Dars mavzusi: Showmessage oynasi. Darsning maqsadi va vazifalari Ta’limiy


Download 31.19 Kb.
Sana16.12.2020
Hajmi31.19 Kb.
#168146
Bog'liq
Dars mavzusi Showmessage oynasi. Darsning maqsadi va vazifalari


Dars mavzusi: Showmessage oynasi.

Darsning maqsadi va vazifalari

Ta’limiy: : O’quvchilarga Delphi dasturi, ShowMessage protsedurasi, IntToStr funksiyasi va ulardan foydalanish haqida tushuncha berish .

Tarbiyaviy: O’zlikni anglashga, yuksak va teran fikrlashga, milliy va umuminsoniy qadryatlarga sodiqlik, vatanparvarlik tuyg’ularini tarbiyalash.



Rivojlantiruvchi: Keng dunyoqarashni shakllantirish, erkin fikrlashga o’rgatish.

Tayanch kompetensiya: O’zini o’zi rivojlantirish

Fanga oid kompetensiya: Ilova yaratishning zamonaviy usullaridan xabardor bo’lish kompetensiya

Darsning texnologik xaritasi.



T/r

Dars bosqichlari

Vaqt

1.

Tashkiliy qism

5-minut

2.

O’tilgan mavzuni va uy vazifalarni so’rash

10- minut

3.

Yangi mavzuni bayoni

15- minut

4.

Amaliyot

10- minut

5.

Darsga yakun yasash va amaliyot

3- minut

6.

Uyga vazifa

2- minut




Jami

45-minut



O’quv jarayonini amalga oshirish texnologiyalari.

Dars turi;Yangi bilim, tushuncha , ko’nikma va malakalarni shakllantiruvchi.

Dars usuli: Noan’anaviy, “Aqliy hujum”, Klaster

Vosita: Multimedia, slayd, tarqatma manbalar, vatman, marker, doska, Darslik, videoproyektor, test kartochkalari, mavzuga oid atamalar

Usul: - Ekrandan foydalanish.Yozdirish, tushuntirish, so’rash, ko’rsatish.

Nazorat: - Fikr almashish, kuzatish, suhbat.

Baholash: Rag’batlantirish, o’z – o’zini baholash.

Kutilayotgan natijalar:

Dars yakunida biladi(Bilim):Yangi bilim egallaydi, nutqi rivojlanadi, mavzu o’zlashtiriladi. ShowMessage protsedurasi, IntToStr funksiyasi tushunchasini anglay oladi.

Dars yakunida tushinadi(Ko’nikma):Darsga nisbatan qiziqishni ortishi, Mustaqil fikrlash, axborot olish va tarqatish ko’nikmasini shakllantirish.

Dars yakunida bajara oladi (Malaka):Ma’lumotga ega bo’lish, tahlil qila oladi, xotirasi kuchayadi.

Darsning borishi:

I. Tashkily qism:

a) Salomlashish:

b) Davomatni aniqlash.

d) Siyosiy axborot daqiqasi o’tkazish.



II. O’tilgan mavzuni so’rash:

Aqliy hujum. O’quvchilarga savollar beriladi.

1. Delphi komponentalar panellarida nimalar joylashgan?

2. Delphi ilova oynasi qanday vazifa bajaradi?

3. Delphi ilovalari Pascaldagi dasturlardan nimasi bilan farq qiladi?

4. Boshqarish tugmasi ilova oynasiga qanday o‘tkaziladi?

5. Boshqarish tugmasining xossalari qayerda o‘zgartiriladi?

6. Boshqarish tugmasi tanlanganda uning nima ish qilishi qayerda ko‘rsatiladi?

O`tgan mavzularni mustahkamlash uchun jadvalning chap ustunidagi nuqtalar o`rniga mantiqan mos keladigan javoblarni o`ng ustundan tanlab to`ldirishadi:


Ilovadagi obyektlardan keraklisini topishning oson usuli bu ..... deb nomlangan maxsus oynadan foydalanishdir. Bu oyna yana Obyektlar
brauzeri deb ham ataladi.

asosiy menyuga kirmasdan

Uskunalar panelida ko‘p ishlatiladigan buyruqlarning tugmalari joylashgan bo‘lib, bu ularni ..... ishlatish imkonini beradi.

Object TreeView (Obyektlarning daraxtsimon ro‘yxati)

Vizual dasturlashda dasturchining asosiy vazifasi dasturda foydalaniladigan boshqarish elementlarining, ya’ni obyektlarning kerakli ..... foydalanishdir.

Button1

Dastlab boshqarish tugmasi: ......ni uning ustida sichqonchaning chap tugmasini keltirib tanlab olamiz.

xossalari va amallaridan

III. Yangi mavzu bayoni:

Reja:


1. Ikkinchi ilovaning kamchiliklari.

2. ShowMessage protsedurasi.

3. IntToStr funksiyasi.

4.Xulosa .



  1. Ikkinchi ilovaning kamchiliklari. Ikkinchi ilovani ishga tushirib, undagi “++” tugmasini ming marta bossak, ilova ekranining eni 16000 pikseldan oshib ketadi. Bu esa dasturchi uchun kechirib bo‘lmas xato. Uni bartaraf qilish uchun ilova oynasi eni ming pikseldan oshsa, boshqa kattalashtirmaslikka kelishib olamiz. Lekin foydalanuvchi tugmani bossada, unda hech qanday o‘zgarish ro‘y bermasa, dasturning to‘g‘ri ishlayotgani unda shubha tug‘dirishi mumkin.
    2. ShowMessage protsedurasi. Buning oldini olish uchun ilova o‘z oynasi eni 600 dan oshib ketganligi haqida ekranga alohida oynada xabar chiqarsin. Bu ishni ShowMessage orqali amalga oshiramiz. Ikkinchi ilovadagi Button1 tugmasini ikki marta bosib, paydo bo‘lgan protseduradagi avvalgi ikki operatorni quyidagicha qayta yozib chiqamiz:
    If Form1.Width<600 then begin
    Form1.Width:=Form1.Width+16;
    Form1.Height:=Form1.Height+9; End else
    ShowMessage(‘Oyna boshqa kengaymaydi’); Ilovani ishga tushirib, uning tugmasini bir necha marta bossak, ekranga quyidagi yozuv chiqadi. Undagi OK tugmasini chertmagunimizcha, ilova o‘z ishini to‘xtatib turadi.
    3. IntToStr funksiyasi. Ilovaning ishini yanada yaxshilaymiz. Ilova o‘z oynasining o‘lchamlarini o‘zgartirganda ular qanday bo‘lgani bizga mavhumligicha qolmoqda. Uni ilova oynasiga chiqarishning iloji bormi? Hozircha biz buning bitta yo‘lini bilamiz: oyna o‘lchamlarini oyna sarlavhasiga chiqarish. Buning uchun
    Form1.Caption:=Form1.Height+’*’+Form1.Wide; operatoridan foydalanamiz. Lekin bu operatordan foydalanib bo‘lmaydi, chunki unda bir turdagi o‘zgaruvchiga ikkinchi turdagi o‘zgaruvchini kiritishga urinish bo‘layapti. Delphida bu xatoga olib keladi.
    94 Butun son turidagi kattalikni matn satri turidagi kattalikka o‘tkazish uchun IntToStr (integer to string – butundan satrga olingan) funksiyasidan foydalanamiz:
    Form1.Caption:=’(‘+IntToStr(Form1.Height)+’*’+In
    tToStr(Form1.Wide)+’)’; Unga ilovaning haqiqiy nomini ham qo‘shib qo‘yamiz:
    Form1.Caption:=’Uchinchi ilova’+ Form1.Caption;
    Button1 tugmasini ikki marta bosib, dastur kodi oynasini chaqiramiz va oxirgi ikki satrni unga qo‘shib qo‘yamiz:
    If Form1.Width<600 then begin
    Form1.Width:=Form1.Width+16;
    Form1.Height:=Form1.Height+9; End else
    ShowMessage(‘Oyna boshqa kengaymaydi’);
    Form1.Caption:=’(‘+IntToStr(Form1.Height)+’*’+IntTo
    Str(Form1.Width)+’)’;
    Form1.Caption:=’Uchinchi ilova ’+ Form1.Caption; Ilovani ishga tushirib, uning sarlavhasi o‘zgarishini kuzatamiz:

IV.Yangi mavzuni mustahkamlash.

Darslik bilan ishlash. Mashqlarni bajarib, o’quvchilar fikrlarini jamlash.



Klaster usuli yordamida mavzuni yoritadilar.

Mavzuni mustahkamlash davomida tarqatma materiallar tarqatiladi.



V.Baholash.

Dars davomida faol ishtirok etgan o’quvchilar ball asosida rag’batlantirilib boriladi umumiy ballar e’lon qilinadi.



VI. .Darsni yakunlash. Uyga vazifa: Mavzuni mustahkamlash , o’qish, savollarga jabob topish, 1-mashqni bajarib kelish. Idrok xaritasini yaratish. Yangi mavzu bilan tanishib kelish.
Download 31.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling