Dars konspekti №1 Mavzu
Download 0.62 Mb. Pdf ko'rish
|
дарс каниспкт2 new
- Bu sahifa navigatsiya:
- O’yin qoidalari. 1.
O’yin qoidalari. 1. To’pni urib borayotgan o’yinchi
uni chetga chiqarib yuborsa, guruhga bitta jarima ochkosi yoziladi. 2. Navbatdagi o’yinchi qaytayotgan o’yinchidan to’pni oldinga chiqib qabul qilib olishi mumkin emas. 11. Umbaloq oshish, to’siqlardan oshib o’tish va kichik to’pni irg’itish. O’yin tavsifi. O’yinchilar teng ikki yoki uch guruhga bo’linib, o’zaro parallel qatorlarga saflanadilar. Qatorlar oldida turganlarning oyoqlari oldidan chiziq o’tkaziladi. Har bir qator qarshisida 20-25 metr masofagacha har xil to’siqlar: gimnastika skameykalari, 3 metr balandlikda tortilgan arqoncha, gimnastika tushakchasi, kichik to’plar qo’yiladi. Rahbarning ishorasi bilan qatorda birinchi bo’lib turgan o’yinchilar yugurib ketadilar. Gimnastika skameykasidan yurib o’tadilar, so’ng arqoncha ustidan to’pni irg’itadilar va gimnastika to’shakchasidan umbaloq oshib, qatorlari tomon tez yugurib ketadilar. Ikkinchi bo’lib turgan o’yinchilarga kaftlarini urib, qator oxiriga borib turadilar. O’yinni boshlagan o’yinchi yana birinchi bo’lib qolganda o’yin tugaydi. Yugurishni birinchi bo’lib tugatgan guruh g’olib hisoblanadi. O’yin qoidalari. 1. O’yin shartini buzgan o’yinchiga bitta jarima ochkosi beriladi. 2. O’yinchilar qo’yilgan hamma to’siqlardan o’tishlari shart. 12. To’pni tashish. O’yin tavsifi. O’yinchilar teng ikki, to’rt guruhga bo’linib, zal yoki maydonchaning to’rtta burchaklarida turadilar. Zal yoki maydoncha o’rtasiga 10-20 ta to’p qo’yiladi. Rahbarning ishorasidan keyin o’yinchilar qo’l va oyoqlari bilan quyonga o’xshab sakrab o’rtaga borib, bittadan to’pni oladilar va bir oyoqlab sakrab orqaga qaytadilar. Ikkinchi oyinchi, uchinchi o’yinchi va hokazo o’yin shu tarzda davom etadi. Qaysi guruh ko’p to’p olib kelsa, shu guruh g’olib bo’ladi. Download 0.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling