Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari
www.pedagoglar.uz
14-to’plam yanvar 2023
6
DARKNET VA KELAJAKDA AXBOROTLARNI TARQALISHI
Egamberdiev Hojiakbar Salohitdinovich
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Qarshi filiali
“Axborot texnologiyalari” kafedrasi dosenti v.b., t.f.b.f.d. (PhD)
Bekmatov Akmal Kurbonmaxmatovich –
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Qarshi filiali
“Axborot texnologiyalari” kafedrasi assistenti
Annotatsiya: Bugungi kunda turli tashkilotlar,
korxonalar yoki taniqli
shaxslarning ma'lumotlarni yo'qolib qolishi yoki tarqab ketishi bilan bog'liq
yangiliklar DarkNetda tez-tez uchrab turibdi. DarkNet qanday tuzilgan,
u qanday
ishlaydi, unda nimani topish mumkin, agar sirli biror ma'lumot bo'lsa
anonimlik
saqlab qolinadimi? Shu kabi savollarga ushbu maqolada javob berishga harakat
qilamiz.
Kalit so’zlar: DarkNet, nostandart protokollar, Yashirin tarmoq, Tor brauzeri,
"anonimlik" va "yashirinlilik"
DarkNet nostandart protokollar va
portlardan foydalangan holda, ba’zan
o’zlarini “Do’stlar” (“Druzya”) deb nomlanuvchi,
faqatgina ishonchli pirlar
(ishtirokchilar) o’rtasida aloqa o’rnatiladigan yashirin tarmoq hisoblanadi. Ushbu
foydalanuvchilar o’rtasida ma’lumotlar almashinuvi
nostandart portlar va
protokollar yordamida shifrlangan shaklda amalga oshiriladi. DarkNet o'zining
DNS-dan, ya'ni domenlardan va manzil maydonidan foydalanadi.