Dars tashkil etish tartibi


Download 1.4 Mb.
Sana29.09.2023
Hajmi1.4 Mb.
#1689907
Bog'liq
son bo\'yicha slayt(amaliy uchun)

MAVZU: Son. Sonning leksik-grammatik xususiyatlari. Sonning ma’no turlari

Predmetning miqdorini, sanog`ini, joylashish tartibini, ba’zan ish-harakatning bajarilish tartibini, miqdoriy belgisini bildiradigan mustaqil so`z turkumi son deyiladi. Son necha? nechanchi? nechta? qancha? kabi so`roqlardan biriga javob beradi.

Sonning ma’no turlari Son ma’no jihatdan va grammatik xususiyatlarga ko`ra ikki guruhga bo`linadi: sanoq sonlar va tartib sonlar.

  • 5) taqsim son.

Bir sonining o`ziga xos grammatik xususiyatlari

  • 1. Ilgari tilga olinmagan predmet nomini ifodalaydigan ot oldida kelibgumon noaniqlik ma’nosini ifodalaydi: Maqsud aka Oybek ikkovimizga kula-kula bir voqeani aytib bergan edi.
  • 2. Bir soni fe’l, ot, sifat, ravish oldida kelib, kuchaytiruv ravishi (juda, g`oyat) va kuchaytiruv yuklamasi (hatto) kabi ma’noni kuchaytirishga xizmat qiladi: Bir chiroyli, bir yoqimli shamol turdi (S.Ahmad).
  • 3. Bir soni sifatlovchi-sifatlanmish orasida kelganda ham ma’noni kuchaytiradi: Gulnor uchun ulug` bir baxt shu uchrashuv bo`ldi (A.Q.) Juvon asabiy bir harakat bilan ro`molini olib o`radi (A.Q.).

4. Ayiruv chegaralov yuklamalari (-gina, faqat) vazifasini bajarib, ayirish, chegaralash kabi ma’nolarni ifodalaydi: Kamtarlik ham bir xislat («Tafakkur gulshani»). Mening ishonchim bir sensan. Bunda bir so`zi –gina, faqat vazifasini bajargan.

  • 4. Ayiruv chegaralov yuklamalari (-gina, faqat) vazifasini bajarib, ayirish, chegaralash kabi ma’nolarni ifodalaydi: Kamtarlik ham bir xislat («Tafakkur gulshani»). Mening ishonchim bir sensan. Bunda bir so`zi –gina, faqat vazifasini bajargan.
  • 5. Bog`lovchi vazifasida kelib, uyushiq gap bo`laklarini Yoki qo`shma gap qismlarini bog`lashga xizmat qiladi: Bir kattaning gapiga kir, bir kichikning (Maqol).
  • 6. Bir soni o`zi bog`lanib kelgan so`z bilan «hech kim», «hech qanday» olmoshlar ma’nosida keladi: Kunlik normasini bajarmagan bir kishi qolmadi.
  • 7. Kesim vazifasini bajarib kelganda, birdamlik, o`xshashlik, umumiylik ma’nosini ifodalaydi: Kemaga tushganning joni bir (Maqol). Odamning tili bilan dili bir bo`lsin.
  • Sonlarning otlashishi.
  • Son bog`lanib kelgan ot qo`llanmaganda, otga qo`shilib kelgan so`z o`zgartiruvchi affikslar, ya’ni egalik, kelishik hamda shakl yasovchi ko`plik affiksini olishi mumkin. Bunday morfologik jihatdan o`zgargan son otlashgan son sanalib, gapda ot bajargan ega, to`ldiruvchi, qaratqich-aniqlovchi, kesim kabi sintaktik vazifalarni bajaradi: Birov tosh, birov gul, o`z joyida ikkovi ham yaxshi (Shukrullo). Bilagi zo`r birni yiqar, bilimi zo`r mingni. (Amir Temur o`gitlari). O`nning yarmi besh.
  • Otlashgan son fikrni stilistik jihatdan ixcham obrazli ifodalashi uchun xizmat qiladi. (Maqol, matal, aforizmlarda ko`p uchraydi) Sonning hamma turlari ham morfologik jihatdan o`zgarmaydi (chama son – tacha, -lab, -lar kasr songa qo`shilmaydi).

Savol va topshiriqlar: 1.Qanday so`zlarga son deyiladi? 2.Sonning nomini bildiradigan sonlar qanday qo`shimchalarni olishi mumkin? 3.Narsa-buyumlarning son-sanog’ini bildiradigan sonlarni so`zlarga bog’lab 5 ta misol keltiring. 4.Sonlar qanday raqamlar bilan ifodalanadi? 5.Nutqimizda tez-tez qo`llanadigan 23 ta sodda sonni birma-bir sanang

Mashq Hisob so’zlarni toping

Miqdor sonlarni uy-uyiga tog’ri joylashtiring Yuzta, ikki dona O’ntacha, o’nga yaqin Yettovi, ikkalasi, oltovlon ⅓ uchdan bir, 0,5-yarim Bittadan, ikki, on besh

SO’Z O’YINI IBORALARNI IZOHLANG Tili bir qarich-? Yetti o’lchab ,bir kes-? Ikki o’n besh ,bir o’ttiz-? Oyning o`n beshi qorong`u, o`n beshi yorug`-? Odamlar 102 xil bo`larkan (bir yuzi ikki xil)

E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT! 


Download 1.4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling