Dars tahlilining asosiy tarkibiy qismlari. Dars tahlil turlari va shakllari D
Download 33.64 Kb.
|
dasdsacascasccvbtrb
Darsni tahlil qilish rahbar va o'qituvchi uchun avvalo pedagogik mahorat maktabidir. Ilmiy asoslangan pedagogik tahlil o'qituvchiga darsning kamchiliklarini ko'rish, ularni vaqtida yo'qotish, mavjud muvaffaqiyatlarni mustahkamlash imkoniyatini beradi. Xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish tuman (shahar) bo'limi mudirlari, o'rinbosarlari, metodistlari tomonidan haftasiga kamida 2 soat, ta’lim muassasalari direktorlari, ularning o'rinbosarlari tomonidan 4 soat, fan metodbirlashma rahbari tomonidan 2 soat, o'qituvchilari tomonidan 1 soat o'qituvchilar darslari kuzatilishi va tahlil qilinishi talab etiladi. Dars tahlilida yo'l qo'yiladigan asosiy xato va kamchiliklar Darsni maqsadli, malakali tahlil qilish, ayniqsa, yosh va tajribasiz maktab rahbari va o'qituvchilari uchun oson emas. Kuzatishlar va tajriba-sinov natijalarini hisobga olgan holda, rahbar va o'qituvchilar tomonidan tez-tez yo'l qo'yiladigan xato va kamchiliklar qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin: Darsda o'quvchilarning bilim egallashga bo'lgan qiziqishlarini faollashtirishning turli xil yo'llaridan foydalanib, o'qituvchi sinfning yuqori faolligiga erishadi, shu bilan bir qatorda ayrim o'quvchilar uning nazaridan chetda qoladi va o'quvchilarning bir qismi o'quv jarayonida faol ishtirok etmaydilar. 2.Soxta—muammolilik. Muammoli o'qitish metodlaridan qanday bo'lmasin foydalanishga harakat qilib, o'qituvchi ayrim hollarda o'z savollariga o'quvchilardan to'la fikrlanmagan taxminiy javoblar oladi. O'quvchilarni mustaqil ishlatish mobaynida yo'lga qo'yiladigan xatolar: □ dars jarayonida o'quvchi tomonidan bajarilgan o'quv topshiriqlarini tekshirmaslik; o'quvchining mustaqilligini ta’minlash uchun qulay pedagogik vaziyatni vujudga keltirmasdan, o'quv jarayonini oldindan batafsil tahlil qilish; o'quvchilarning mustaqil faoliyat ko'rsatishlari uchun ularning yoshlari va fanlarning xususiyatlarini hisobga olmasdan, ularga ortiqcha o' quv vazifalari berish. Muvaffaqiyatli o'qitish qoidalarini buzish: darsda ko'rgazmali qurollarni me’yoridan ko'p ishlatish; o'qitishning texnik vositalaridan noo'rin foydalanish; sun’iy tarzda zamonaviylikka intilish va tarbiyaviy daqiqalardan o'z o'rnida foydalanmaslik. Asosiy ilmiy dalillar, qonuniyatlar, formulalar va isbotlash usullarining o'quvchilar tomonidan puxta o'zlash-tirilishiga sovuq-qonlik bilan qarash; og' zaki so' rov metodidan maqsadga muvofiq tarzda foydalanmaslik. Har bir o'quvchi va sinfdagi o'quvchilar jamoasini to'liq o'rganmasdan turli sinflarda bir xil metodlar yordamida dars o'tish, ilg'or pedagogik texnologiyalar va zamonaviy metodlardan samarali foydalana olmaslik, tabaqalashtirib o'qitishga e’tibor qaratmaslik, o'quvchilar tomonidan yo'l qo'yilgan xatoliklarni bartaraf etish chora-tadbirlarini o'z vaqtida ko'rilmasligi. Dars uchun ajratilgan vaqtdan unumli foydalana olmaslik, darsda yangi bilimlarni o'zlashtirish bo'yicha o'quvchilarga tegishli yo'l-yo'riq ko'rsatmaslik va ularni me’yoridan ortiqcha hamda to'liq tushunib yetilmagan uy vazifalari bilan band qilib qo'yish, shuningdek, uyga berilgan topshiriqlarni bajarish bo'yicha zarur izohlar, sharhlar va tavsiyalar berilmasligi tufayli o'quv jarayoni samaradorligining past bo'lishiga sabab bo'ladi. Darsga tashrif buyurilganda o'qituvchi mahoratini baholash Darsga tashrif buyurilganda o'qituvchi mahoratini qanday baholash kerak? I. O'kuv faoliyati motivatsiyasi. _ O'rganilayotgan material, ahamiyatini, maqsadini tu shuntirish. Bilim olishga qiziqishni o'stirish. Darsning muammoli-ijodiy tuzilishi. O'qitishning ijodiy motivatsiyasi. Individual, guruq bilan va umumiy ishlash. O'quvchilar bilimi va tajribasiga tuzatish kiritish. Fan bo'yicha maxsus mustaqil ishlash, xulosa chiqarish malakalarini shakllantiri. O'rganilayotgan material, mazmuni. Materialning ilmiyligi va tushunarliligi. Dolzarbligi va hayot bilan bog'langanligi (aloqasi). O'quv axborotining muammoliligi va jalb qila olishi. O'zlashtirish uchun berilayotgan material hajmining optimalligi. Dars jarayoni tuzilishining samaralorligi. Darsda vaqtdan oqilona foydalanish. Faoliyat turlari sur’atining, almashinuvining va o'zgarishining optimalligi. Ko'rgazmalilik. Yangi texnologiyalar (shu jumladan, axborot texnolo giyalari)dan foydalanish arajasi. Ish usullarining oqilonaligi. O'quvchilar ishini nazorat qilish. O'qitish samarasi. Tarbiyaviy ishlar samarasi. O'quvchilar rivojlanishiga darsning ta’siri. Darsning o'rtacha bali Darsning har bir unsurini ballarda baholash mumkin: a’lo — 5 ball yaxshi — 4 ball qoniqarli — 3 ball element kuzatilmadi — 2 ball
Download 33.64 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling