yozish yana ham qulaylashdi. Shu bilan birga yozuv quroli ham takomillashib bordi. Qadimda yozish vositasi sifatida toshlar, turli mo'yqalam, qamish-perolar va g'oz patlaridan foydalanilgan. Keyinchalik patlar o'rniga peroli ruchkalar, avtoruchkalar va sharikli ruchkalar hamda yozuv mashinkalari ishlatila boshlandi. Lekin, agar, matnni o'zgartirish kerak bo'lsa, uni baribir qayta ko'chirib yozishga to'g'ri kelardi. Bu juda ko'p vaqt va mehnat talab qilishini Siz yaxshi bilasiz.
Kompyuterlarning paydo bo'lishi va undan foydalanish yozuv tex- nologiyasini tubdan o'zgartirib yubordi. Matnlarni yozish, saqlash, qayta ishlash, qog'ozga bosib chiqarish kabi ishlarni bajarishga mo'ljallangan ko'plab dasturlar ishlab chiqildi. Bu dasturlar, asosan ikki turga bo'linadi: matn muharrirlari va matn protsessorlari. Ularning asosiy farqi kompyuterga kiritilgan matnning ko'rinishiga bog'liq. Masalan, matn muharririda faqat matn yozish mumkin bo'lsa, matn protsessorida shu matn turli rasmlar bilan boyitilishi mumkin. E'tiboringizga havola etilayotgan ushbu darslik ham matn protsessorida yozilgan bo'lib, unda turli rasmlar, jadvallar, 1. ranglar va boshqa bezaklardan foydalanilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |