Daromadlar tengsizligi va uning darajasini aniqlash
Pul tushunchasining uslubiy muammolari
Download 31.09 Kb.
|
Iqtisodiy nazariyasi
3. Pul tushunchasining uslubiy muammolari.
Ilmiy muammoni ijodiy o’rganishga kirishar ekan, olim uni hal qilish, bilish, ya’ni tushuntirish mumkinligiga ishonchi komil bo’ladi. Buvday tushuntirish mukammal, mantiqiy va shu bilan birga mazkur fan so^asi mutaxassislariga aniq, tushunarli bo’lishi kerak. Faqat shundagina ilmiy hamjamiyat ilmiy ijod natijasini tanqidiy o’zlashtirishi va u o’sib borayotgan ilmiy bilim tizimvdan o’rin olishi mumkin. Sintetik, dialektik xususiyatga, yaqqol ko’zga tashlanadigan amaliy yo’nalishga egalik, oshib borayotgan ijtimoiy talablar va exdiyojlarga bog’liqlik hozirgi zamon postindustrial davrining ilmiy fikrlash uslubiga xosdir. Mamlakatimizdagi hayot, ijtimoiy islohotlar, fuqarolik jamiyati asoslaryushng shakllantirilishi, ilmiy bilimni o’sgirshpgagina emas, fan yutuqlarini kundalik hayot va ijtimoiy ipshab chiqarishga tatbiq etishga ham e’tiborni qaratish hozirgi zamon ilmiy xodimlarining ilmiy fikrlash uslubi va ilmiy ijodini bir-biriga bog’laydi. Ilmiy fikrlash uspubining mazkur prinstiplari ilmiy ijodda o’ziga xos metodologik mo’ljal bo’lib xizmat qiladi. Ilmiy tadqiqotning barcha bosqichlarida: boshidan-o’rganish ob’ektyaga yondashuv strategiyasini ishlab chiqishdan, oxirigacha - maqola, monografiya, dissertastiya yozishgacha yuqorida ko’rsatilgan prinstiplarga rioya qilish kerak. Yosh, boshlovchi olimlarga bunday metodologik mo’ljallar, masalan, magistrlik dissertastiyasi yoki ilmiy maqola yozishda, ayniqsa, qo’l keladi. Ilmiy muammoni topish, ilmiy tadqiqot ob’ekti (mavzusi)ni tanlash, tadqiqotning maqsad va vazifalarini ta’riflash, tadqiqot metodologiyasini va tadqiqot vositalari (asbob-uskunalar, apparatura va hokazo)ni tanlash qobiliyati hal qilinayotgan vazifaga butun e’tiborni qaratish, o’rganilayotgan ob’ektga «sho’ng’ish»ga yordam beradi. Shundan so’ng ilmiy ijodga samaradorlik — ob’ektning noaniq aloqalari va jihatlarini aniqlash, mobillik—tadqiqotlarning qo’shni sohalariga o’tish qobiliyati, simultanlik — ob’ektni o’z tadqiqoti bilan to’liq qamrab olish qobiliyati, prediktorlik — ob’ektning bo’lg’usi holatini oldindan aniqpash ko’maklashadi. Erkin, tanqidiy fikrlash, o’z tadqiqoti natijalarini tanqidiy tushunib etish ijod jarayonining ajralmas jihatlaridir: ilmiy ijod olimdan ishga bor kuchini berishni, juda katta shijoat, iroda, quvvai hofiza va haqiqatga intilishni talab etadi. «Ilmiy-texnikaviy ijodning falsafiy jihatlari» deb nomlangan sermazmun asarning mualliflari S.S. Pigrov va L.V. Yastenko ijodga shunday ta’rif beradi: «Eng umumiy shaklda ijodga yangi moddiy va ma’naviy qadriyatlarni yaratishga olib boruvchi, ijtimoiy belgilangan ma’naviy-amaliy faoliyat, deb ta’rif berish mumkin. Bu faoliyat insonning yashash sharoitlarini yaratibgina qolmay, insonning o’zini o’zi rivojlantirish, uning bunyodkorlik qobiliyatlarini shakllantirish usuliga va shaxsning o’zini o’zi ro’yobga chiqarish vositasiga ham aylanadi». «Haqiqiy ijodda hamisha katarsis, ruxning ruxiy-jismoniy stixiyadan tozalanishi, xalos bo’lishi yoki ruxning ruhiy-jismoniy stixiyani engish jarayoni sodir bo’ladi», deb qayd etgan edi N. Berdyaev. Uning fikricha, ijod insonning genial tabiatini namoyon etadi, zero, xar bir inson genialdir. Ijod, o’z hayoti va ilmiy tadqiqot faoliyatiga ijodiy yondashish inson, ijodkor olimning xuquqi emas, balki burchidir. Amerikalik ilmiy ijod tadqiqotchisi, Garvard universitetining professori U. Gordon ilmiy ijodni sinektika nuqtai nazaridan ko’rib chiqdi. Sinektika - xozirgi zamon ilmiy epistemologiyasining turli soxa mutaxassislaridan guruxlarni izchil shakllantirish yo’li bilan yakka tartibdagi ilmiy ijodni emas, balki jamoaviy ilmiy ijodni maqbullashtirishni nazarda tutadigan yo’nalishidir. Bunday ilmiy-ijodiy jamoaning xar bir a’zosi o’z bilimi, qobiliyati va yondashuvlari bilan xamkasblarini to’ldiradi va shu asno tadqiqot ob’ekti xar tomonlama, kompleks o’rganiladi. Bunda tadqiqot guruxi barcha a’zolarining ijodiy qobiliyati qo’shilib, butun jamoa fanning ijodiy saloxiyatini oshiruvchi omil bo’lib xizmat qiladi. U. Gordonning fikricha, ijod jarayonida intuistiya katta rol o’ynaydi, ilmiy kashfiyotlar qilish, ilmiy bilishni o’stirishga ko’maklashadi. P. Uorfning sinektikasi quyidagi asosiy prinstiplarga asoslanadi: irrastional, intuitiv omillar rastional, mantiqiy-diskursiv omillarga qaraganda katta rol o’ynaydi, emostional komponentlar intellektual komponentlardan muhim-roqdir; insonijodiyqobiliyatlarbipantupshmaydi, ularnimaxsus ta’lim jarayonida shakllantirish va mashq qildirish kerak; ilmiy ijod jarayonini jamoaviy izlanish shaklida amalga oshirish zarur; umuman jamoaning va uning xar bir a’zosining ijodiy faolligani psixologik omillardan ongli ravishda foydalanish yo’li bilan oshirish mumkin. Bunday yondashuvda ongsiz soxani, tadqiqotchining spontan fikrlashi va intuistiyasini izchil boshqarish mumkinligini faraz qilish muhimdir. Bunday boshqaruvda metaforalar, assostiastiyalar, madaniyat maydonida fikrning kezishi va hokazolar katta rol o’ynaydi, ular shaxsning ijodiy qobiliyatini kuchaytiradi, unga «turtki beradi» (U. Gordon). Yuqorida ko’rib chiqilgan ijodga nisbatan N.A. Berdyaev va U. Gordonning yondashuvlari bir-biridan ko’p jihatdan farq qiladi, ammo ular bir-birini to’ldiradi va ijod faoliyatini shaxsning va hamfikrlar ijodiy jamoasining ma’naviy faolligi bilan bevosita bog’laydi. Download 31.09 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling