dars «Ona tili» 6– “A”, “B” sinf «A» «B» Mavzu: O'zbekistonda davlat tili va boshqa tillarning rivoji


Download 1.44 Mb.
bet221/327
Sana11.05.2023
Hajmi1.44 Mb.
#1454873
1   ...   217   218   219   220   221   222   223   224   ...   327
Bog'liq
6-sinf ona tili yillik dars ishlanma yangi

Dars jihozi: Darslik, kompyuter, tarqatma materiallar, korgazmali qurollar...
Dars shiori: Tilga ixtiyorsiz - elga e`tiborsiz. ( A. Navoiy )
Foydalaniladigan adabiyotlar:
«Ona tili» 6 -sinf uchun darslik. 6-sinf darsligining elektron varianti.
I. Darsning borishi:
a) salomlashish b) sinf tozaligi va davomatni nazorat qilish
c) kirish suhbati, oquvchilarning ogzaki nutqini ostirish
II. Otgan mavzuni sorash.
a) individual - tarqatma materiallar, kartochka.
b) Frontal (guruh bilan ishlash)
III. Yangi mavzu
Topshiriq. Berilgan so'zlarning tuzilishini aniqlang. Ularni sodda sifatga aylantiring. Ma'noda qanday o'zgarish bo'lganini ayting.
Katta-katta, yangi-yangi.


BILIB OLING. Bir asosning aynan takrorlanishidan hosil bo'lgan sifat takroriy sifat sanaladi. Takroriy sifatlar belgini ta'kidlab, kuchaytirib ifodalaydi. Takroriy sifat qismlari chiziqcha bilan ajratib yoziladi.

347-mashq. O'qing. Takroriy sifatlarni topib, ularning ma'nolarini tushuntiring.


1. O'z onamni elas-elas xotirlayman. Ko'zlari qop-qora, chiroyli. Uzun-uzun kipriklari qilt etmaydi. (O'. Hoshimov) 2. Qishloq obod bo'lsa, katta-katta ko'chalar tushsa, kim qarshilik qiladi. (O'. Umarbekov) 3. Kimdir yelpib-yelpib barra-barra go'shtlardan kabob pishiryapti. (X. To'xtaboyev) 4. Yangi-yangi ariqlar kavlab, qo'riqlar ochamiz. (Asqad Muxtor)

348-mashq. Quyidagi takroriy sifatlar ishtirokida so'z birikmalari tuzing va ularni izohlang.


Mayda-mayda, qiziq-qiziq, lo'ppi-lo'ppi, lo'nda-lo'nda, oppoq-oppoq, yangi-yangi, shirin-shirin, achchiq-achchiq.

349-mashq. Gaplarni ko'chiring. Takroriy sifatlarni topib, ularga izoh bering.


1. Yirik-yirik tomchilar yer-u ko'kni savalay ketdi. 2. To'p-to'p daraxtlar tag'in lipillab orqada qolib ketdi. (O'. Hoshimov)
3. Ko'chani sho'x-sho'x bolalar to'ldirib o'tishdi. (A. Qurbonov) 4. Sayyohlar chaqqon-chaqqon harakatlar bilan qirga ko'tarila boshlashdi. (A. Abdusamatov)
1. Takroriy sifatlar deb nimaga aytiladi?
2. Oppoq, ko'm-ko'k, dum-dumaloq kabi sifatlarning hosil bo'lishi haqida so'zlab bering.
3. Takroriy sifatlar qanday yoziladi?

350-mashq. Uyga vazifa. Quyidagi sifatlarni takroriy sifatlarga aylantiring va ular ishtirokida gaplar tuzing.


Go'zal, qalin, dag'al, uzun, yashil, dono, siyrak, g'amgin.


IV. Yangi mavzuni mustahkamlash: Ogzaki savol-javob.
V. Uyga vazifa

Download 1.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   217   218   219   220   221   222   223   224   ...   327




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling