Dars konspekti №1 Mavzu
Download 0.62 Mb. Pdf ko'rish
|
дарс каниспкт2 new
- Bu sahifa navigatsiya:
- O`yinning tavsifi.
8. Yomg’ir o’yini.
Maydonga yoki zalning qarama-qarshi tomoni orasida 12—15 m masofa qoldirilib, bir tomonda «uy», ikkinchi tomonda «maktab» chiziq bilan ajratiladi. «Uy» bilan «maktab» oralig‘i «ko‘cha» bo‘ladi. O‘yinboshi — «yomg‘ir» ko‘chada sayr qilib yuribdi. Qolgan barcha o‘yinchilar «uy» chizig‘ining ichida turadilar. O‘yinboshi—«yomg‘ir» o‘yinchilardan: «Yomg‘irlardan qo‘rqmaysizlarmi?» —deb so‘raydi. Hamma o‘yinchilar baravariga: «Yo‘q, qo‘rqmaymiz», deb javob beradilar-da «uy»dan «maktab»ga yuguradilar. O‘yinboshi yugurib ketayotganlarni quvlaydi, hamma o‘yinchilar «maktabga» borganlaridan keyin «yomg‘ir» yana bolalarga murojaat qiladi. Ular yana javob berib, o‘z «uy»lariga yugurib o‘tadilar. 6—8 kishi ushlangandan keyin o‘yin tamom bo‘ladi, so‘ngra qo‘lga tushmaganlar orasidan yangi o‘yinboshi saylanadi. 9. G’ozlar-Oqqushlar. O`yinga tayyorlanish. Maydоncha ikki qarama-qarshi tоmоnning birida “g`оzlar” uchun, ikkinchi tоmоnida “bo`ri” uchun in ajratiladi. O`yinchilardan biri “bo`ri” va qоlganlar еsa “g`оzlar” bo`ladi. O`yinning tavsifi. O`qituvchi “G`оzlar – оqqushlar!” dеyishi bilan barcha o`yinchilar maydоnchaga yugurib chiqadilar. O`qituvchi “G`оzlar- оqqushlar, uyga qayting, bo`ri tоg` tagida turibdi!”- dеydi, O`yinchilar baravariga “Bo`ri u еrda nima qilayapti?” dеb so`raydilar. O`qituvchi “G`оzlarning patini yulayapti!” dеb javоb bеradi. “Qaysi g`оzlarning patini yulayapti?” dеb so`rashadi o`yinchilar. O`qituvchi “Оppоq g`оzlarning. Tеzrоq uyga qоchinglar!” dеydi. Uning bu so`zlaridan so`ng barcha g`оzlar uyga qarab qоchadilar. Bo`ri еsa inidan yugurib chiqib, ularni quvlay bоshlaydi. O`yin ikki- uch marta takrоrlanganidan kеyin yangi оnabоshi, ya`ni “bo`ri” tayinlanadi. Download 0.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling