Darsdan tashqari ishlarni tashkil qilish metodikasi. Ona tili o‘quv xonasini jihozlash Reja
-9-sinf xonalardagi o’quv jihozlarining joylashish tartibi
Download 163.62 Kb. Pdf ko'rish
|
1 2
Bog'liq16-MA\'RUZA
5-9-sinf xonalardagi o’quv jihozlarining joylashish tartibi: O’quv xonasi
texnik hujjatlarining moslik va sanitariya-gigiena sertifikati bo’lgan, me’yoriy talablarga mos maxsus mebellar komplekti bilan jihozlangan bo’lishi talab etiladi. Xonada: o’qituvchi ish joyini tashkil etuvchi; o’quvchi ish joyini tashkil etuvchi; o’quv va ko’rsatmali qurollarni saqlash imkonini beruvchi; texnik vositalarni saqlovchi mebel va jihozlar bo’lishi lozim. Fan xonasi 1 yoki 3 tabaqali sinf doskasi bilan ta’minlanadi va u sinfning old tomoniga poldan 80-90 sm. balandlikda o’rnatiladi. 5-9-sinf o’quvchilari uchun mo’ljallangan xonalar ularning yosh va psixo- fiziologik xususiyatlariga mos ravishda o’quvchilar stoli va stuli bilan ta’minlanishi lozim. O’quvchilar stolining qator oralig’i 60 sm.dan, uning ketma-ketlik oralig’i esa 70 sm.dan kam bo’lmagan holda devordan 60 sm. uzoqlikda joylashtiriladi. Fan xonasidagi kitob javoni sinf xonasining orqa tomoniga joylashtiriladi hamda sinfda kiyim ilish uchun javonlar yoki maxsus moslamalar (veshalka) bo’lishi tavsiya etiladi. 5-9-sinflar uchun ajratilgan sinf xonasi ma’lum bir fan yo’nalishida belgilangan fan xonasi hisoblanadi. Belgilangan predmet yo’nalishi bo’yicha sinf xonasi va javonlar jihozlanadi. 5-9-sinflarga ajratilgan fan xonalarining deraza oynalarining qarama-qarshi tomonida ilovada tavsiya etilayotgan tegishli fan mazmuniga oid stendlar, sinf xonasining orqa devori mazkur fanning rivojlanishiga hissa qo’shgan yirik olimlar, faylasuflar, shoirlar, mutafakkirlar portretlari bo’lishi tavsiya etiladi. Mazkur tavsiyalar fan xonasidagi barcha jihozlarning belgilangan o’ringa joylashtirilishi, saqlanishi, samarali foydalanish bilan birgalikda o’quv-tarbiya jarayonining sifatini oshirishga xizmat qiladi. - Sinf xonasining eshikdan chap tomonidagi devoriga doimiy ravishda foydalaniladigan “Tilshunoslik va uning bo’limlari” (5-9-sinflarda ona tilining bo’limlari soddadan murakkabga tomon izchillikda o’rgatiladi) 1-stendi o’rnatilishi tavsiya etiladi. Stendning o’lchami 60x90 sm. bichimda, rangli bo’lishi kerak. - Sinf xonasining eshikdan chap tomonidagi devoriga doimiy ravishda foydalaniladigan “Nutq tovushi va harf” 2-stendi (o’zbek tilining fonetika bo’limida nutq tovushlari va uning guruhlari o’rganiladi) o’rnatilishi tavsiya etiladi. Stendning o’lchami 60x90 sm. bichimda, rangli bo’lishi kerak - Sinf xonasining eshikdan chap tomonidagi devoriga doimiy ravishda foydalaniladigan “So’z turkumlari” (mustaqil va yordamchi so’z turkumlari o’quvchilarning og’zaki va yozma nutqini shakllantirishda asosiy vosita sanaladi) 3-stendi o’rnatilishi tavsiya etiladi. Stendning o’lchami 60x90 sm. bichimda, rangli bo’lishi kerak. - Sinf xonasining eshikdan chap tomonidagi devoriga doimiy ravishda foydalaniladigan “Otlarning kelishik qo’shimchalari bilan qo’llanishi” (kelishiklarning turlari va uning so’roqlari, qo’llanilishi yuzasidan 5-9-sinf o’quvchilarining bilim, ko’nikma va malakalarini shakllantirishda asosiy vosita sanaladi) 4-stendi o’rnatilishi tavsiya etiladi. Stendning o’lchami 60x90 sm. bichimda, rangli bo’lishi kerak. - Sinf xonasining eshikdan chap tomonidagi devoriga doimiy ravishda foydalaniladigan “Gap bo’laklari” (gap bo’laklarining turlari va uning vazifasi va shuningdek, gapning markazi yuzasidan o’quvchilarning bilim, ko’nikma va malakalarini shakllantirishda asosiy vosita sanaladi) 5-stendi o’rnatilishi tavsiya etiladi. Stendning o’lchami 60x90 sm. bichimda, rangli bo’lishi kerak. - Sinf xonasining orqa devoriga doimiy ravishda foydalaniladigan mumtoz adabiyot namoyandalari stendi o’rnatilishi tavsiya etiladi. Stendning o’lchami 150x70 sm. Stend sinf xonasining o’lchamidan kelib chiqqan holda 30-50 sm. oralig’ida bir-biriga simmetrik tarzda joylashtirilishi kerak. - Sinf xonasining orqa devoriga doimiy ravishda foydalaniladigan XX asr o’zbek adabiyoti namoyandalari stendi o’rnatilishi tavsiya etiladi. Stendning o’lchami 150x70 sm.li stend sinf xonasining o’lchamidan kelib chiqqan holda 30- 50 sm.li oralig’ida bir-biriga simmetrik tarzda joylashtirilishi kerak. - Download 163.62 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling