Dars bosqichlari Tashkiliy qism
Download 26.62 Kb.
|
Asos va qo'shimchalar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Asos va qo’shimchalar Darsning maqsadi
- Darsning jihozi
- . Uyga vazifalarni tekshirish
- O’zak morfema
- Yangi mavzuni mustahkamlash
- Uyga vazifa
Mavzu: Asos va qo’shimchalar Darsning maqsadi: 1.Ta’limiy maqsad: 1)o’quvchilarning morfemika haqidagi bilimlarini chuqurlashtirish; 2) morfemalarning vazifalari to’g’risida tushunchalar berish; 2. Tarbiyaviy maqsad: o’sib kelayotgan yosh avlod ongiga yaratuvchanlik g’oyalarini singdirish
Tashkiliy qism: 1)o’quvchilarning davomatini tekshirish 2)o’quvchilarning o’quv qurollari va darsliklarining bor yoki yo’qligini, navbatchilar ishini va dars xonasining tartibini ko’zdan kechirish 2. Uyga vazifalarni tekshirish: 1)og’zaki so’rov 2)daftarni tekshirish 3)tarqatma materiallar orqali 4)misollar yechish 5)amaliy mashqlar orqali Yangi mavzu bayoni: Asos va qo’shimchalar tilshunoslikning morfemika bo’limida o’rganiladi. Morfema deb so’zning eng kichik, bo’linmaydigan ma’noli qismi. Morfema 2 turga bo’linadi: O’zak morfema-so’zda albatta qatnashadigan va leksik ma’no anglatadigan morfema. Affiksial morfema-mustaqil holda leksik ma’no anglatmay, so’zning leksik va Grammatik ma’nolari shakllanishi uchun xizmat qiladigan morfema. Masalan, gullarni, gulla, so’zlaridagi gul – o’zak morfema, -lar, -ni, -la afffiksial morfemadir. 52-mashq. Gaplarni o‘qing. Nuqtalar o‘rniga berilgan so‘zga qanday ma’no qo‘shayotganini ayting. Ulardagi g‘oya haqida bahslashing. 1.To‘g‘ri... bilan xiyonat, yolg‘on... bilan diyonat chiqisha olmay... 2.Baxt...lik... belgisi nodonlik... . 3.Qo‘rq... do‘st yovuz dushman... yomon. 4. Yalqovlik muhtojlik eshig...dir. (-lik, -di, chilik, -oq, -dan, -siz, -ning, -i, -dir)
Qo’shimchalar(affikslar) 2 turga bo’linadi: 1)so’z yasovchi qo’shimchalar 2)shakl yasovchi qo’shimchalar 1-topshiriq. Quyidagi matnda qatnashgan so’zlarni keltirilgan jadval asosida asos va qo’shimchalarga ajrating. Bir bog‘bonning uch o‘g‘li bor edi. Uchalasi ham yalqov va dangasa edilar. Bog‘bon bir kuni kasal bo‘lib yotib qoldi. O‘g‘illarini chaqirib: «Tokzorning ichiga bir ko‘za oltin ko‘mib qo‘yganman. Mendan keyin o‘zingiz kovlab topib, bo‘lishib olarsizlar», — dedi va bir necha kundan so‘ng vafot etdi. O‘g‘illari oltin izlab, bog‘ni ag‘dar-to‘ntar qilib chiqdilar, lekin hech narsa topa olmadilar. Biroq shu yili mevalari shu darajada serhosil bo‘ldiki, cho‘ntaklari pulga to‘ldi. So‘ngra o‘g‘lonlar angladilarki, oltin yerda emas, mehnatda ekan. (Rivoyat)
Yangi mavzuni mustahkamlash: Morfemika bo’limida nimalar o’rganiladi? Morfema deganda nimani tushunasiz? Qo’shimchalar qanday turlarga ajratiladi? –jon, -xon, -chi, -dor qo’shimchalarini so’zlarga qo’shing va ularning ma’nolarida sodir bo’layotgan o’zgarishlarni tushuntiring. Uyga vazifa: mavzuni o’qib, o’rganib kelish. Download 26.62 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling