Dars shiori: O‘z tarixini bilmaydigan, kechagi kunini unutgan millatning kelajagi yo‘q. (I. Karimov)


Download 380.09 Kb.
bet4/4
Sana06.02.2023
Hajmi380.09 Kb.
#1170413
1   2   3   4
Bog'liq
Boboyorov Abdivahob Etnomadaniyat

Xatna to‘yi Xatna to‘ylari asosan yurtimizda islom dinining shakllanishi bilan bog‘liq. Uni o‘tkazishda bolaning qarindoshlari ishtirok etadi. To‘y bir necha qismdan iborat bo‘ladi. Xususan, mahalladagi qariyalar ishtirokida xudoyi qilish, bola xatna bo‘ladigan xonani jihozlash, qarindosh-urug‘lar uchun bazm tashkil etish va ko‘pincha yurtga osh berish kabilar shular jumlasidandir.

Nikoh to‘yi Nikoh to‘ylari turli vaziyatlarda o‘ziga xos an’analar bilan o‘tkaziladi. Toshkent, Farg‘ona,Buxoro va boshqa viloyatlarining o‘z odatlari va rasm-rusumlari bor. Ammo hamma hududlarda sovchi, fotiha to‘yi, yor-yor aytish, kelinsalomlar aytish kabi an’analar saqlangan. Kelinning kuyovnikiga kelishi, to‘y kechalarini o‘tkazish odatlarida farqlar bor. Xullas, to‘ylar insonning hayotidagi muhim o‘zgarishlar bilan bog‘liq.

Motam marosimlari Motam marosimi ham juda qadim tarixga ega. Mahmud Koshg‘ariyning “Devoni lug‘otit turk” asarida saqlanib qolgan Alp Ertunga (Artunga ) haqidagi marsiya fikrimizga dalildir. Uch yetti yigirma kunliklar, qor yog‘di ,gul, shir oshi,qovoq kabi movliyatlar shular jumlasidanddir

Avvalo hayotdan ko‘z yumgan kishining ijobiy xislatlari qarindoshlik aloqalari esga olinib yig‘i beriladi:

Baland tog‘lar past bo‘ldimi, voy otam?

O‘lganingiz rost bo‘ldimi, voy otam?

Shamol kelmay o‘chdi chirog‘im , voy otam,

Kuz kelmay xazon bo‘ldi bog‘im voy otam.

Motam marosimi hayotdan ko‘z yumgan shaxs vafotiga yillik marakalar o‘tkazish bilan yakunlanadi.

Xullas, o‘zbek xalqi mavsumiy va oilaviy marosimlarni ko‘plab o‘tkazgan. Xalq qadriyatlarga munosabat yomonlashgan zamonlar tasirida bu marosimlarning ko‘pchiligi yo‘qolib ketdi. Mustaqillik sharofati bilan ularning qaytadan tiklashga alohida etibor berilmoqda

Xullas, o‘zbek xalqi mavsumiy va oilaviy marosimlarni ko‘plab o‘tkazgan. Xalq qadriyatlarga munosabat yomonlashgan zamonlar tasirida bu marosimlarning ko‘pchiligi yo‘qolib ketdi. Mustaqillik sharofati bilan ularning qaytadan tiklashga alohida etibor berilmoqda


Download 380.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling