Darajalari: oddiy, qiyosiy vaorttirma daraja. Sifatlarning otlashishi
Download 284.67 Kb. Pdf ko'rish
|
1-maruza
1-ma’ruza: SIFAT. UNING O‘ZIGA XOS MA’NOSI, MORFOLOGIK XUSUSIYATLARI, SINTAKTIK VAZIFALARI. BELGINI DARAJALAB KO'RSATA OLISHI - SIFAT DARAJALARI: ODDIY, QIYOSIY VAORTTIRMA DARAJA. SIFATLARNING OTLASHISHI. SIFAT Otga bog‘lanib, uning belgisini bildiradigan va qanday? qanaqa? so‘roqlariga javob bo‘ladigan so‘zlarga sifat deyiladi. Chiroyli ko‘ylak, baland bino, devoriy gazeta, qiziq gap, kuzgi ekin SIFATLARNING MA’NO GURUHLARI BILIB OLING. Sifatlar qanday belgini ifodalashiga ko‘ra quyidagi guruhlarga bo‘linadi:
4) hajm-o’lchov sifatlari; 5) hid sifatlari; 6) makon-zamon belgisini bildiruvchi sifatlar.
qisqa, keng, baland, tungi, xursand, quvnoq, g‘amgin, sho‘x, kamtar, bulturgi, qishki, kechki, kuzgi, shirin, qizil, katta, odobli, xushfe’l, behisob, tonggi, kuzgi, xushbo'y, muattar, oppoq, qora, tuzsiz, taxir, badbo‘y
Ma’lum belgi bir necha so‘zlar orqali ifodalanishi ham mumkin. Masalan: katta, ulug‘, ulkan, buyuk, gigant; chiroyli, go‘zal, xushro‘y, bejirim va boshq. Bunday so‘zlar muayyan bir umumiy ma’no asosida birlashsalar ham, lekin ular bir-biridan ma’lum farqlanishga ham ega. Bunday farqlanish ularning boshqa so‘zlar bilan bog‘lanishida, ma’lum uslubga xoslanishida aniq namoyon bo‘ladi. Masalan, odam so‘zi katta, buyuk, ulkan, ulug‘ sifatlarini qabul qila oladi, lekin
shakl-belgisini ifodalashga xoslangan. Shuningdek, ulug‘, buyuk so‘zlari shakl belgisidan tashqari xususiyat belgisini ham ifodalaydi. Bunday vaqtda ular bilan ma’nodosh bo‘lib keladi. Ulkan, gigant so‘zlarida esa bunday ma’no yo‘qligi uchun ular bilan ma’nodoshlikni hosil qila olmaydi. Shuning uchun ham sifatlarning ma’nodoshlarini bilish va o‘z o‘rnida qo‘llay bilishi so‘zlovchining nutqiy mahoratini ko‘rsatadi.
suzib yurgan paxtadek yumshoq bulutlar yonayotgandek lovillardi. 4. Hovli tor, devorlari baland, xuddi kattakon hovuzga o‘xshar, buning ham to'rtdan birini ayvon egallagan edi. 5. Qoramtir osmon asta- sekin yorisha boshladi. 6. Chumchuqlar ham nima shirin, nima achchiqligini bilsa kerak. 7. Bir g‘uncha edingiz yel ham tegmagan, ifor taralardi sizdan muattar. SIFAT DARAJALARI Belgining ortiq yoki kamlik jihatidan farqlanishi sifat darajalari, ana shunday ma’no ifodalovchi shakllar esa daraja shakllari deyiladi.
daraja; 2) qiyosiy daraja; 3) orttirma daraja; 4) ozaytirma daraja. Akademik litseyda esa 1) oddiy daraja; 2) orttirma daraja; 3) ozaytirma daraja
boshqa darajalar uchun asos bo’lib xizmat qiluvchi sifat shakli oddiy daraja
ifodalaydigan sifat shakli qiyosiy daraja shakli deyiladi. Qiyosiy daraja shakli -roq qo‘shimchasi yordamida yasaladi. — roq orqali shakllangan sifatlarda boshqa vositalar, ya’ni — dan, qaraganda, ko‘ra, nisbatan so’zlari keladi. Olma daraxti shoftoli daraxtiga
sifatlar orttirma darajadagi sifatlar hisoblanadi. Bunday sifatlar 1. Fonetik usul: Oddiy darajadagi sifatlarning birinchi bo‘g‘i- nidagi oxirgi undoshning m , s yoki p undoshiga almashtirib yoki shunday undosh qo‘shib sifat oldidan takrorlash orqali: ko‘m-ko‘k; sariq — sap-sariq, bus-butun, qizil — qiр-qizil kabi; 2. Ohang usul: Тarkibidagi birinchi yoki ikkinchi unlini cho‘zish yo‘li bilan: achchiq — a:chchiq, uzun — u:zun; chiroyli — chiro:yli kabi; 3. Leksik usul: Sifat oldidan juda, eng, bog’oyatda, g‘oyat, nihoyatda, behad singari so‘zlarni qo‘shish yo‘li bilan: yaxshi-juda (behad, g‘oyat, nihoyatda) yaxshi kabi.
4) Ozaytirma darja: Belgining me’yordan kam ekanligini bildiruvchi shakl sifatning ozaytirma daraja shakli hisoblanadi. 1) Leksik usul: sifat oldidan sal, picha, ozgina, xiyol, biroz kabi so‘zlarni keltirish yo‘li bilan: to‘la — sal to‘la, achchiq — ozgina achchiq; 2) Sintaktik usul : sifat oxiriga — roq, — (i)sh, (i)mtir qo‘shimchalarini qo‘shish orqali: sariq— sariqroq (sarg‘ish, sarg‘imtir) kabi. Bular ichida — roq qo‘shimchasi biroz, sal, ba’zan nim, och so‘zlari bilan sinonim bo‘lib keladi. Shuning uchun ularni ko‘pincha birining o‘rnida ikkinchisini qo‘llash mumkin bo‘ladi. Masalan, qizilroq — sal qizil, biroz qizil, och qizil kabi. 1. Shamning qizg‘ish shu’lasi kulbaga fayz berib turar edi. 2. Maxsum kichkinagina, ozg‘in, siyrak soqoli-yu qop-qora yuzidan yoshini chamal- ab bo'lmaydigan bir odam edi. 3. Shunda ulg‘aydi bo‘yi, Ko‘ring bo‘ldi yigitcha. Vazmin, tiyrak, chaqnoq ko‘z, Sarg'ish soch-u oppoq yuz. ASLIY VA NISBIY SIFATLAR Belgini to‘g‘ridan-to‘g‘ri ifodalaydigan va uni darajalab ko‘rsatish imkoniyatiga ega bo’lgan sifatlar asliy sifatlar deyiladi: go‘zal, chiroyli, shirin, oq,
Belgini to‘g‘ridan-to‘g‘ri emas, balki boshqa bir tushunchaga nisbatlagan holda ifodalaydigan va daraja ko‘rsatish imkoniyatiga ega bo‘lmagan sifatlar nisbiy
Asliy va nisbiy sifatlaming tagiga chizing, ularni izohlang. 1. Hovlimizda ko‘cha eshikdan kiraverishda kichkina, g'ishtin uycha bor. 2. Temur yuksak insoniylik xususiyatlariga ega bo'lgan buyuk shaxs edi. 3. Uning jussasi kichkina bo‘lsa ham yuzlari jiddiy, boqishlari o'tkir, ovozi esa jarangdor. 4. Yonbag‘irlarda rango-rang tovlanib, xushbo‘y atrini taratayotgan gullarga nazar tashlayman. 5. U oltmishlarga borib qolgan bo‘lsa-da, yoshlardek ikki beti qip-qizil, serg‘ayrat va tavakkalchi odam edi. SIFATLARNING YASALISHI Sifatlar tarkibiga ko‘ra tub va yasama sifatlarga boiinadi. Tarkibida so‘z yasovchi qo‘shimchalar boMmagan sifatlar tub sifatlar, asos va yasovchi qismdan iborat bo‘lgan sifatlar yasama sifatlar hisoblanadi. Yasama sifatlar asosga qo‘shimchalar qo‘shish yoki so‘z qo‘shish yo‘li bilan hosil qilinadi.
qo’shimchalarni qo’shish orqali hosil qilinadi. a) otdan sifat yasaydi: -siz, -dor, -simon,- iy, -viy, -kor, -in, -li, -chan, -siz, - don, -i, -dor, -go’y…. hayosiz, puldor, maymunsimon, hajviy, devoriy, itoatkor, otashin, chiroyli, ishchan, suvsiz, bilimdon, mazmundor, qishloqi, rostgo’y……. b) fe’ldan sifat yasaydi: -qin, -g’in, -ik, -k, -choq, -chak, -ch, -oq, -gir, -kir, -qir, -qur, -g’un, -qun, -uq, -chiq, -uk sotqin, so’lg’in, o’lik, chirik, maqtanchoq, kuyunchak, tinch, qochoq, sezgir, keskir, chopqir, uchqur, turg’un, buzuq, qizg’anchiq, tuzuk…… d) ravishdan sifat yasash: -gi, -ki….. bugungi, qadimgi, qishki, kechki, dastlabki -li sifat yasovchi: yog’li, uyli, odobli, kuchli…. -lik ot yasovchi: bolalik, yaxshilik, farovonlik….. -simon o’xshashli ma’nosi: gulsimon, doirasimon, -iy(-viy) xoslik ma’nosi: ilmiy, devoriy, hajviy, mafkuraviy…. -gi(-ki) payt bildiruvchi: kuzgi, qishki
— iy, — viy sifat yasovchi qo‘shimchalar yordamida so‘zlar yasalgan. Namuna: ilmiy, ruhiy, ma’naviy, Fuzuliy, , hajviy, jismoniy, dunyoviy, nasriy, aqliy, kimyoviy, Nizomiy, axloqiy, samoviy, Nasimiy, lisoniy, fazoviy, mafkuraviy, ashyoviy...
Sifat yasovchi -li qo‘shimchasi -dor, -kor qo‘shimchalari va ba-old qo‘shimchasi bilan sinonimik munosabatda bo‘ladi, shuning uchun ularni birining o‘rnida ikkinchisini qo‘llash mumkin. Masalan, go‘shtli-go‘shtdor, gunohli-gunohkor, mazali-bemaza kabi; lekin doimo ham ularni bir-biri bilan almashtirish mumkin emas. Masalan, yurakli, kuchli so‘zlarini bayurak,
Sifat yasovchi -siz qo‘shimchasi be-, -no old qo‘shimchalari bilan sinonimik munosabatda bo‘ladi. Shuning uchun ularni ko‘pincha birining o‘rnida ikkinchisini qo‘llash mumkin. Masalan,
Masalan, aqlsizni beaql deyish mumkin, lekin noaql deb bo‘lmaydi. Shuningdek, nomard, noma’lum singari so‘zlardagi no- old qo‘shimchasini be- old qo‘shimchasi va -siz qo‘shimchasiga almashtirib bo‘lmaydi, chunki bu so‘zlar fors-tojik tilidan o‘zbek tiliga tayyor holda o‘tgan.
Hozirgi o‘zbek tilida yasalgan emas. Tub va yasama sifatlarga ajrating? Mashiq.1 . Yo'lning ikki betidagi qoramtir, oq, qizil daraxtlaming tanga-tanga barglari iliq quyosh nuridan marvariddek tovlanadi. 2. Uning chaqnoq ko‘zlari, siyrak qoshi, o‘ychanturishi katta bardoshini, sadoqatini, aqlini aks ettirib turardi. 3. G‘iyos aka yumshoq ajriq ustiga yonboshladi. 4. Mehmon degan unaqa sergap bo‘lmaydi,— dedi u ayyorlarcha kulib. 5. Bo‘m-bo‘sh otxonaning eshigi lang ochiq turar edi. 6. Avaz dahlizdan rangdor vassali, sertokcha uyga kirdi. Kechki payt hujrada Bobuming yolg'iz o‘zi o‘tirar edi. 7. Daryoga doimiy ravishda irmoqlar kelib qo'shilibturmasa, uning oqimi jo‘shqin bo‘la olmaydi. 8. Shahzodaning dilini ma’yus, ammo har kungi mudhish tuyg‘ularga o‘xshamagan, allaqanday pokiza hislar chulg‘ab oldi. 9. Dastlabki kunlar yo‘l unchalik mashaqqatli bo‘lmadi. 10. Bu o‘rmonda odamsimon maymunlar yashay- di. 11. Tashqi ishlar vazirligi bayonot berdi.
Mustaqil so’zlarni o’zaro bir-biriga qo’shish orqali yangi sifat yasaladi. Bodomqovoq (ot+ot); tezpishar (ravish+fe’l): umumbashariy (olmosh+sifat); beshotar, ishyoqmas, kamquvvat, hozirjavob, osmono’par, shirinso’z, mehnatsevar, qorasoch, mehmondo’st, toshbag’ir, jonkuyar, bodamqovoq, sheryurak, mallasoch, qirg’iyko’z, qorasoch SIFATLARNING OTLASHUVI Sifat bogianib kelgan ot ba’zan gapda tushib qoladi. Bunday vaqtda uning ma’nosi ham sifatga yuklanadi. Natijada sifat otlashib, egalik, kelishik, ko‘plik qo‘shimchalari bilan o‘zgarish xususiyatiga ega bo‘ladi va ot bajargan sintaktik vazifalarda keladi. 1. Sinfimizda a’lochi o‘quvchilar soni tobora ortib bormoqda. 2.Keksa kishilar katta hayotiy tajribaga ega boiadilar. 3. Oramizda bilimdon o‘quvchilar ko‘p. 4. Dangasa odamning bahonasi ko‘p.
Otlashgan so’zlarni tagiga chizing: 1. Yaxshidan bog‘ qoladi, yomondan — dog‘. 2. Ilg‘orlaiga mukofotlar topshirildi. Yoshroqlari olovga yaqinroq, keksalari bo‘lsa, olovdan uzoq- roq o‘tirishar edi. 3. Dono, aqllilar hech qachon yo‘ldan adashmaydi. 4. Endi senlar o‘qib, oq- qorani taninglar, — deydi Xoliyor amaki. — Hozir dunyo ilmli odamlarniki 5. Bilimli biladi bilim hurmatin, Bilimsiz ne bilgay bilim qiymatin. 6. Yomon-u yaxshini xulqidin anglag‘il, Yomonni yomon, yaxshini yaxshi bil. 7. To'g'ri o'zadi, egri to‘zadi. 8 To‘g‘rining gapi sariyog', egrining gapi to‘mtog. 9.Yomon bilan yo‘ldosh bo‘lsang, Yomondan burun o‘lasan. Yaxshi bilan sirdosh bo‘lsang, Yaxshilik bilan unasan. 10. Dono — durdan a’lo. 11. Baxilning qo lida oy bo‘lsa, olamni yoritmas. 12. Kattaga katta bo‘l, kichikka — kichik. 13. Hunarli o‘lmas, hunarsiz kun ko‘rmas. 14. Achchiqni achchiq kesar
1. SODDA SIFAT: Bir asosdan iborat bo‘lgan sifatlar sodda sifatlar sanaladi. a) tub sifat: sifat yasovchi qo’shimchalar bo’lmatdi: qizil, sariq, shirin, go’zal,
2. QO‘SHMA SIFAT: Ikki va undan ortiq asosdan tarkib topgan sifatlar qo’shma sifatlar hisoblanadi. Qo‘shma sifatlar, asosan, qo‘shib yoziladi. Erksevar, ochko‘z, kulrang, mehmondo‘st, devqomat, sheryurak. 3. JUFT SIFATLAR: O‘zaro yaqin yoki zid ma’noli ikki asosning juft kelishidan hosil bo‘lgan sifat juft sifat hisoblanadi. Juft sifat qismlari chiziqcha bilan yoziladi. Qing'ir-qiyshiq, g‘adir-budur, egri-bugri, katta- kichik ESDA TUTING. Juft sifat qismlari -u, -yu vositasida bog‘lansa, ular ajratib yoziladi: yakka-yu yagona. 4. TAKRORIY SIFATLAR: Bir asosning aynan takrorlanishidan hosil bo‘lgan sifat takroriy sifat sanaladi. Takroriy sifatlar belgini ta’kidlab, kuchaytirib ifodalaydi. Takroriy sifat qism lari chiziqcha bilan ajratib yoziladi. Katta-katta, yangi-yangi. Sifatlarni tahlil qiling: 1. Barcha ezguliklar zamirida xosiyatli orzular yotadi. 2. Tuproq qatlami qalin, sersuv yerlarda o‘sgan archalar yo‘g‘on va bo‘ydor bo'ladi. 3. Atrofdagi hovlilardan ko'tarilgan tutunlar ko‘kimtir, mayin mavj bilan tiniq, sovuq havoda suzadi. 4. Qo‘limda bitta sigir bor. Jonivor juda sersut, qaymog‘i suzsangiz bir enlik keladi. 5. Bu bog‘lar ichida oq qizg‘ish, nafis, havorang marmardan qurilgan ko‘rkam binolar, ko'shklar, kichik-kichik saroylar ko‘zga tashlana- di. 6. Hulkaming och jigarrang yonoqlarida ajib bir qizillik o‘ynaydi. 7. Markaziy Osiyoning erksevar, mard va jasur xalqi dushmanga qarshi mardonavor kurashdi.
ketgan. 9. Orzu millatga hayotbaxsh ruh bag‘ishlaydi. 10. Ona yeming xushbo‘y tafti mast qiladi kishini. 11. U otasi Muzaffar Farmonovning bata mom aksi: dadasi yum-yumaloq, baqaloq bo‘lsa, bu xushqad, xushsurat. 12. Samig‘ aka elliklardan oshgan, tarvuzdek yum-yumaloq, hazilkash, shirinso‘z odam 13. O’zbek xalqi meh- mondo‘st xalq. 14. Ko‘z oldimdan ichakuzdi qiliqlar qilayotgan qiziqchilar, toshlami osmonga irg‘itib o‘ynayotgan polvonlar ketmasdi. 15. Osmono‘par koshonalar, yangi libos kiygan cho‘l-u sahrolar tasviri qo‘shiq parvoziga esh bo‘ladi 16. Kasbning katta-kichigi bo'lmaydi. 17. Shu payt toshdan tushib kelayotgan sarg‘ish-qo‘ng‘ir ayiqning bahaybat gavdasi ko'rinib qoldi. 18. G‘ir-g‘ir shaboda turli- tuman giyohlaming hidlarini olib keladi. 19. Baland-past devorlar orqasidagi mevalaming oq, pushti, qizil gullariga tabassum bilan qaraysan. 20. Menga o‘xshash esli-hushli yigitga zoriqib o'tirgan ekan. 21. Qo'llari ketmon, o‘roq, ayri ushlayverganidan g‘adir-budur, haqiqiy dehqon edilar. 22. Ba’zan plitka shokoladmi. arzon-garov qo g‘irchoqmi olib keladi. 23.Shag‘al to'kilgan o‘ydim- chuqur yo‘ldan yurish it azobini bersa- da Yigitali chidadi. Sifat Ma’no turi Tub yoki yasama Sifat
darajasi Asliy va nisbiy Otlashish Tuzilishi Download 284.67 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling