Dars ta’limni tashkil etishning asosiy shakli. Reja


О‘qituvchining darsga tayyorgarligi


Download 24.59 Kb.
bet5/6
Sana13.04.2023
Hajmi24.59 Kb.
#1355868
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Dars ta\'limni tashkil etishning asosiy shakli (1)

О‘qituvchining darsga tayyorgarligi. O'qituvchining darsga tayyorgarligida quyidagi to'rtta bosqich ko'zga tashlanadi: tashxislash, bashoratlash, loyihalashtirish va rejalashtirish. Algoritmni amalga oshirish aniq sharoitlami tashxislash bilan boshlanadi. Tashxis didaktik jarayon kechadigan barcha sharoitlami oydinlashtirish, uning natijalarini belgilashdir. Unda o'quvchilaming imkoniyatlari, ulaming faoliyatlari va xulqlari, motivlari, talab va layoqatlari, qiziqish va qobiliyatlari, bilimdonlik darajasi, o'quv materialining xususiyati, uning amaliy ahamiyati, dars tuzilishi, yangi axborotni o'zlashtirish, mustahkamlash va tizimlashtirish, bilim, ko'nikma va malakalarini nazorat qilish hamda tuzatish kabi holatlar namoyon bo'ladi. Bashoratlash bo'lajak darsni tashkil etishining turli varianlarini baholash va ulardan qabul qilingan no mezonlarga muvofiq eng ma’qulini tanlab olish. Loyihalashtirish va rejalashtirish o'quvchilaming o‘quv faoliyatini boshqarish dasturini yaratish bo'lib, u darsga tayyorlanishning yakuniy bosqichi hisoblanadi. Loyiha (boshqarish dasturi) qisqa va aniq, erkin tuzilgan, pedagog o'zi uchun boshqarish jarayoni muhim vaziyatlari (kimdan va qachon so‘rash, qayerda mavzuni kiritish, mashg'ulot keyingi bosqichiga qanday o‘tish, oldindan ko'zda tutilmagan qiyinchiliklar yuzaga kelganida jarayonni qaysi sxema bo'yicha qayta o‘zgartirish)ni belgilab olishga imkon beruvchi hujjatdir.
Ta’limni tashkil etishning yordamchi shakllari. Ta’limning yordamchi shakllariga to'garak, konferentsiya, maslahat (konsultatsiya), fakultativ mashg‘ulot, о‘quv ekskursiyalari, o'quvchilaming mustaqil uy ishlari va boshqalar kiradi. Maktabdan tashqari mashg'ulotlaming asosiy va barqaror mrlariga o'qish jarayonining tarkibiy qismi sifatida qaraladigan, o'quvchilaming mustaqil uy ishlari kiradi. Uning asosiy maqsadi - darsda o‘zlashtirilgan bilim, ko'nikma va malakalarini kengaytirish, chuqurlashtirish, ulami esdan chiqarishning oldini olish, o'quvchilaming individual layoqati, iste’dod va qobiliyatini rivojlantirishdan iborat.

Download 24.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling