Dars jarayonida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish metodikasi


Fan o‘qituvchilarining AKT savodxonligi bo‘yicha egallashi lozim bo‘lgan tayanch ko‘nikmalar


Download 22.04 Kb.
bet2/3
Sana11.01.2023
Hajmi22.04 Kb.
#1089473
1   2   3
Bog'liq
Dars jarayonida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish metodikasi

Fan o‘qituvchilarining AKT savodxonligi bo‘yicha egallashi lozim bo‘lgan tayanch ko‘nikmalar:
 Kompyuter haqida tushunchaga ega bo‘lish va uning ishlash prinsiplarini bilish (asosiy va qo‘shimcha qurilmalari haqida ma’lumotga ega bo‘lish);
 Dasturiy ta’minot haqida bilimlarga ega bo‘lish;
 Didaktik materiallar va ishchi xujjatlarni tayyorlashda matn muxarrirlari, elektron jadvallar va boshqa amaliy dasturlar to‘plamidan foydalana olish;
 Internet tarmog‘i imkoniyatlaridan foydalanishni bilish.
Yuqorida keltirilgan ko‘nikmalar AKT savodxonligiga erishish uchun zarur bo‘lgan minimal ko‘nikmalar hisoblanadi. Bugungi kun o‘qituvchisi uchun axborot texnologiyalari uning kasb faoliyatidagi vazifalarnigina (dars rejasini tuzish, taqdimotlar yaratish, Internet tarmog‘idan o‘z faniga oid materiallarni to‘plash) bajarish uchun emas, balki o‘qitadigan fani yuzasidan didaktik materiallar yaratish, o‘quvchilarning o‘quv faoliyatini tashkil etishda AKT vositalaridan foydalanish (kompyuter tarmog‘i orqali turli vazifalar berish, Internet resurslarini yaratish va ularda ta’lim materiallarini joylashtirish) uchun ham xizmat qilishi kerak.
AKT sohasiga oid savodxonlikni tashkil etuvchilarni alohida tavsiflab chiqsak.
1. Kompyuter haqida tushunchaga ega bo‘lish va uning ishlash prinsiplarini bilish:
 Kompyuter nima?
 Kompyuter nimalardan tashkil topadi (arxitekturasi qanday)?
 Kompyuter qanday ishga tushiriladi va ishi to‘xtatiladi.
2. Dasturiy ta’minot haqida bilimlarga ega bo‘lish:
 Windows operatsion sistemasida ishlash (fayl va kataloglarni tashkil etish, ular ustida turli amallarni bajarish);
 Amaliy va o‘rgatuvchi dasturlarni o‘rnatish va kompyuter xotirasidan o‘chirish;
3. Didaktik materiallar va ishchi hujjatlarni tayyorlashda matn muharrirlari, elektron jadvallar va boshqa amaliy dasturlar paketidan foydalana olish:
 Matnli hujjatlarni yaratish, ularni formatlash, bosmaga chiqarish va ularni uzatish;
Matn muharrirlarida jadval, rasm va diagrammalar bilan ishlash;
 Elektron jadval muxarrirlarida jadvallarni tashkil etish, formulalar bilan ishlash, grafika va diagrammalar yasash;
 Multimedia dasturlari yordamida pedagogik taqdimotlarni yaratish;
 Grafik muharrirlar yordamida rasmlarni tahrirlash.

Download 22.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling