Darslarda qanday kartorgarfik qo’llanmalardan foydalanasiz ?
Download 20.1 Kb.
|
1- So\'rovnoma tahlil
Magistrlik disertatsiyasini shakllantirish avvalida dissertatsiya mavzusi yuzasidan anketa savollari tuzuldi va Namangan viloyat tumanlaridagi maktablaridagi geografiya fani o’qituvchilaridan so’rovnoma olindi. Savollar geografiya darslarini tashkil etish, kartografik jihatdan ta’minlanganlik darajasi va geografiya darslari uchun kartografik qo’llanmalarni ahamiyati bo’yicha tuzildi. Siz geografiya darslarini fan xonasida tashkil etasizmi degan savolga 25 nafar so’rovnoma ishtirokchilaridan 8 nafari Ha deb javob berdi qolgan 18 nafari esa yo’q deb javob berdi. Bundan ko’rinib turibdiki aksariyat maktablarda geografiya xonasi tashkil qilinib dars mashg’ulotlari olib boriladi. Geografiya fani xonasida kartografik qo’llanmalar uchun alohida joy ajratganmisiz degan savolga jami so’rovnoma ishtirokchilaridan 10 nafari Ha deb javob berdilar. Qolgan ishtirokchilar yo’q deb javob berdilar O’quv xonangizda qanday kartalar, kartografik qo’llanmalar mavjud? Ushbu savolga so’rovnoma ishtirokchilarining 4 nafari faqat jahon siyosiy va O’zbekiston siyosiy xaritasi borligini 3 nafari jahon siyosiy va O’zbekiston siyosiy xaritasi , yarimsharlar tabiiy xaritasi , o’quv globusi borligi , 6 nafari O’zbekiston tabiiy xaritasi, Materiklar tabiiy xaritasi va jahon siyosiy va O’zbekiston siyosiy xaritasi borligini, 5 nafari maktab xarita bilan yaxshi ta’minlamaganligini, 1 nafari maktab deyarli barcha xaritalar jamlanmasi bilan ta’minlaganligini, yana 1 nafar ishtirokchi xaritalarni, osmon jismlarni devorga chizdirganligini , 5 nafari esa faqat atlas , globus va siyosiy xarita borligini yozganlar Darslarda qanday kartorgarfik qo’llanmalardan foydalanasiz ? Bu savolga ishtirokchilardan 4 nafari o’quv atlaslaridan foydalanamiz degan , 2 nafari turli xil kartografik qo’llanmalardan va darslikkga oid qo’llanmalardan foydalanishini yozgan bo’lsa qolgan ishtirokchilar hech qaysi qo’llanmalardan foydalanmasliklarini yozganlar. Natijada kartografik qo’llanmalardan geografiya darslarida foydalanish qoniqarli emasligini ko’rish mumkin. Kartografik qo’llanmalardan darsning qaysi qismlarida foydalanasiz Bu savolga 6 kishi mavzuga oid bo’lsa , 4 kishi amaliy mashg’ulot paytida degan 1 kishi yangi mavzuni tushuntirishda degan , yana 1 kishi xaritaga oid mavzularda degan bo’lsa , qolgan ishtirokchilar yo’q degan javobni bergan 6. Sinf doskasida kartalar (karta-sxema, konturlar) chizasizmi? Ushbu savolga deyarli barcha ishtirokchilar ha degan javob berdilar, chuki hozirgi kunda o’rta ta’lim maktablari yetarli tarzda kartografik jihatdan yaxshi ta’minlanmagan. Asosan doskadan va elektron xaritalardan , o’quv atlaslaridan foydalanib kelishadi. 7. Kartografik qo’llanmalar darslaringizda qanday axamiyati bor? So’rovnomaning bu savoliga ishtirokchilardan 8 nafari kartografik qo’llanmalarning ahamiyati ijobiy deb beholagan , 3 nafari mavzularni tushunishga yordam beradi, 5 nafari o’quvchilarni o’zlashtirishiga katta samara berishini, yana 3 nafari xaritasiz geografiya darslarini tasavvur etib bo’lmasligini, qolgan ishtirokchilar juda muhim degan lekin sababini ko’rastilmagan. 8. Elektron (interaktiv) kartalar haqida ma’lumotlar bilasizmi ? Ishtirolchilarning 7 nafari bu savolga ha deb javob bergan bo’lsa ,4 nafari interaktiv kartalar haqida tushunchasi borligini, bunday xaritalar maxsus dasturlar yordamida yaratilishini yozgan, 5 nafar ishtirokchi yo’q degan javob yozgan bo’lsa, qolgan ishtirokchilar bilamiz lekin foydalanmaymiz, bunga sharoit yo’q deb javobv bergan. 9. Elektron (interaktiv) kartalardan foydalanasizmi Bu savolga ishtirokchilardan 13 nafari faqat electron xaritalardan foydalanishini nazarda tutub ha deb javob bergan, maxsus dasturda asosida ishlab chiqilgan interaktiv xaritalar nazarda tutilmagan. Qolgan 12 nafar ishtirokchi yo’q degan javobni bergan. 10. Internet tarmog’idan kartalar, kartografik qo’llanmalar topib, yuklab olganmisiz ? Ushbu so’rovnoma savoliga 15 nafar ishtirokchi ha deb javob bergan, qolgan 10 nafari esa yo’q deb javob bergan, sababi o’rta ta’lim maktablari kartografik jihatdan yaxshi ta’minlamaganligi uchun asosan internet tarmoqlarida electron xaritalar yuklab olib foydalanadilar. Elektron qo’llanmalarni internet tarmoqlaridan topib foydalanish unchalik ommalashmagan ekan. Download 20.1 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling