Dars uslubi: an’anaviy, noan’anaviy (tagiga chizilsin)
Dars jihozi: Darslik, kompyuter, tarqatma materiallar, ko’rgazmali qurollar...
Dars shiori: Tilga ixtiyorsiz, elga e’tiborsiz (A.Navoiy)
Foydalaniladigan adabiyotlar:
1) «Ona tili» 6-sinf uchun darslik.
I. Darsning borishi:
a) salomlashish
b) navbatchilik hisoboti, sinf tozaligi va davomatni nazorat qilish
c) kirish suhbati, o’quvchilarning og’zaki nutqini o’stirish
II. O’tgan mavzuni so’rash.
III. Yangi mavzu:
Topshiriq. Gaplarni o'qing. Ravishlarni topib, qaysi so'roqqa javob bo'lishini aniqlang.
1. Ajdodlar yodi hamisha qalbimizda yashaydi. 2. Erta-indin ta'til boshlanadi.
BILIB OLING. Harakat-holatning bajarilish yoki bajarilmaslik paytini bildirib, qachon? so'rog'iga javob bo'luvchi ravishlar payt ravishlari sanaladi.
ESDA SAQLANG. Payt ravishlariga endi, hozircha, so'ngra, hanuz, hamisha, doimo, hamon, dastlab, erta-indin, qishin-yozin, kecha-kunduz kabi ravishlar kiradi.
448-mashq. Gaplarni ko'chiring. Payt ravishlarining tagiga chizing va ularga izoh bering.
1. Keyin u yoqqa o'tamiz, — deb o'n tarafdagi oynavand uyga ishora qildi. 2. Jiydazordan hozirgina keldim. 3. Ertaga chigit ekishni boshlaymiz. 4. Uni buguncha tinch qo'y. 5. Yolg'on gapga ishonmang, erta-yu kech daladaman. 6. Yarim kechadan keyin Salmon otaning uyqusi butunlay qochdi. 7. Erta-indin rejani to'ldirgani haqidagi xushxabarni topshirmoqchi. (Yo'ldosh Sulaymon)
449-mashq. Gaplarni o'qing, payt ravishlarini topib, ularning ishlatilish o'rinlariga diqqat qiling.
1. Ular yerni kavlab kirolmabdilar, lekin bir zumda allaqancha yerni o'yib yuboribdilar. 2. Orqasiga qarasa, uzoqdan bir ho'kiz uni to'xtovsiz chaqirib kelyapti. 3. Ertaga uzum, qovun pishadi, bularni qo'yib yubor. 4. Dehqon jo'xorini quritibdi, to'qmoqlab, donini ajratib olibdi. Keyin bozorga olib boribdi. 5. Kun kech bo'ldi. Ertaga erta bilan yo'lga chiqamiz. (Ertakdan)
450-mashq. Berilgan so'zlar orasidan payt ravishlarini toping, ular ishtirokida gaplar tuzing.
Asta-sekin, jim, endi, orqada, hozircha, yangicha, so'ngra, bittalab, dastlab, qishin-yozin, uzun-uzun, eson-omon, erta-indin.
1. Avvallari, ilgari, ertalab, keyin, so'ngra so'zlarini qatnashtirib gaplar tuzing. Ular qanday so'roqqa javob bo'lishini ayting.
Do'stlaringiz bilan baham: |