Daromad soligʻi moliya yilida soliq


Download 11.63 Kb.
Pdf ko'rish
Sana24.10.2023
Hajmi11.63 Kb.
#1718526
Bog'liq
Daromad soligʻi - Vikipediya



Daromad soligʻi
Daromad soligʻi — moliya yilida soliq
solinadigan daromadga ega boʻlgan
jismoniy shaxslar (fuqarolar) ning soliq
solinadigan jami daromadlaridan, yuridik
shaxslar (tashkilotlar, xoʻjaliklar,
korxonalar va b.)ning soliq solinadigan
jami daromadi (foydasi)dan undiriladigan
toʻgʻri, umumdavlat soligʻi. Buyuk
Britaniyada 1842-yildan, Yaponiyada
1887-yildan, Germaniyada 1891-yildan,
AQShda 1913-yildan, Fransiyada 1914-


yildan joriy qilingan. Sobiq SSSRʼda 1922-
yil 16-noyabrdagi Dekretga koʻra
daromad-mulk soligʻi degan umumiy nom
bilan joriy qilingan va 1924-yildan
daromad soligʻiga aylantirilgan hamda
1991-yilgacha ishchi va xizmatchilarning
maoshidan tabaqalashgan shkala
boʻyicha undirilgan (100 soʻmdan 8 soʻm
20 tiyin, 100 dan yuqori summadan 13%
miqdorida). Oʻzbekiston Respublikasida
daromad soligʻi undirish tartibi 1998-yil
yanvardan amalga kiritilgan Oʻzbekiston
Respublikasining Soliq kodeksiga
muvofiq olib boriladi. Kodeksga koʻra
yuridik shaxslarning solik solinadigan
jami daromadi (foydasi)ga 26 foizlik
stavka boʻyicha soliq solinadi (2001).


Savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari
daromad (foyda) soligʻi, qoʻshilgan
qiymat soligʻi, ekologiya va boshqa
soliqlar hamda yigʻimlar oʻrniga byudjetga
yalpi daromad soligʻi toʻlaydilar (22—50%
darajasida). Jismoniy shaxslarning jami
yillik daromadlariga soliq solish
maqsadida eng kam ish haqining miqdori
yil boshidan eʼtiboran ortib boruvchi
yakun tarzida (oshib boruvchi
stavkalarda) hisoblanadi, eng kam ish
haqining toʻrt baravari miqdorigacha
daromad summasining 13%, eng kam ish
haqining sakkiz baravarigacha 23%, 8
baravari miqdoridan (+1 soʻm) va undan
yuqori boʻlgan summadan 33%ʼni tashkil
qiladi (1-avgust 2001-yil). Daromad soligʻi


undirishda soliq toʻlovchilar uchun bir
qator chegirmalar va imtiyozlar nazarda
tutilgan (yana qarang 
Soliqlar
).
Rahmatjon Abdullayev.
OʻzME
. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqola 
chaladir
. Siz uni 
boyitib, (ht
tps://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=
Daromad_solig%CA%BBi&action=edit)
Vikipediyaga
yordam berishingiz
mumkin.
Bu andozani 
aniqrogʻiga
almashtirish kerak.
Adabiyot

Download 11.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling