O’yin qoidalari.
1.
Hаr bir buyurtmа rаvоn,
chirоyli tаlаffuz etilishi lоzim. 2. Qаrоqchi
o’ynоvchilаrni dоirаdаn chiqqunchа ushlаsh mumkin.
3. O’ynоvchilаr dоirа ichidаn tеz chiqib qаrоqchigа
tutqich bеrmаsalаr kаrvоn qutqаrilgаn hisоblаnаdi.
2.
Xurmacha bog’i
.
O`yin tavsifi. O’yinchilar qo’l ushlashib bir-birlariga
qarab ikkita doira bo’lib va ikki qatorga bo’linadilar.
Har bir doirada 12-14 o’quvchi-o’yinchi bo’ladi.
Bolalar doira bo’ylab qarama-qarshi tomonga aylanib
yuradilar va qo’yidagi so’zlarni aytib yuradilar:
Xurmacha bogi,
Tukildi yog’i,
Tukilsa mayli.
Xolamning ishi bor,
Qulog’ida xoli bor.
Xola, xola xash tu-tu
Oxirgi so’zni aytib bo’lishlari bilan o’tirib olishlari
kerak. Kim oxirida qolsa yoki o’tirsa, ichkaridagi doira
o’rtasiga turib birorta topshiriqni bajaradi: ashula,
she’r aytib beradi, o’ynaydi va h.k. yuqazgan bola
topshiriqni bajargandan keyin, o’yin yana davom
etadi.
O`yin qоidalari: 1. Agarda bolalar ko’p bo’lsa
bir nechta doira hosil qilishlari mumkin. 2. Doira
bo’ylab harakatlanganda qo’lni qo’yib yuborish man
etiladi.
3. Chori –chanbar.
O’yin tаvsifi. O’yinchilar oyoqlarini cho’zib
qo’llari bilan tizzalarini silab turadilar. Qur’a tashlash
bilan o’yinboshi aniqlanadi. Diametri 6-8 m li doira
chiziladi va o’yinchilar doira bo’ylab joylashadilar.
O’yinchilar baravariga qo’yidagi so’zlarni ijro
qilishadi:
Chori chanbar,
Bari anbar,
Onaqiz qayda,
Ola-bula tog'da.
Tog'man, zuvman,
Piltakash, to'ti qiz,
Sen tur, sen chiq.
So'zlari aytilganidan so'ng, o'yinboshining ishorasi
bilan, hamma oyoqlarini tortib olishi, ya'ni tizzadan
bukishi lozim.
O’yin qоidаlаri. 1. So’zlar to’g’ri va chiroyli
7’-10’
7’
7’
Do'stlaringiz bilan baham: |