dars «Ona tili» 6– “A”, “B” sinf «A» «B» Mavzu: O'zbekistonda davlat tili va boshqa tillarning rivoji


Download 1.44 Mb.
bet235/327
Sana11.05.2023
Hajmi1.44 Mb.
#1454873
1   ...   231   232   233   234   235   236   237   238   ...   327
Bog'liq
6-sinf ona tili yillik dars ishlanma yangi

Dars uslubi: an’anaviy, noan’anaviy (tagiga chizilsin)
Dars jihozi: Darslik, kompyuter, tarqatma materiallar, korgazmali qurollar...
Dars shiori: Tilga ixtiyorsiz - elga e`tiborsiz. ( A. Navoiy )
Foydalaniladigan adabiyotlar:
«Ona tili» 6 -sinf uchun darslik. 6-sinf darsligining elektron varianti.
I. Darsning borishi:
a) salomlashish b) sinf tozaligi va davomatni nazorat qilish
c) kirish suhbati, oquvchilarning ogzaki nutqini ostirish
II. Otgan mavzuni sorash.
a) individual - tarqatma materiallar, kartochka.
b) Frontal (guruh bilan ishlash)
III. Yangi mavzu
1- topshiriq. Berilgan sifatlar oldidan eng, juda, g'oyat so'zlarini qo'shing. Ma'noda qanday o'zgarish hosil bo'lganini ayting.
Katta, keng, qiziq, yaxshi.

BILIB OLING. Belgining me'yordan ortiq ekanligini bildirgan sifat shakli orttirma daraja shakli deyiladi.




ESDA SAQLANG. Sifatning orttirma daraja shakli quyidagi yo'llar bilan hosil bo'ladi:
1) oddiy daraja shaklidagi sifat oldidan eng, g'oyat, juda, nihoyatda, bag'oyat so'zlari keltiriladi: juda qizil, g'oyat shirin.
2) oddiy daraja shaklidagi sifatning birinchi bo'g'ini tovush o'zgarishi bilan takrorlanadi: bus-butun, kap-katta, to'ppa-to'g'ri.
364-mashq. Matnni o'qing. Ajratib ko'rsatilgan sifatlarni ko'chiring, ularning darajasini izohlang.
Kechqurun ishdan qaytayotganimda odam bo'yi keladigan Qorboboning ko'm-ko'k ko'zlariga, rango-rang lampochkalarga mahliyo bo'lib turgan bolalarni ko'raman... To'rt-besh yoshlar chamasidagi qizil qalpoq kiygan bir bolagina Qorboboning dam yonib, dam o'chib turgan ko'zlaridan ko'zini uzmasdi. Dum-dumaloq lo'ppi yuzi, kichkina burni yodimda qoldi. Tim qora ko'zlari Qorboboda, ammo nazarimda, u Qorboboni ko'rmas, nimanidir o'ylardi. (O'. Umarbekov)
365-mashq. Gaplarni o'qing. Sifatlarni aniqlang. Orttirma darajadagi sifatlarga izoh bering.
1. Qirg'ovullar O'rta Osiyodagi eng chiroyli qushlardan biridir. (S. Jalilov) 2. Olimlarning aniqlashicha, eng olis yulduzgacha bo'lgan masofa 160 ming yorug'lik yiliga teng ekan. (Matbuotdan) 3. Dunyoda eng bebaho, ammo benazir tarqatiladigan xazina bor. Bu ona mehri. (O'. Hoshimov) 4. Insonning hayot yo'li g'oyat murakkab va ko'p qirralidir. (Z. Isamuhammedov) 5. Salqin, juda mazali buloq suvini ichganingiz sari ichgingiz kelaveradi. (N. Usmonova)
1. Sifatlarning orttirma darajasi qanday hosil qilinadi?
2. To'g'ri, alo, ulkan so'zlariga eng, juda, g'oyatda so'zlarini qo'shing.



Download 1.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   231   232   233   234   235   236   237   238   ...   327




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling