Dars №1 Darsning mavzusi: Kirish Darsning maqsadlari


Suv dipollari orasida kimyoviy bog'larning hosil bo`lish sxemasi


Download 1.79 Mb.
bet33/111
Sana08.05.2023
Hajmi1.79 Mb.
#1443745
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   111
Bog'liq
9-конспект

Suv dipollari orasida kimyoviy bog'larning hosil bo`lish sxemasi
Bu o'zaro ta'sir ion bog'lariga nisbatan odatda ancha kuchsiz bo'lib, vodo­rod bog'lar deb ataladi. Suv qutblangan moddalar uchun juda yaxshi erituv-chi hisoblanadi.
Suv erituvchi sifatida hujayra moddalarning parchalanishini ta'minlaydi. Shu bilan birga hujayra faoliyati tufayli hosil bo'lgan moddalar suv yordamida tashqariga chiqariladi. Ko'pchilik kimyoviy moddalar hujayraning tashqi mem-branasi orqali faqat erigan holda o'tishi mumkin.
Suv toza kimyoviy modda sifatida ham o'ta muhim ahamiyatga ega. Bir qator katalizatorlar ta'sirida suv gidroliz reaksiyalarini amalga oshiradi. Bu reaksiyalarda suvning OH va H+ guruhlari turli xil molekulalarning erkin valentligiga birikadi. Natijada yangi xususiyatga ega bo'lgan yangi modda hosil bo'ladi.Suv katta issiqlik sig'imiga va issiqlikni yaxshi o'tkazish xususiyatiga ham ega. Shuning uchun hujayra ichidagi harorat deyarli o'zgarmaydi yoki hujayra atrofidagi muhitga nisbatan juda kam darajada farqlanishi mumkin.
Mineral tuzlar. Hujayradagi anorganik moddalarning katta qismi tuzlar si­fatida uchraydi. Ular ion holatida yoki qattiq erimaydigan tuz ko'rinishida bo'ladi. Ion holda uchraydiganlar orasida K+, Na+, Ca2+ tuzlari muhim ahamiyatga ega. Chunki ular tirik organizmlarga xos bo'lgan xususiyat — qo'zg'atuvchanlikni amalga oshirishni ta'minlaydi.
Hujayraning buferlik xususiyati uning ichki qismidagi tuzlarning aralash-masiga bog'liq. Hujayraning ichki muhitini mo'tadil darajada kuchsiz ishqoriy holatda saqlab turish qobiliyati uning buferligi deb ataladi. Hujayraning ichki muhit buferligini asosan H2P04 va HPO2 — anionlari ta'minlaydi. Hujayra tashqarisidagi suyuqlik va qonda buferlik vazifasini H2C03 va HCO~ bajaradi. Kuchsiz kislotalar va kuchsiz ishqorlarning anionlari vodorod ionlari hamda gidroksil-ionlar (OH) bilan bog'lanadi. Natijada hujayraning ichki muhiti buferlik darajasi ya'ni, pH qiymati deyarli o'zgarmaydi.
Ca va P ning asosiy qismi suyak to'qimalarini hosil qilishda ishtirok etadi. Ulardan asosan murakkab kalsiy fosfat va murakkab kalsiy karbonat tuzlari ko'rinishda foydalaniladi.

Download 1.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   111




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling