Dars konspekti №1 Mavzu
Download 0.62 Mb. Pdf ko'rish
|
дарс каниспкт2 new
- Bu sahifa navigatsiya:
- O’yin qoidasi.
- 10. Chiziq ustida to’p. O’yin tavsifi.
8. G’ovvoslar.
O’yin tavsifi. O’yinchilar havza yonida saflanadilar. O’yin rahbari suvga har-xil rangdagi jihozlarni (likobchalar yoki toshchalar, o’yinchilar soniga qarab, yoki ko’proq) tashlaydi. Ishora berilishi bilan o’yinchilar suvga tushadilar yoki sakraydilar. Suvga tushgandan so’ng o’yinchilarning vazifasi, suvga shung’ib, ko’proq jihozlarni yig’ishdan iborat bo’ladi. Jihozlarni izlashga 1 daqiqa beriladi.Kim ko’p jihoz yig’sa g’olib hisoblanadi. O’yin qoidasi. O’yin davomida o’yinchilarga suv yuzasiga chiqib nafas olishga ruxsat beriladi. 9. To’pni qaytar. O’yin tavsifi. 2-ta jamoa o’yinchilari suv havzasi qirg’og’ida (basseyn old tomonida), rahbardan o’ng va chapda saflanib turadilar. Jamoa o’yinchilari tartib bo’yicha sanaydilar. Birinchi raqamlilar qo’llariga xar- xil rangdagi to’plardan bittadan oladi. Rahbarning ishorasidan so’ng, har bir jamoadan bittadan o’yinchi oldinga chiqib, havzaga qo’lidagi to’pni, uzoqroqqa uloqtiradilar va suvga sakrab tushib, raqib to’pini rahbarning qo’liga olib kelib beradi. Birinchi bo’lib olib kelgan o’yinchi o’z jamoasiga bir ochko olib keladi. O’yinda hamma o’yinchilar ishtirok etib bo’lganlaridan so’ng tugaydi. Ko’p ochko to’plagan jamoa g’olib hisoblanadi. 10. Chiziq ustida to’p. O’yin tavsifi. 25 mli suv havzasining (basseyn) yarmi. Har-xil rangdagi bosh kiyimlar. Suv polosi uchun rezinali to’p. Son jihatdan teng bo’lgan 2-ta jamoa, suvda bir-birlariga qarama-qarshi joylashadilar. Rahbar to’pni o’rtaga tashlaydi va hushtak chaladi. Jamoa o’yinchilari to’p tomon suzib, to’pni egallashga harakat qiladilar. To’pni egallab olgan jamoa o’yinchilari to’pni bir-birlariga uzatib, oldinga harakatlanib, suv havzasining qarama-qarshi tomoniga to’pni o’tkazish kerak. O’yin 2-bo’limda, 5-daqiqa davom etadi. O’yin davomida raqib tomoni o’yiga to’pni ko’proq olib o’tgan jamoa g’olib bo’ladi. Download 0.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling