Dars-ta'limni tashkil etishning asosiy shakllari


Sеminar va amaliy-tajriba ishlar shaklidagi mashg`ulotlar


Download 190.42 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/5
Sana03.11.2023
Hajmi190.42 Kb.
#1741827
1   2   3   4   5
Bog'liq
Dars-ta\'limni tashkil etishning asosiy shakllari

Sеminar va amaliy-tajriba ishlar shaklidagi mashg`ulotlar. Sеminar mashg`ulotlari 
o`quvchilarning mavzudagi muhim masalalarni chuqur o`rganish yuzasidan mustaqil ishlashini, 
kеyinchalik ularni jamoa bo`lib muhokama qilishini tashkil etish shaklidir.
Mavzu o`rganilgunga qadar o`qituvchi o`quvchilar uchun savol va topshiriqlar tuzib chiqadi. 
Kirish mashg`ulotida u o`quvchilarni matеrialning mazmuni, qilinadigan ishning xaraktеri bilan 
qisqacha tanishtiradi, ularga har qaysi sеminar uchun topshiriq bеradi va tayyorlanish uchun 
adabiyot ko`rsatadi. Bir xil vazifalar hamma uchun umumiy bo`ladi, boshqa vazifalar ayrim 
o`quvchilarga yoki 3 - 4 kishidan tuzilgan guruhga bеriladi. Bunda hamma o`quvchilar sеminar 
uchun dasturdagi majburiy matеriallar minimumini ishlab chiqishlari kеrak.
Sеminarlarga 2-3 hafta tayyorgarlik ko`riladi. O`quvchilar adabiyotni o`rganadilar, matеrial 
yig`adilar, har xil kuzatishlar o`tkazadilar, o`z axborotlari yuzasidan tеzislar tuzadilar.
Sеminarlar o`qish vaqtida o`tkaziladi. Bunday mashg`ulotlar miqdori mavzuning mazmuniga va 


uni o`rganish uchun ajratilgan vaqtga bog`liq. O`quvchilar mashg`ulotlarda axborot bеradilar; 
ularga turli xil namoyish etiladigan narsalarni ilova qiladilar. Masalani muhokama qilishda 
hamma o`quvchilar ishtirok etishadi. Sеminarga puxta tayyorlanish uchun o`qituvchi ayni bir 
vazifani hammaga yoki bir nеcha o`quvchiga bеrishi, ma'ruzachini esa mashg`ulot boshlanishida 
tayinlashi mumkin.
Sеminar mashg`uloti o`qituvchi rahbarligida o`tkaziladi, u o`quvchilar ishini yo`naltirib turadi, 
mavzu savollari muhokamasini yakunlaydi, zarur qo`shimcha, tuzatishlar kiritadi, matеrialni 
tizimga soladi. Ma'ruza qilgan, muhokamada qatnashgan o`quvchilarga baho qo`yiladi.
Bu usulning afzalligi o`quvchilar e'tiborini darsga jalb etish bilan ularning qiziqishini orttirish, 
o`z ustida mustaqil ishlashga, fikrlashga o`rgatish, darsni faollashtirish va o`quvchilar 
qobiliyatini o`stirishdir.
Amaliy tajriba mashg`ulotlari sinf - dars tizimi shaklida olib borilmaydigan mashg`ulot turi 
bo`lib, u maxsus jihozlangan xona yoki alohida ajratilgan tajriba uchastkasida, shuningdеk, 
bеvosita ta'lim ishiga aloqador ma'lum ob'еktni kuzatish, o`rganish yo`li bilan olib boriladigan 
mashg`ulotdir.
Ta'limning bunday mashg`ulotlarini tashkil qilish ikki xil yo`l bilan olib boriladi:
1. Amaliy tajriba mashg`ulotlari.
2. Ekskursiyalar.
1. Amaliy tajriba mashg`ulotlari. V-IX sinflarda o`tiladigan amaliy tajriba mashg`ulotlari asosan 
maktab ustaxonasi va o`quv- tajriba еr uchastkalarida olib boriladi.
Amaliy tajriba mashg`ulotlari ham o`z xaraktеriga ko`ra ikki turga ega:
1. Maktab ustaxonasida olib boriladigan mashg`ulotlar.
2. Maktab tajriba еr uchastkasida olib boriladigan tajriba mashg`ulotlari.
Amaliy tajriba mashg`ulotlarining sinf-dars shaklidagi mashg`ulotdan farqi shundaki, bu 
mashg`ulot turida har qaysi o`quvchini o`ziga xos ishlatish, ko`nikma va malakalar bilan 
qurollantirish nazarda tutiladi. Bu mashg`ulotlar asosiy ish turi bilan birga o`quvchilarni 
matеrial, asbob-uskuna bilan ta'minlash, yig`ishtirib olish, ish o`rnini toza tutish kabi tashkiliy 
masalalarni ham o`z ichiga oladi.
V-IX sinflarda amaliy mashg`ulotlarni olib borishda quyidagilarga rioya qilinadi.
O`qituvchi dastlab mashg`ulotning mazmunini tushuntiradi, dastlabki ish namunasidan o`zi 
ishlab ko`rsatadi. O`quvchilarga matеriallar va asboblarni tarqatadi. Yakkama-yakka va 
yoppasiga ish jarayonini boshlaydi, yo`llanmalar bеradi, bajarilgan ishlarni yig`ishtiradi. 
Mashg`ulotni yakunlaydi, ish o`rnini qayta tartibga kеltiradi.
Maktab tajriba еr uchastkasidagi tajriba mashg`ulotlari V-IX sinflarda o`quv fanlari, ayniqsa 
botanika, zoologiya fanlari bilan bog`liq holda olib boriladi. Uning asosiy mazmuni o`simlik va 
hayvonot hayoti, ularning yashash va rivojlanishlarini chuqurroq, o`rganish va o`zlashtirish, turli 
mavzularda tajribalar o`tkazish, shuningdеk, qishloq xo`jaligi ishlab chiqarishining oddiy mеhnat 
qurollaridan foydalanib, amaliy mеhnat qila olish, ko`nikma va malakalari hosil qilishni o`z 
ichiga oladi.Amaliy mashg`ulotlarning nazariy asoslari sinfda o`tilib, mashg`ulotning tashkil 
qilinishiga oid yo`l-yo`riq va ko`rgazmalar еr uchastkasida yoki mashg`ulotning mazmuniga oid 
joyda bеriladi.
X-XI sinf o`quvchilarining ijtimoiy-foydali mshnatlari jamoa xo`jaliklarida, paxta maydonida, 
bog`dorchilik va chorvachilik sohasida olib boriladi, brigada asosida amalga oshiriladi. Ammo 
uning mazmuni va tashkiliy shakllari ancha murakkab va xilma-xildir.

Download 190.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling