Dars reja : Ingliz tili Alifbosi
Download 112.64 Kb.
|
Lesson-1
- Bu sahifa navigatsiya:
- A/An Artikli: Ingliz tilida a/an
- Exercise 1. Rasmga qarang a yoki an qo’yib chiqing. Exercise 2. Mevalarni a yoki an qatorga yozib chiqing.
c va h qo’shilib ch (child [chayld]-bola)
s va h qo’shilib sh (sheep [shi:p]- qo’y) ph=f (photo [foto] – foto) th=z yoki s (z o’qilishi: they [zey]-ular, s o’qilishi: thank you [senk yu]-rahmat) Qachon z yoki s o’qilishi bo’yicha aniq qoida yo’q. Shuning uchun so’z yodlayotganda uning o’qilishiga e’tibor berib yodlashingiz kerak. ee=i (sheep-[shi:p]-qo’y) oo=u (book [buk]-kitob) A/An Artikli: Ingliz tilida a/an noaniq artikli otlar oldidan ishlatiladi. A/an ma’nosi bitta, bir degan ma’noda keladi. A book – kitob yoki bitta kitob. A pen – ruchka yoki bitta ruchka. An elephant – fil yoki bitta fil. A/an artikli faqatgina bitta narsalarga ishlatiladi. Agar biron nimani ko’plikda aytmoqchi bo’lsak, a/an ishlatilmaydi. Misol: a book – two books (kitob – 2ta kitoblar) An elephant – three elephants (fil-3ta fillar) A dog – dogs (it-itlar) A va an asosiy farqi a artiklini consonants(undosh harflar) oldidan an artiklini esa vowels (unli harflar) oldidan ishlatamiz. Misol: a ball (kopto’k), a pen (ruchka), a box (quti) an ant (chumoli), an owl (ukki), an ostrich (tuyaqush) Exercise 1. Rasmga qarang a yoki an qo’yib chiqing. Exercise 2. Mevalarni a yoki an qatorga yozib chiqing. Fonetik QoidalarOldingi darslarda siz ingliz alifbosi va a/an artikli haqida o’rgandingiz. Bu galgi darsimiz esa ingliz tilida ba’zi harflarnig o’qilishi va oldingi mavzularni mustahkamlashga bag’ishlanadi. Ingliz tilida harflar qanday yozilsa shunday o’qilmaydi. Har bir harfturlicha tallafuz qilinishi mumkin. Shu jihatlaridan ham ingliz tili bizning tildan farq qiladi. Masalan bizning tilda a harfi faqatgina [a] tovushini bersa ingliz tilida a harfi [ei], [a], [e] va hattoki [o’] deb talaffuz qilinishi mumkin. Ushbu qoidalarni sizlar bilan bosqichma-bosqich o’rganib borishga harakat qilamiz. Shunday qilib, 1. a harfidan so’ng ikkita l kelsa ya’ni a+ll bo’lsa a harfimiz o’ deb o’qiladi. (o’rmon so’zidagi o’ kabi) Masalan: ball [bo’:l], call [ko’:l, small [smo’:l], all [o’:l] 2. e harfi so’z oxirida kelsa o’qilmaydi. Masalan: make [meyk], cake [keyk], snake[sneyk], apple [eppl] 3. ikkita e harfi yonma-yon kelsa, cho’ziq [i:] deb o’qiladi. Masalan: bee [bi:], sheep [shi:p], see [si:] 4. Ikkita o harfi yonma-yon kelsa, [u] yoki [o’] deb o’qiladi. Masalan: book [buk], cook [kuk], good [gud] LEKIN, door [do’:], floor [flo’:] 5. c harfi esa ba’zan [s] ba’zan esa [k] o’qiladi. Agar c harfidan keyin unlilardan e,i,y kelsa u holda s o’qiymiz. Masalan: cinema [sinema] city [siti] Agar c harfidan keyin undoshlar va a,o,u unlilari kelsa [k] deb o’qiladi. Masalan: cat [ket], cup [kap], coffee [koffi] 6. q harfidan so’ng u harfi kelsa ikkisi birga [kv] degan tovushni beradi. Masalan: queen [kvi:n], quit [kvit], question [kvestshn] Download 112.64 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling