dars «Ona tili» 6– “A”, “B” sinf «A» «B» Mavzu: O'zbekistonda davlat tili va boshqa tillarning rivoji


Milliy va umummadaniy kompetensiya


Download 1.44 Mb.
bet237/327
Sana11.05.2023
Hajmi1.44 Mb.
#1454873
1   ...   233   234   235   236   237   238   239   240   ...   327
Bog'liq
6-sinf ona tili yillik dars ishlanma yangi

Milliy va umummadaniy kompetensiya:
– madaniy me’yorlarga va sog‘lom turmush tarziga hamda adabiy til me’yorlariga amal qilish.
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi:
– guruhlarda hamkorlikda ishlay olish va bunda muomala madaniyatiga ega bo‘lish.
Dars jarayoni
1.Tashkiliy qism 4 minut
2.O’tilgan mavzuni takrorlash( mustahkamlash) 12 minut
3.Yangi mavzuni tushuntirish 10 minut
4.Yangi mavzuni mustahkamlash 14 minut
5.O’quvchilarni baholash 3 minut
6. Uyga vazifa 2 minut
Dars uslubi: an’anaviy, noan’anaviy (tagiga chizilsin)
Dars jihozi: Darslik, kompyuter, tarqatma materiallar, korgazmali qurollar...
Dars shiori: Tilga ixtiyorsiz - elga e`tiborsiz. ( A. Navoiy )
Foydalaniladigan adabiyotlar:
«Ona tili» 6 -sinf uchun darslik. 6-sinf darsligining elektron varianti.
I. Darsning borishi:
a) salomlashish b) sinf tozaligi va davomatni nazorat qilish
c) kirish suhbati, oquvchilarning ogzaki nutqini ostirish
II. Otgan mavzuni sorash.
a) individual - tarqatma materiallar, kartochka.
b) Frontal (guruh bilan ishlash)
III. Yangi mavzu
Topshiriq. Berilgan so'zlarga -roq qo'shimchasini qo'shing. Ma'noda qanday o'zgarish bo'lganini ayting.
Mazali, hashamatli, kalta, baland, past.


BILIB OLING. Belgining me'yordan biroz kam ekanligini qiyosan ifodalaydigan sifat shakli qiyosiy daraja shakli deyiladi. Qiyosiy daraja shakli -roq qo'shimchasi yordamida yasaladi.


367-mashq. Gaplarni o'qing. Qiyosiy darajadagi sifatlarni aniqlang va izohlang.
1. Bo'yi mendan kattarog'-u, o'zi sap-sariq. (O'. Hoshimov) 2. Aftidan, ovozim ham hozirgidan jarangdorroq edi, shekilli, ko'pgina yig'inlarda she'r o'qish menga topshirilar edi. (Turob To'la) 3. Bilmadim... oqshommi go'zalroq, tongmi?!. Bir-biridan go'zal, bir-biridan fusunkor. (Oybek) 4. Tilimiz dag'alroq, lekin juda boy, rangli, ohori to'kilmagan ertak, doston va qo'shiq ko'p. (Mirtemir) 5. Uning nazarida bundan suyumliroq, bundan ham zavqliroq va shavqliroq ish yo'q edi. (N. Fozilov)



Download 1.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   233   234   235   236   237   238   239   240   ...   327




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling