Darkon simob
Download 68.8 Kb.
|
Haydarkon simob koni - Vikipediya[1] (pdf.io)
Haydarkon simob koni Haydarkon simob koni -Qirgʻiziston Respublikasi Oʻsh viloyatidagi kon. Olay togʻlarining shimoliy yon bagʻridagi Fargʻona simob-surma mintaqasining sharqiy qismida. Fargʻona viloyati Soʻx shahridan 19 km shim.sharqda. Kon 1926-yilda topilgan. Geo-logik jihatdan Ishmetov togʻining markazida shakllangan antiklinal strukturaning gumbaz qismida joylashgan. Uning yadrosidagi ohaktoshlar avtoxton va alloxton qumtosh-slanetsli qatlamlar bilan qoplangan. Rudalarning asosiy qismi ohaktoshlar va ularni qoplovchi slanetslarning chegara qismlarida rivojlangan metasoma-toz mahsuli boʻlgan kvars-karbonat tarkibli jasperoidlarda mujassamlashgan. Kondagi rudalar majmuali tarkibga ega boʻlib, asosan, simob-surma-flyuoritlardan iborat. Asosiy sanoat minerallari — kinovar, baʼ-zan antimonit, flyuorit, xalkopirit, markazit. Surma, simob, qoʻrgʻo-shin sulfatuzlari uchraydi. Ulardan tashqari realgar va auripigment ham bor. Noruda minerallardan kvars, kaltsit, ankerit va boshqa mavjud. Konning janubiy qismida (Janubiy struktura) 1500—4000 m2li muvofiq yotgan may-donlarda qalinligi 2–11 m li kino-varli qatlamsimon ruda tanalari tarqalgan. Konning shimoliy qismida (Shim. struktura) tik yotgan, kesishgan va qatlamsimon muvofiq yotuvchi ruda tanalari rivojlangan, rudalar mavjud. Ruda toʻplamlari qatlamsimon, linza va uyasimon, qoʻziqorin-ustunsimon shakllarda. Linza, uyalarning uz. 30 m, qalinligi 2–11 m, yotish boʻyicha uz. 10– 100 m. Konda 24 ta mustaqil maydon razvedka qilingan va foydalanishga tayyorlangan. Simobning umumiy zaxiralari va bashoratli resurslari metallning 0,165%li tarkibi bilan 20,9 ming t ni tashkil qiladi. Surmaning yigʻindi zaxiralari va bashoratli resurslari 11,3 ming t ga baholanadi, unda surmaning oʻrtacha tarkibi 1,728%, flyuorit 13,26%li tarkibi bilan 1143 ming t. Kondan hozirgi kunda foydalanilmoqda. Bu maqolada boshqa til boʻlimlariga ishorat yoʻq. Siz ularni topib va ushbu maqolaga qoʻshib, loyihaga yordam berishingiz mumkin. Ko‘proq o‘rganish Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, (ht tps://uz.wikipedia.org/w/index.php?title= Haydarkon_simob_koni&action=edit) Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. "https://uz.wikipedia.org/w/inde x.php? title=Haydarkon_simob_koni&oldid =2841346" dan olindi Bu sahifa oxirgi marta 3-Sentabr 2022, 19:57 da tahrir qilingan. • Matndan CC BY-SA 3.0 litsenziyasi boʻyicha foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan boʻlsa). Download 68.8 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling