Dare fe'lining qo'llanishi
Download 13.73 Kb.
|
dare fe
dare fe'lining qo'llanishi ✳️ Ingliz tilida biroz eskirgan dare modal fe’li ham mavjud boʻlib, dare+infinitiv - jur’at qilmoq ma'nosida darak gaplarda, daren’t+infinitiv – jur’at qilolmaslik degan ma’noda inkor gaplarda qoʻllaniladi. 🔸No one dare go there. (U yerga borishga hech kim jur'at qilolmaydi) 🔸I daren't think how much it's going to cost. (Buni qancha turishini o'ylashga jur'at qilolmayman - juda qimmat turadi degan ma'noda) ✳️ Og’zaki nutqda Qanday jur’at qilding … ? degan ma’noda how dare you +infinitiv…? iborasi birovning ish-harakatidan jahlimiz chiqqanida qoʻllaniladi. 🔸How dare you pick up the phone and listen in on my conversations! (Telefonni ko'tarib, mening suhbatimni eshitishga qanday hadding sig'di?) ⚠️Mazkur iborani yana How can you … ? muqobili ham boʻlib kuchli hayratlanishni bildiradi. 🔸How can you say such a thing? (Qanday qilib bu narsani ayta olding?) 🔸How can you expect me to believe your promises? ✳️ Ingliz tilida dare fe’li bilan I dare say iborasi menimcha (=I suppose) degan ma’noda qoʻllaniladi. 🔸I dare say that the computer would provide a clear answer to that. (Menimcha kompyuter bunga aniq javob topib bersa kerak.) Download 13.73 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling