Dars vaqti: 80 daqiqa O`quv mashg`ulotining o`qitish texnologiyasimodeli


Download 39.25 Kb.
bet2/3
Sana18.06.2023
Hajmi39.25 Kb.
#1599427
1   2   3
Bog'liq
3 2 O\'SIMLIK HIMOYAS

O`qitishmetodlari

Amaliy ko’rgazmali.

O`quv faoliyatining tashkil etish shakllari

Amaliy mashg`ulot asosida topshiriqlarni bajarish

O`qutishvositalari

Kompyuter, videoproektor, electron darslik, maketlar, plakatlar electron doska

O`qitishsharoiti

Maxsus o’quvxonasi

Qayta aloqaning usul va vositalari

Savol-javob, mustaqilish



Fodalaniladiganadabiyotlar

Asosiy adabiyotlar: Sulton Alimuhamedov, Murodjon Rashidov
Qo`shimcha adabiyot.Ziyo net. Karantin kitoblar bazasi



Fan o `qituvchsi:

Mengturayev U _____






Ish bosqichlari va vaqti

Faoliyat mazmuni

O`qituvchi

O`quvchi

1-O`quv mashg`ulotiga kirish (10daq)

Tashkiliy qism:

  1. O`quvchilar bilan salomlashish

  2. O`quvchilarning davomati va darsga tayyorgarligini tekshirish

Maqsad va vazifalarni belgilanishi:
1.O`quv mashg`ulot mavzusi, rejasi, maqsad va o`quv faoliyat natijalari bilan tanishtiradi
2.O`quv mashg`ulotida o`quv ishlarini baholash me’zoni va ko`rsatgichlari bilan tanishtiradi

Diqqat qiladi

Eshitadi
Tanishadi



2-bosqich. Asosiy
(60 daq

O`quvchilarbiliminifaollashtrish:

1. Pestitsidlarning qo’llanilishi?


2. Pestitsidlarni kompleks qo’llash?
3 Pestidsitlarni hashoratlarga qo’llash tartibi?


O’quvchilarga yangi amaliy mashg’ulot bo’yicha yo’ruqnoma beraman O’tilgan amaliy mashg’ulot bo’yicha darsning yakunida og’zaki so’rov orqali baxolashni e’lon qilaman.

Jadval yaratib uni saqlashni mustaqil o’rganadilar




Berilgan topshiriq bo’yicha bajargan ishlarni tekshiraman va baholash uchun yig’ib olaman.



Individual tarzdatopshiriqlarnibajaradi



3-bosqich. Yakuniy
(10 daq)

Mashg`ulot kiyakuni:

  1. Faol ishtirok etgan o`quvchilarni baholaydi va rag`batlantiradi.

Uygavazifaniberilishi:
Kelgusi mashg`ulotga vazifa va uni bajarish yuzasidan yo`riqnoma beradi

Eshitadi



NAZARIY darsning texnologik xaritasi





Pestitsidlar (lot. pestis — maraz, caedo — oʻldiraman), zaharli kim-yoviy moddalar — oʻsimlik zararkunandalari va kasalliklari, begona oʻtlar, shuningdek, yogʻoch, paxta tolasi mahsulotlari, jun, teri zararkunandalari, uy hayvonlarining xavfli kasalliklari qoʻzgʻatuvchilariga qarshi kurashishda foydalaniladigan kimyoviy moddalar. Shuningdek, auksinlar, gibberellinlar, defoliantlar, desikantlar, retradantlar ham P.ga kiritiladi. P. tirik organizmlar hujayralariga ki-rib ularning fizik va kimyoviy xususiyatlarini oʻzgartiradi. Hujayraning oqsil va boshqa moddalari bilan kimyoviy re-aksiyaga kirishib, ularni choʻkmaga tushiradi, fermentlar faolligini zaiflashtiradi, modda almashinuvi jarayonini buzadi va hujayrani halokatga olib keladi.
P. qoʻllanish obʼyekti, organizm ichiga kirish yoʻli, taʼsir qilish harakteri va kimyoviy tarkibiga koʻra tas-niflanadi. Qanday zararli organizmga qarshi ishlatilishi, yaʼni qoʻllanish obʼyektiga qarab, P. quyidagi turlarga boʻlinadi: insektitsidla — hasharotlarni qirib tashlaydigan vositalar; antifidantlar — oʻsimliklar va materiallarni zararkunandalardan saqlaydigan moddalar; akaritsidlar — oʻsimlikxoʻr kanalarga; nematitsidlar — oʻsimlik nematodalariga; limatsidlar — shilliqkurtlarga; rodentitsidlar— kemiruvchilarga; fungitsidlar— zamburugʻlar qoʻzgʻatuvchi kasalliklar-ga:bakteritsidlar — bakteriyalarga; gerbitsidlar — qishloq xoʻjaligi ekinlari orasidagi begona oʻtlarga; arboritsidlar — buta va chala buta oʻsimliklarga qarshi qoʻllaniladigan vositalar; attraktantlar — hasharotlarni jalb qiluvchilar, repellentlar— hasharot va qushlarni choʻchitadigan moddalar, algitsidlar — suvoʻtlarga qarshi qoʻllaniladigan preparatlar va h.k. Kompleks taʼsir kuchiga ega boʻlgan P. ham bor. Mas, urugʻlikni dorilashda ishlatiladigan P. fungitsid, bakteritsid, insektitsid va boshqa vazifalarni bajarishi mumkin.
Sintetik piretroidlar bir necha tur oʻsimlik gullaridan olinadigan piretrum moddasining analogi-dir. Keyingi yillarda piretroidlardan koʻpgina oʻsimliklarni zararkunan-dalardan himoya qilishda koʻp foydalanilmoqda. Bu birikmalar tanlab taʼsir qilish xususiyatiga ega. Ulardan juda kam (bir gektarga bir necha gramm taʼsir qiluvchi modda hisobida) sarf qilinganida ham zararkunandalarga samarali taʼsir koʻrsatadi. Oʻzbekistonda sintetik piretroidlardan ambush, simbush, ripkord, sumitsidin, detsis va boshqalarni qoʻllashga ruxsat berilgan. Ol-tingugurtli P. oddiy oltingugurt (oltingururt kukuni, kolloidli oltingugurt, ohak-oltingugurt qaynatmasi va boshqalar) asosida ishlab chiqariladi; bundan tashqari, oltingugurtli organik birikmalar ham mavjud.
P.ni tanlashda ularning zaharliligi — kimyoviy moddalarning organizmni zaharlash xususiyatiga katta ahamiyat beriladi. Zaharlilik darajasi — dozalar, yaʼni moddaning organizm hayot faoliyatini buzadigan yoki nobud qiladigan (tajribadagi hayvonlarning oʻrtacha har kg vazniga toʻgʻri keladigan mg hisobidagi zaharli modda) miqdori bilan belgilanadi. P.ning zaharliligi, odatda, tajribadagi bir guruh hayvon (kalamush, sichqon) maʼlum qismining nobud boʻlishi bilan sarflangan dozani qiyoslab aniklanadi. P.ning bundam dozalari OʻD50 (tajribadagi hayvonlarning 50% ni oʻldiradigan doza) belgisi bilan ifodalanadi. Qabul qilingan tasnifga koʻra, P. zaharliligi shartli ravishda 4 guruhga boʻlingan: oʻta zaharli (OʻD50 50 mg/kg gacha); zahari kuchli (OʻD5a 50–200 mg/kg); oʻrtacha zaharli (UD50 200 – 1000 mg/kg), zaharlilik darajasi past boʻlgan P. (OʻD50 1000 mg/kg dan ortiq).
P.ning rasmiy tavsiya qilingan doza yoki konsentratsiyasidan ortiq olinganda, qoʻllash usuli hamda muddati notoʻgʻri tanlanganda, shuningdek, iqlim sharoitlari hisobga olinmaganda ular oʻsimlikning kuyishiga, gulchangi hayotchanligining pasayishiga, urugʻchining nobud boʻlishiga va natijada hosilning kamayishiga sabab boʻladi. Oʻsimliklar P. bilan ifloslanishi, mevasi esa badboʻy hid va yoqimsiz mazaga ega boʻlib qolishi, shuningdek, oʻsimlik sirtida bu moddalar odam va hayvonlar uchun xavfli miqdorda toʻplanishi mumkin. P.ning muntazam qoʻllanishi tufayli, koʻpincha zararli organizmlarda ularga nisbatan chidamlilik vujudga keladi. Zararkunandalarning maʼlum P.ga chidamli irklarining vujudga kelmasligi uchun har bir zararkunandaga qarshi moʻljallangan preparatlar turi koʻp boʻlishi va ular almashlab qoʻllanilishi kerak.




Download 39.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling