Dars muqaddas ulug‘ mutafakkir Аlisher Navoiy barcha
Download 148.71 Kb. Pdf ko'rish
|
маҳоратли пед. бебаҳо қўлланма
- Bu sahifa navigatsiya:
- Gulnoza AXMEDOVA, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi 2-sonli Toshkent akademik litseyi ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi
DARS MUQADDAS Ulug‘ mutafakkir Аlisher Navoiy barcha yirik asarlarini turkiy tilda bitish bilan birga, ona tilining bor ko‘rku tarovatini, boy imkoniyatlarini umrining so‘nggi yillarida yoz gan “Muhokamatullug‘atayn” asarida asos lab ham bergan. Mazkur asarida bobo ka lo nimiz ona tilimiz imkoniyatlarini yuksak ba holabgina qolmay, o‘z tili qolib, o‘zga til da ijod qiladigan ayrim shoirlarga qarata: “Sizlar ikki tilni bilganingiz yaxshi, ammo inson o‘z ona tilida ko‘proq ijod qilgani du rust emasmi?” degan maʼnoda: “...Va agar ikkalasi til bila aytur qobiliyatlari bo‘lsa, o‘z tillari bila ko‘proq aytsalar erdi...”, — deya istagini bayon etadi. Аlisher Navoiyning betakror ijodidan bahramand bo‘lgan yana bir ulug‘ shaxs Zahiriddin Muhammad Bobur ham ona tilimiz jonkuyarlaridan, uning rivojiga ulkan hissa qo‘shgan allomalardandir. “Boburnoma”ning “To‘qqiz yuz o‘ttiz beshinchi yil voqealari” bobida o‘g‘li Humoyunga yozgan bir maktubi bor. Xat o‘sha paytda farzand ko‘rgan o‘g‘ilga tabrik bilan boshlanadi. Xususan, bolaga ism qo‘yishda uning maʼnosiga ham, kelajakda qanday aytilishiga ham albatta eʼtiborli bo‘lish lozim, toki odamlar bu ismni qisqartirib yoki maʼnosini buzib aytib ketishmasin, deydi u. Shuningdek, ushbu maktubda to‘g‘ri, savod bilan yozish, fikrni xoh yozma, xoh og‘zaki shaklda bo‘lsin, ixcham, sodda, tushunarli ifodalash lozimligi to‘g‘risida shunday saboq beriladiki, beixtiyor: “Bobur hazratlari nainki ulug‘ podshoh, isteʼdodli shoir, balki ajoyib murabbiy ham bo‘lgan ekanlarda!”, deya qoyil qolamiz. Umuman, “Boburnoma”da tilshunoslikka oid misollar va mulohazalar bisyor. Muallif nazdida inson kim bo‘lishidan qatʼi nazar, tilga eʼtiborli bo‘lishi, har bir so‘z va jumlani mantiqan to‘g‘ri ishlatishi shart. “Boburnoma” o‘zbek va umumturkiy ada biyotining dunyoga maʼlum va mashhur qo musiy asari. Bu memuarda O‘zbekiston, Аf g‘oniston va Hindiston xalqlarining mada niyati, qadriyatlari, o‘ziga xos xususi yatlaridan tortib, tabiati, geografiyasi, hayvonot va na botot olami to‘g‘risida bebaho maʼlumotlar mavjud. “Boburnoma” asari bebaho qo‘llanma. U nafaqat Markaziy Osiyo davlatlari va yoki siz sanagan yurtlar, balki Eron, Turkiya, Bang ladesh, Pokiston va yana qator davlatlarning madaniyati, tarixi, urfodatlari, qadriyatlarini o‘zida aks ettirgani bilan qimmatlidir. Yapo niyalik yirik boburshunos Eyji Mano “Bobur noma”ni “maʼlumotlar xazinasi” deya atagan bo‘lsa, angliyalik boburshunos Beverij xo nim “butun tarixda yaratilgan yoz ma yod gor liklarning eng bebahosidir”, deydi. Ger maniyalik boburshunos Klaus Shoning esa “Boburnoma”ga baho berib, “mukammal tizimdagi xalq tilida yozilgan eng katta hajmdagi asardir”, deya taʼkidlaydi. Mirzo Bobur “Vaqoeʼ”da Navoiy qiyofasini shu qadar aniq tasvirlaydiki, ikki ulug‘ zot azaldan qalin do‘st bo‘lgan, deb o‘ylaysiz. «Boburnoma» — Movarounnahr, Xuroson, Hindiston, Eron xalqlarining XV asr oxiri — XVI asrning birinchi yarmidagi tarixini o‘zida aks eggirgan bo‘lsa ham, shu bilan birga juda ko‘p dolzarb iqtisodiy, ijtimoiy masalalar, yuqorida nomlari keltirilgan viloyatlarning o‘zaro siyosiyiqtisodiy va savdo munosabatlari, jug‘rofiy mavqei, iqlimi, o‘simlik va hayvonot dunyosi, tog‘lari, daryolari, xalqlari, qabila va elatlari va ularning yashash sharoitlari, urfodatlari, muhim tarixiy inshootlari — hindular va musulmonlarning ibodatxonalari, to‘y va dafn marosimlari haqida nihoyatda nodir maʼlumotlarni o‘zida qamrab olgan shoh asardir. Shu bois «Boburnoma» tarixiy va adabiy meros sifatida dunyo olimlarini hayratda qoldirib kelmokda. Bobur hayoti va adabiy faoliyati Mo va roun nahrda siyosiy hayot nihoyat mu rak kablashgan feodal guruhlarning bosh boshdoqlik harakatlari avjiga chiqqan va Te muriylar davlatining inqirozi davom eta yot gan bir davrga to‘g‘ri kelgan edi. Bunday murakkabliklar inʼikosini «Boburnoma»da ko‘rgan bo‘lsak, shoir ruhiyatida qanday aks etgani esa, uning sheʼrlarida namoyon bo‘ladi. Movarounnahrni birlashtirishga uri nish lari natija bermagach, Bobur ruhan qiyinalgan, amaldorlarning xiyonatlari taʼsirida umidsizlikka tushgan kezlardagi kayfiyati sheʼrlarida aks etgan. Keyinchalik o‘z yurtini tark etib, Аfg‘oniston va Hindistonga yuz tutganda Bobur sheʼriyatida Vatan tuyg‘usi, Vatan sog‘inchi, unga qaytish umidi mavj ura boshladi. Gulnoza AXMEDOVA, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi 2-sonli Toshkent akademik litseyi ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi BEBAHO QO‘LLANMA 2022-yil fevral 2-son Mahoratli PEDAGOG 6 Download 148.71 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling