Darslik Mutaxassisliklar


Download 1.4 Mb.
bet14/110
Sana08.03.2023
Hajmi1.4 Mb.
#1251049
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   110
Bog'liq
darslik Mutaxassislik fanlarni o‘qitish metodikasi .

Ilmiylik tamoyili talabalarga o'rgatish uchun ilmiy jihatdan asoslangan, amalda sinab ko'rilgan ma'lumotlar berilishini talab etadi. Ularni tanlab olishda fan va texnikaning eng so'nggi yutuqlari va kashfiyotlaridan foydalanish kerak.
Ilmiy bilimlarni egallash jarayonida talabalarda ilmiy dunyoqarash, tafakkur rivojlanadi. Har bir darsda o'qitiladigan o'quv materialining ilmiy mazmuni keng va chuqur bo'lishi va talabada nafaqat bilim, balki tafakkur hosil qilishi hamda uning ijodiy qobiliyatini shakllantirishi kerak. Buning uchun esa o'qituvchi o'z ilmiy saviyasini izchil ravishda oshirib bonshi, zamonaviy pedagogik texnologiyalar, kashfiyotlar va ilmiy yangiliklardan xabardor bo'lishi lozim. Talaba o'rganayotgan bilimlar, albatta, nazariy tasdiqlangan va amalda sinalgan bo'lishi kerak.
O‘qitishning tarbiyalovchi xarakteri tamoyili. Mustaqillik tufayli O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurishni amalga oshirilmoqda. Bunda ta’lim- tarbiya tizimi ham tubdan isloh etilmoqda.
A.Avloniy ta’lim bilan tarbiyani uzviy ravishda olib qaraydi va dars ila tarbiya orasida bir oz farq bo‘lsa ham, ikkisi bir-biridan ayrilmaydurg‘on, birining vujudi biriga boylangan jon ila tan kabidur - deb ta’kidlaydi.
O’zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti I.A.Kariimovnnng “YUksak ma’naviyat - engilmas kuch asarida” ta ’limni tarbiyadan, tarbiyani esa ta’limdan ajratib bo‘lmaydi - bu sharqona qarash, sharqona hayotfalsafasi - deb ta’kidalanadi.
O'qitish va tarbiyalash jarayonlari bir-biriga uzviy bog'liq bo'ladi. O'qitish bilim berish vazifalarini hal qilish bilan birga talabalarga juda katta tarbiyaviy ta'sir ham ko'rsatadi. U talabalarning bilish imkoniyatlarini va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishga, ularning o'quv va mehnat faoliyatidagi faolligi va mustaqilligini, bilimga qiziqishini oshirishga yordam beradi.
Biroq o'qitish jarayonidagi tarbiyaning maqsadi, mazmuni, g'oyaviy yo'nalishi va talabalarga ta'sir etish samaradorligi bir qator shartlarga bog'liq bo'lib, ulardan asosiylari: o'rganilayotgan fanning mazmuni, o'quv mashg'ulotlarining tashkil etilishi va metodikasi hamda bu mashg'ulotlarni o'tkazayotgan pedagogning shaxsiy fazilatidir.
O'quv mashg'ulotlarining to'g'ri tashkil etilishi va ularni o’tkazish metodikasi talabalarga juda qattiq tarbiyaviy ta'sir ko'rsatadi. Mashg'ulotlarda talabalarning bilim, ko'rtikma va malakalarni egallashga doir individual ishlari ham, bu ishlarning guruhli ko'rinishlari ham qo'llaniladi.
Ta'lim-tarbiya jarayonining samaradorligini oshirish maqsadida tarbiyaviy yo'nalishning ustuvorligini ta'minlash asosiy mezon hisoblanadi.
Tarbiya orqaligina inson o'z shaxsini anglaydi. O'z-o'zini anglagan kishigina o'z qobiliyatlari va imkoniyatini bilgan holda ehtiyojini shakllantirish zaruratini vujudga keltiradi.
Ta’lim jarayonida o‘tilayotgan mavzuning mazmunidan kelib chiqqan holda tarbiyaviy tomonlarini to‘g‘ri belgilash ham uni ta’lim bilan birga bir butunlikda amalga oshirishni ta’minlash juda muhimdir. Ta’lim va tarbiyaning birligi:

  • o‘zlashtirilayotgan ilmiy bilimlar orqali ta’lim oluvchilarda ilmiy dunyoqarashni tarkib toptirish;

  • shu jarayonda ta’lim oluvchilarga muayyan ma’naviy sifatlar, ahloq normalarini singdirish;

  • ta’lim oluvchilarning aqliy kamoloti, qobiliyatlarini yanada rivojlantirib borish va hokazo.


Download 1.4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling