Dars: Matematika


Download 298.15 Kb.
bet2/4
Sana22.12.2022
Hajmi298.15 Kb.
#1043366
1   2   3   4
Bog'liq
matematika ochiq dars.docx1

Tayanch kompetensiyalar:
Axborot bilan ishlash kompetensiya elementi:mavzu doirasida korsatilgan multimedia ilovalariga ongli munosabat bildirish.
Fanga oid kompetensiyalar. O‘quvchilar tezlikni vaqtni va masofani topishga doir masalalar yechish , hisoblashga doir misol va masalalar yechish yuzasidan yangi bilimga ega boladilar.



Dars jarayoni va texnologiyasi

Ishning nomi

Bajariladigan ish mazmuni

Metod

Vaqt

1-bosqich. Tashkiliy qism

Darsni tashkil etish. Oquvchilar davomatini aniqlash. Sinfning darsga tayyorligi tekshiriladi.

Suhbat

2 minut

2-bosqich. Ehtiyojlarni (refleksiya) aniqlash

Oquvchilarning ehtiyojlari aniqlanib, mavzuga oid misol va masalalar yechiladi.

Savol-javob. mustaqil ish

3 minut

3-bosqich. Otilgan mav­zuni mustahkamlash

Otilgan mavzuni mustahkamlash.





Savollar

3minut

4-bosqich. Yangi mavzu bayoni




  • 1-masala.Ogzaki tushuntirish va bajarish.

  • 2-masalani tushuntirib yechish.

  • 3-misolni yozma ravishda bajarish.

  • Dam olish daqiqasini o'tkazish.

  • Yangi mavzuni mustahkamlash.

  • Test topshiriqlarini bajarish.




tushuntirish,
muammoli izlanish



25 minut

5-bosqich. Yangi mavzuni mustahkamlash

Boshqotirma.

muammoli izlanish

7 minut

6-bosqich. Ba­holash

1. O‘quvchining darsda ishtiroki hisobga olinib, reyting bali e'lon qilinadi.
2. Dars yakunlanadi.




2 minut
1 minut

7-bosqich. Uyga vazifa




tushuntirish

2 minut



Darsning borishi:
1.Tashkiliy qism.
O’qituvchi:
Salom,aziz bolalarim,
Gul-u rayhon lolarim.
Jajji o‘g‘il qizlarim.
Ona yurt egasi-siz,
Istiqlol ertasi –siz,
Bo'ling aqli rasolar
Ham bilimdon donolar.
O’quvchilar:
Bizlar yaxshi bolamiz,
Ochilgan gul-lolamiz.
Ota-ona izmidan,
Ustozlarning so‘zidan,
Bizlar aslo chiqmaymiz,
Darsga shay o‘quvchilarmiz.
O'qituvchi:
Bugun oddiy dars emas,
Balki sinov darsidir,
O‘tib olsak sinovdan,
Bu hammaga yaxshidir.
Qani,ayting bolalar,
Kim navbatchi bo‘ladi?
Bugungi kun hisobin
Menga aytib beradi?
Navbatchi o‘quvchi:
Bugun darsda hamma o'quvchi ishtirok etyapti.
Bugun 22-fevral,haftaning dushanba kuni.
O‘qituvchi:
-Biz yaqinda qanday bayramni nishonladik?
Bobolarimiz Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Boburning tavallud kunlarini nishonladik.
-Bobolarimiz qachon dunyoga kelgan ekanlar?
-Alisher Navoiy 1441-yil 9-fevralda Hirot shahrida tavallud topganlar.Z.M.Bobur esa 1483-yil 14-fevralda tug‘ilganar.
-Alisher Navoiyning 580- yilligini,Z.M.Boburning 538-yilligini nishonladik.
-Qani bolajonlar,kim bobolarimizning ruboiy va g‘azallaridan biladi?
O‘quvchilar ruboiy va g‘azallaridan aytishadi.


O‘quvchilar uch guruhga bo‘linadi.
I guruh:''Bilimdonlar''
II guruh: ''Zukkkolar''
III guruh:''Chaqqonlar''


Guruh shiorlari:


''Bilimdonlar'' guruhi shiori:
Hur O‘zbekiston diyorimizdir,
Bilimdon bo‘lmoq shiorimizdir.


''Zukkolar'' guruhi shiori:


Qancha bo‘lsa savollar,
Tez topamiz zukkolar.


''Chaqqonlar'' guruhi shiori:
Har bir ishda chaqqonmiz,
Har bir ishga qodirmiz.


II.O‘tilgan mavzuni mustahkamlash:
O‘quvchilardan qisqa savol-javob o‘tkazilib, o‘tgan dars mustahkamlanadi.
- Hisoblashni bilganlar adashmaslar hech qachon.
Hisob bilan yaralgan, aslida bu keng jahon.

Matematika fanlar ichra shoh,


Uning sirlaridan bo‘lamiz ogoh.


1)Al-Xorazmiy kim bo‘lgan?Matematika fanining rivojlanishiga qanday hissa qo‘shgan?

2)Agar vaqt va masofa ma'lum bo'lsa ,tezlikni qanday topish mumkin?



3) Agar harakat tezligi va vaqt ma’lum bo‘lsa,masofa qanday topiladi?





4) Agar tezlik va masofa ma’lum bo‘lsa,vaqt qanday topiladi?





III.Yangi mavzu bayoni:
O‘quvchilarga tezlikni topishga doir masalalar darslikdagi misol va masalalarni bajarib borish orqali tushuntirib boriladi.
1-masala.
1)Ikki qishloqdan bir vaqtda bir-biriga qarab ikki piyoda yo'lga chiqdi va 3 soatdan keyin uchrashdi.Ulardan biri 3km/h tezlik bilan,ikkinchisi 4 km/h tezlik bilan yurdi.Qishloqlar orasidagi masofa qancha?



2)Oraridagi masofa 21 km bo‘lgan ikki qishloqdan bir vaqtda bir-biriga qarab ikki piyoda yo‘lga chiqdi.Ulardan biri 3 km/h tezlik bilan,ikkinchisi 4km/h tezlik bilan yurdi.


Ular necha soatdan keyin uchrashadilar?



3)Oralaridagi masofa 21 km bo‘lgan ikki qishloqdan bir vaqtda bir-biriga qarab ikki piyoda yo'lga chiqdi va 3 soatdan keyin uchrashdilar.Piyodalardan birining tezligi
3 km/h.Ikkinchisining tezligini aniqlang?




Download 298.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling