Dars №1 Darsning mavzusi: Kirish Darsning maqsadlari


Download 1.79 Mb.
bet93/111
Sana08.05.2023
Hajmi1.79 Mb.
#1443745
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   111
Bog'liq
9-конспект

Uyga vazifa: Mavzuni o`qib organish


Ko`rildi:O`TIBDO`:____________

Fan: Biologiya 9- Sinf Sana


Mavzu: Mikroorganizmlar seleksiyasi
Darsning maqsadlari:A) Ta`limiy: O`quvchilarga Mikroorganizmlar seleksiyasi haqida tushuncha berish. B) Tarbiyaviy: O`quvchilarni vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash V ) Rivoj lantiruvchi: O`quvchilarda mustaqil fikrlash qobiliyatini rivojlantirish
Kompetensiyaviy maqsad : O`quvchilar mikroorganizmlar seleksiyasi haqidagi bilimlarni bilishi Dars turi: A) Yangi bilimlarni o`zlashtirish darsi
Dars uslubi: a) og`zaki b) yozma c) ko`rgazmali-amaliy
Darsning usuli: suhbat, bahs, test sinovi, aqliy hujum, muzyorar
Darsning jihozi:Darslik, ko`rgazma, test varaqlari, DARSNIG BORISHI:



Reja asosida dars bosqichlari

Saflangan vaqt

1

Tashkiliy qism, sinfda psixologik iqlim yaratish

10 min

2

Reja asosida yangi darsning borishi:

20 min

3

Dars samarasi haqida o`quvchilar bilan suhbatlashish

10 min

4

Uyga vazifa berish, xayrlashish

5 min

Mikroorganizmlar turli-tuman texnologik jarayonlarda jadal qo'llanil-moqda. Prokariotlar va eukariotlar hayot faoliyatining mahsulotlari xalq xo'jaligining turli tarmoqlarida yildan yilga ko'paymoqda. Non pishirishda, pivo, vino, turli tuman sut mahsulotlarini tayyorlashda mikroorganizmlar, zamburug'lar va bakteriyalarning fermentativ faoliyatidan foydalaniladi. Shu munosabat bilan sanoat mikrobiologiyasi keng rivojlanmoqda va inson uchun zarur bo'lgan, moddalarni ko'p miqdorda ishlab chiqaradigan mikroorga-nizmlarning yangi shtammlari seleksiyasi jadal o'smoqda. Bunday shtamm-lar antibiotiklar, ferment va vitamin preparatlari va ozuqabop oqsillarni ishlab chiqishda katta ahamiyat kasb etadi.
Masalan, mikroorganizmlardan B2, B12 vitaminlarini olishda foydalanila­di. Yog'och qipiqlari yoki parafmda o'sadigan achitqi zamburug'laridan oziqabop oqsillar olinadi. Zamburug'lar tarkibida 60% gacha oqsil moddasi to'planadi. Oqsilga boy bu preparatni chorvachilikda qo'llash natijasida yiliga qo'shimcha ravishda 1 million tonnagacha go'sht yetishtirish mumkin. Mikro­organizmlar yordamida zaruriy aminokislotalarni ishlab chiqish ham muhim ahamiyatga ega. Ozuqa tarkibida bunday moddalarning yetishmasligi organi­zmlarning o'sishini keskin sekinlashtiradi. Hayvonlarning an'anaviy ozuqasi tarkibida zaruriy aminokislotalar kam bo'ladi. Mikrobiologik yo'l bilan olin­gan lizin aminokislotasidan 1 tonnasi qo'shilsa, o'nlab tonna hayvonlar ozu-qasini tejab qolish mumkin. Inson uchun zarur bo'lgan mahsulotlarni tirik hujayralardan yoki ular yordamida olish texnologiyasi biotexnologiya deb ataladi.
Biotexnologiya favqulodda tez rivojlanayotgan fanlar qatoriga kiradi. Keyingi 30 yil ichida bir qator turli xil bakteriyalar, zamburug'lardan foydalanishga asoslangan butunlay yangi ishlab chiqarish korxonalari paydo bo'ldi. Mikroor­ganizmlar metallurgiya sohasida ham «faoliyat» ko'rsatadi. Rudalardan metal-larni ajratib olishda qo'llaniladigan odatdagi texnologiyalar tarkibi jihatdan murakkab bo'lgan yoki siyqa rudalardan keng foydalanishga imkon bermaydi; ularni qayta ishlash natijasida juda ko'p chiqindilar hosil bo'ladi, atmosferaga zaharli gazlar ajralib chiqadi. Metallar biotexnologiyasi bakte­riyalarning minerallarni oksidlash va metallarni eruvchan birikmalarga aylantirish xususiyatiga asoslangan.
Olimlar bakteriya hujayrasiga ma'lum genlarni, shu jumladan, odam genini ham kiritish usullarini ishlab chiqdilar. Bu usullar gen muhandisligi deb ataladi. Bakteriya hujayrasi o'ziga yot (begona) bo'lgan gen asosida ko'p miqdorda oqsillarni sintez qiladi. Hozirgi kunda shu yo'l bilan viruslar ko'payishini to'xtatuvchi interferon oqsilini, qonda glukozaning miqdorini nazorat qiluvchi insulin oqsilini olishmoqda.
Mamlakatimizda mikrobiologiyani rivojlanishi uchun qulay sharoit mavjudligi tufayli bir qator sanoat tarmoqlarini: oziq-ovqat, konserva, sut mahsulotlarini qayta ishlash, antibiotik va vitaminlar ishlab chiqarish sanoat-lari yanada rivoj topmoqda. Olimlarimiz A.M. Muzaffarov, M.I. Mavloniy, S. Asqarova, A.Xolmurodov va boshqalar mikrobiologiya fanining rivojla­nishiga katta hissa qo'shdilar. A. Muzaffarov va uning shogirdlari xlorella suv o'tidan chorva mollarining mahsuldorligini oshirishda va bir qator suv o't-laridan illoslangan suv havzalarini tozalashda keng miqyosda foydalanishni yo'lga qo'ydilar. M.Mavloniy bir qator achitqi zamburug'larini o'rganib, ularni nowoychilik, chorvachilik va boshqa sohalar uchun achitqilar tayyor-lash texnologiyalarini yaratdi.



Download 1.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   111




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling