5. Qarmoqcha.
O’yin tаvsifi. Uzun arqon olib, bir uchiga qum
solingan xaltacha bog’lab qo’yiladi. Hamma
o’yinchilar aylana hosil qilib turadilar. Onaboshi davra
o’rtasida turib, arqonning uchiga xaltacha bog’langan
tomonini davra bo’ylab aylantiradi. O’yinchilar
xaltacha
oyoqlariga
tegmasligi
uchun
arqon
aylantirayotgan paytda sakrab-sakrab turishlari kerak.
Oyog’iga xaltacha tekkan o’yinchi (qarmoqqa ilingan
hisoblanadi) davra o’rtasiga chiqadi va Onaboshi
bo’ladi, ya’ni arqonni aylantiradi. O’yin shu zaylda bir
necha marotaba takrorlanadi.
O’yin
qоidаlаri.
1.
O’yin
paytida
o’yinchilarning oyoq uchlari ber tekis turishi lozim.
2. Bu o’yinda belgilangan vaqtga qat’iy amal qilish
kerak.
6. Arg’amchi bilan tutish.
O’yinning tаvsifi. Bu o’yin ham boshqa o’yinlar
kabi davra qurib o’ynaladi. Onaboshi o’yinchilarga
qo’l
tegizmaydi,
balki
davra
atrofidan
yugurayotganlarning oyoqlari ostidan uchiga xaltacha
bog’langan arqonchani aylantiradi. Arqonchaga yoki
xaltachaga oyog’i tekkan o’yinchi Onaboshining
qo’lidan “Qarmoq”ni oladi va o’yinni boshqarishga
kirishadi. Oldingi Onaboshi esa boshqa o’yinchilar
qatorida o’ynay boshlaydi. Bir marta ham Onaboshi
bo’lmagan (yoki kamroq Onaboshilik qilgan)
o’yinchilar g’olib chiqqan hisoblanadilar. O’yin
natijalarini yakunlashda birinchi onaboshilik hisobga
olinmaydi.
O’yin qoidalari. 1. Onaboshi arqonchani goh bir
tomonga, goh boshqa tomonga aylantirishi mumkin,
ammo xaltacha yerda sirpanishi yoki yerdan 10 sm dan
ko’tarilmasligi lozim. 2. Onaboshi bir joydan boshqa
joyga yugurib o’tayotgan paytida arqonchani
aylantirmasdan, sudrab tortib borishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |