Dars mavzusi: “Boburnoma” Darsning maqsadi


Download 36.5 Kb.
Sana11.01.2023
Hajmi36.5 Kb.
#1088900
Bog'liq
9-sinf 2-chorak. Boburnomadan parcha


Sana ____ ___________

9-sinf adabiyot


Dars mavzusi: “Boburnoma”
Darsning maqsadi:

  1. Ta’limiy maqsad-“Boburnoma”asari haqida ma’lumot berish;

  2. Tarbiyaviy maqsad- o’quvchilarni vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash.

  1. Rivojlantiruvchi maqsad-o’qib tushunish malakalarini rivojlantirish.

Dars turi: suhbat, savol-javob.
Darsning jihozi: 9-adabiyot darsligi, mavjud texnika vositalari.
Darsning rejasi:

  1. “Boburnoma” – memuar asar;

  2. Andijon tasviri;

  3. “Boburnoma”da qo’llanilgan tarixiy so’zlar ;

  4. O’quvchilarni baholash;

  5. Uyga vazifra berish;

Darsni o’quvchilar bilan salomlashish, davomatni aniqlash bilan tashkil etaman.


Darsni tashkil etib bo’lgach, o’quvchilarga uyga berilgan vazifani so’rab baholayman.
Shundan so’ng o’quvchilarga memuar asar hamda “Boburnoma” asari haqida ma’lumot beraman.
“Memuar ” fransuzcha “estalik” ma’nosini anglatadi. Muallifning o’zi qatnashgan yoki ko’zi bilan ko’rgan real voqealar haqida hikoya qilingan asar memuar asar hisoblanadi. Oybekning “Bolalik”, A.Qahhorning “O’tmishdan ertaklar” asarlari memuarning namunalaridir.
Memuar asarlar bayon qilish shakli, zamonaviy izchilligi jihatidan kundaliklarga o’xshab ketsa, materilning tabiati, tasvirlanayotgan voqealarning haqqoniyligi, badiiy to’qimaning yo’qligiga ko’ra ilmiy asarlarga yaqin turadi.
Memuar asarlarga xos asosiy qirra shundaki, unda mualif ishtirokchi yoxud guvih sifatida tasvirlanayotgan voqealar markazida turadi. U tarixchi va adabiyotshunos olimdan farq qilib, real voqelikning o’zi qatnashgan yoki ko’rgan qisminigina aks ettiradi. Bunda muallif o’z kuzatish va dunyoqarashiga tayanadi. Shuning uchun ham memuar asarda yo hikoyachining o’zi yo bo’lmasa, uning nuqtai nazari old o’rinda turadi. Bu holni “Boburnoma” misolida yaqqol ko’rish mumkin.
“Boburnoma” avtobiografik ocherklarni eslatuvchi voqeiy hikoyalardan iborat. Ularda muallif Movarounnahr, Xurason, Afg’oniston, Hindiston kabi mamlakatlarda o’zi qatnashgan, ko’rgan yoki eshitgan voqealarni hikoya qiladi. Asarda tarixiy da vr va Bobur hayoti sahifalari haqqoniy ifoda etilgan. Yozuvchining tasvirlash mahorati yuksakligi sabab u yoki bu shaxs haqidagi ma’lumotlar keltirilganda, ularning tabiatiga xos xususiyatlarni ham ko’satishga erishadi. Bobur asarning qiziqarli bo’lishiga diqqat qaratadi. Shuning uchun hatto jug’rofiy ma’lumotni ham kishi e’tiborini tortadigan yo’sinda berishga intiladi. Buni Andijonga to’qqiz ariqda suv kirishini va bittasi ham chiqib ketmasligi haqidagi tasvirda ko’rish mumkin.
Ma’lumot berib bo’lgach o’quvchilar e’tiborini Bo’burnoma”dan oligan “Andijon tasviri”ga qarataman.
Shundan so’ng o’quvchilar bilan birga tanishilgan matn yuzasidan suhbat o’tkazaman.
Dars yakunida darsdagi ishtirokiga ko’ra o’quvchilarni baholayman va uuyga vazifa beraman.
Uyga vazifa: Bobur g’azallaridan yod olish

Ko’rib chiqildi,


foydalanishga ruxsat: __________IBM
(imzo)
Download 36.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling