Dars ishlanmasi 8-sinf. Mavzu: Tanlov va uning muqobil qiymati. Darsning maqsadi: Ta’limiy


Download 21,78 Kb.
bet2/3
Sana19.04.2023
Hajmi21,78 Kb.
#1366500
1   2   3
Bog'liq
8 sinf iqtisodiy bilim asoslari 02 Tanlov va uning muqobil qiymati

O’qituvchi:Aziz o`quvchilar! Sizlarga 8 sinfdan maktab dasturiga yangi fan- iqtisodiy bilim asoslari fani kiritilgan. Men o`tgan darslarimda ham ta’kidlaganimdek, bu fan mavzulari kundalik hayotimizdan, biz har kun duch keladigan hodisalar haqida bo`lib, maqsad sizlarga kundalik turmushimizda duch keladigan iqtisodiy jarayonlarga ilmiy jihatdan yondashishni o`rgatish, bu hodisa va jarayonlarning sabab va oqibatlari bilan tanishtirish hisoblanadi.
Bugungi dars shiori: Iqtisodiy bilim asoslarini hamma biladi, faqat uni tushinish qoldi, xalos!
Bugun sizlar bilan tanlov va uning muqobil qiymati mavzusini o`tamiz. Darsimiz shiorining yana bir isboti, tanlov so`zini hamma biladi, hamma hayotda tanlov zaruriyati bilan duch kelgan, shunday emasmi? Bizning bugungi darsdan maqsadimiz tanlov haqidagi uzuk-yuluq tushunchalarimizni tartibga solish, tanlov haqida to`liqroq bilimga ega bo`lish hisoblanadi.
Tanlov bilan tanishish uchun avvalgi darslardagi olgan bilimlarimizga tayanishimizga to`g`ri keladi, shuning uchun kelinglar, o`tgan darslarni bir takrorlab o`tsak. Aytinglarchi, biz iqtisodiy bilim asoslari fanidan bugungacha qanday mavzular o`tdik? (Iqtisod bilan tanishuv va cheklanganlik muammosi).
Savollar:

  1. Iqtisod so`zining ma’nosi nima?

  2. Iqtisodiyotning o`zi nima?

  3. Iqtisodiyot qachon paydo bo`lgan? Iqtisodiyot ilmiy jihatdan qachon va kim tomonidan o`rganila boshlangan? Iqtisodiyotning fan sifatida paydo bo`lish haqida ma’lumotga egamisiz?

  4. Iqtisodiyotning tarkibiy qismlari nimalardan iborat?

  5. Iqtisodiy jarayonlar nimalar? Ularga izoh bering.

  6. Iqtisodiyot o`rganish ko`lamiga ko`ra qanday turlarga bo`linishini bilasizmi?

  7. Ehtiyoj nima?

  8. Ehtiyojning qanday turlarini bilasiz?

  9. Resurs nima?

  10. Iqtisodiyotning eng asosiy muammosi nima?

  11. Cheklanganlik muammosi nima sababdan vujudga keladi?

  12. Nimaga ehtiyojning chegarasi yo`q?Ehtiyoj qondirilsa nima bo`ladi?

  13. Cheklanganlik muammosini iqtisodiyot dvigateli deb atashadi. Siz buning sababini izohlab bera olasizmi?

  14. Kitobning 11 varag`idagi I. A. Karimovning “Yuksak ma’naviyat-yengilmas kuch” asaridan keltirilgan parchani o`qing va tushuntirib bering.



Download 21,78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling