Dars ishlanma Darsnin mavzusi: Elektr maydon Darsning maqsadi: ‣ ta‘limiy maqsad
Download 254.73 Kb.
|
Dars ishlanma
- Bu sahifa navigatsiya:
- Dars turi
- Yangi mavzuning bayoni: Elektr maydon haqida tushuncha
- Elektr maydonning superpozitsiya prinsipi
Dars ishlanma Darsnin mavzusi: Elektr maydon Darsning maqsadi: ‣ ta‘limiy maqsad: o‘quvchilarga “Elektr maydon” haqida tushuncha berish ‣ tarbiyaviy maqsad: o’quvchilarni tabiatga bo’lgan muhabbatini o’yg’otish,tabiatni asrab avaylashga o’rgatish. ‣ rivojlantiruvchi maqsad: o’quvchilarni mustaqil fikrlashga o’rgatish,nutq madaniyatini o’stirish. Dars turi: ma’ruza Dars jixozi: darslik,plakat,slaydlar,tarqatma materiallar,animatsion videoroliklar Darsning xronologik tuzilishi:
Darsning borishi Tashkiliy qism: o’quvchilarni darsga jalb qilish,salomlashish,yo’qlama qilish,qiziqarli yangiliklardan xabardor qilish. O’tilgan mavzu bayoni: takrorlash. Yangi mavzuning bayoni: Elektr maydon haqida tushuncha Ikki zaryadning o‘zaro ta’sirini, bir-biriga tekkizilganda ularning zaryadlari o‘zaro o‘tishini Kulon qonuni yordamida bilib olgansiz. Bu qonun hatto zaryadlar bir-biriga tekkizilmagan holda, ma’lum masofada turib ham ta’sirlashishi har bir zaryad atrofida maydon borligini bildiradi. Bu maydon elektr maydonidir. Elektr zaryadlar atrofida elektr maydoni vujudga keladi. Qo‘zg‘almas zaryadlar atrofida hosil bo‘ladigan elektr maydoni elektrostatik maydon deyiladi. Elektr maydonni kuch jihatidan tavsiflovchi kattalik sifatida elektr maydon kuchlanganlik vektori – kiritilgan. Elektr maydonga kiritilgan birlik musbat sinov zaryadi (qs)ga maydon tomonidan ta’sir etuvchi kuchga son jihatidan teng bo‘lgan kattalik elektr maydon kuchlanganligi deyiladi. Elektr maydon kuchlanganligi birligi [E]=1N/1C ga teng. Elektr maydon kuchlanganlik vektorining yo‘nalishi sifatida musbat zaryadga ta’sir etuvchi kuch yo‘nalishi tanlab olingan. Manfiy zaryadga ta’sir etuvchi kuch yo‘nalishi kuchlanganlik vektorining yo‘nalishiga qarama-qarshi bo‘ladi. Bir xil ishorali zaryadlar bir-biridan itariladi, turli ishorali zaryadlar bir-biriga tortiladi(1-rasm) 1-rasm Elektr maydonning superpozitsiya prinsipi Elektr maydonni bitta nuqtaviy zaryad ham hosil qiladi, lekin ko‘pincha elektr maydonni asosan zaryadlar sistemasi hosil qiladi. Agar q1, q2, ...,qn zaryadlar sistemasi hosil qilgan maydonning biror nuqtasiga qs sinov zaryadini kiritsak, unga har bir zaryad tomonidan F1,F2,…,Fn kuchlar ta’sir etadi. Sinov zaryadiga ta’sir etayotgan barcha kuchlarning teng ta’sir etuvchisi quyidagiga teng: U holda zaryad kiritilgan nuqtadagi maydonning kuchlanganligi quyidagicha bo‘ladi: bu formula elektr maydonning superpozitsiya prinsipi deyiladi va u quyidagicha ta’riflanadi: Zaryadlar sistemasining biror nuqtada hosil qilgan elektr maydon kuchlanganligi sistemaga kiruvchi har bir zaryadning o‘sha nuqtadagi maydon kuchlanganliklarining vektor yig‘indisiga teng. Elektr maydon kuch chiziqlari, uning har bir nuqtasiga o‘tkazilgan urinma shu nuqtadagi maydon kuchlanganligi bilan mos tushadi(2-rasm). 2-rasm Kuchlanganlik vektori hamma nuqtalarda bir xil bo‘lsa, bunday maydon bir jinsli elektr maydon deyiladi. Darsni mustahkamlash uchun savollar: Elektr maydon deganda nimani tushunasiz? Elektr maydon kuchlanganligi qanday kattalik? Elektr maydon supperpozitsiya prinspi nima? Bir jinsli elektr maydonga ta’rif bering? Uyga vazifa: o’tilgan mavzuni takroran o’qish hamda sinf darsligidan 19-mashqni ishlab kelish. Download 254.73 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling