Darslik Mutaxassisliklar


Download 1.4 Mb.
bet7/110
Sana08.03.2023
Hajmi1.4 Mb.
#1251049
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   110
Bog'liq
darslik Mutaxassislik fanlarni o‘qitish metodikasi .

Nazariy izlanish usuli -adabiyot, ilmiy manbaallardan o’rganish va tahlil qilish hamda pedagogic tajribalar asosida olib borilgan izlanishlardir. Nazariy izlanish usulida ishlashda ilmiy adabiyot va jurnallar, ilmiy maqolalar, patentlar, ilmiy ishlar, ilmiy to’plamlar va kataloglar, internet tizimidan olingan ma’lumotlardan foydalaniladi
Kuzatish usuli- odatda, tabiiy kuzatish orqali ta’lim oluvchilarning fanlarni o’zlashtirishlari, ularning xulq-atvori muomalasidagi o’zgarishlarni hisobga olish va tegishli ta’lim-tarbiya ta’siri ko’rsatish yo’llarini belgilash uchun qo’llaniladi. Bu usul tadqiqotchining pedagogic tajribani muayyan bir tomoni va hodisalarni biror maqsadni ko’zda tutib idrok etishi tashkil etadi. Bunda kuzatishlar tezligi va soni, kuzatish obyekti, vaqti, pedagogik vaziyatlarni kuzatish uchun ajratilgan tavsif va boshqalar hisobga olinadi.
Qayd qilish usuliga qarab kuzatishlar turlarga bo’linadi. Bevosita qayd qilish usuli tadqiqotchiga real pedagogik jarayonda kuzatuvchining xatti-xarakatlari tadqiqotchining bevosta o‘zi yozib qo’yish imkoini beradi. Bilvosita qayd qilish usulida esa biror-bir hodisalarning oqibati haqidagi daliliy materialnin boshqa shaxslar orqali yoki qandaydir asbobni qo’llash vositasida olishga imkon beradi. Ilmiy-texnika taraqqiyoti asrida kuzatishning visual usullari xilma-hil texnika vositalari (kinofilm, videotasvir, teleko’rsatuv)dan foydalanish oprqali tobora ko’p qo’llanilmoqda.
Suhbat usuli-so’rashning bir turi hisoblanib, tadqiqotchining jiddiy tayyorgarlik ko’rastishni talab etadi. Chunki u tekshirayotgan shaxs bilan bevosita aloqada bo’lish vaqtida og’zaki suhbat tarzida, suhbatdoshning javoblarini yozmasdan, erkin muomala shaklida olib boriladi.
Suhbat usuli-o’qituvchilar va talabalar jamoasi bilan, ota-onalar va keng jamoatchilik bilan, yakka va guruh tarzida ish olib borilganda qo’llaniladi.
Suhbat usulidan farqli ravishda intervvu olish usuli oldindan belgilangan savollarni izchillik bilan bayon qilishni nazarda tutadi.Bunda javoblar videoyozuviga yoki disklarga yozib olinadi. Hozirgi kunda ommaviy so’rash nazariyasi va amaliyotida intervyu olishning guruhlar tarzida, jadal, sinov va boshqa usullari mavjud.
Talabalarni o’rganishda-ularning o’ziga xos individual tartibdagi faoliyatlariga doir omillar tahlil qilinadi, xulosalar yasaladi.
Pedagogik so’rov usuli- tadqiqotchining boshqa kishilardan pedagogic tajribaning biror tomoni yoki hodisalar haqida axborot olish jarayoni bu usulning asosini tashkil qiladi. So’rash usulida savollarning mantiqiy o’ylangan tizimini, uning aniq foydalanishini, nisbatan kamchiligi (3-5 ta) nazarda tutiladi. Shuningdek, qat’iy shakldagi javobni (“ha”,”yo’q”) ham taqazo etish ko‘zda tutiladi.
Test savollari- yoki anketa usuli ilmiy farazning yangiligini aniqlash, yakka yoki guruh holdagi ta’lim oluvchilar fikrlarini, qarashlarini, qanday kasblarga qiziqishlarini, kelajak orzu-istaklarini bilish va tegishli xulosalar chiqarish, tavsiyalar berish maqsadida o’tkaziladi.
Test savollaridan ko’zlangan maqsad oz vaqt ichida takabalarning bilimlarini yoppasiga baholashdir.
Mutaxasislarning bilimini va dunyoqarashini aniqlash uslublaridan biri-bu test yordamidagi sinovdir.Test yordamida sinov talaba yoki mutahasisning bilimi, ilmi, ma’naviyati hamda yoshlarning qaysi yo’nalish va mutahasislikka layoqati borligini ,iqtidorini zudlik bilan aniqlash va baholashga imkonj beradi. Test yordamida bilimlarni baholashning pedagogic nuqtaviy nazaridan yutuqlari va kamchiliklari keltirilgan va baholash jarayononi EHM yordamida avtomatlashtirish mumkinligi takidlangan. Test savollari va masalalarning aniqligiga sabab, uning qisqa va lo’ndaligi, umumiy javoblar ivhida to’g’ri javobning borligi va ularning talabalarga ko’rsatma bo’lib xizmat qilishi, uning topishmoqli o’yingga o’xshashligi va javobni topishda xotira, ichki tuyg’u va topqirliklar qo’l kelishidir. Test savollarini chop etish talabalarning mustaqil ishlashini yanada faollashtiradi.
Tajriba-sinov, eksperiment usuli-ushbu tajriba ta’lim-tarbiya jarayoniga aloqador ilmiy faraz yoki amaliy ishlarning tatbiqiy jarayonlarini tekshirish, aniqlash maqsadida o’tkaziladi.
Statistik ma’lumotlarni tahlil qilish usuli - ta’lim sohasidagi, jumladan, ta’lim oluvchilarni o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari, OTM uchun ajratilgan mablag’larning o‘zgarib borishi, darslik va o’quv qo’llanmalar, ko’rgazmali vositalar, o’qituvchi kadrlar tayyorlash va ularning salohiyati, ta’lim muassasalarining moddiy-texnik bazasi, innovatsion loyihalar va ulardan tushayotgan mablag’lar va boshqalar statistika usuli orqali aniqlanib, tahlil qilinadi.
Matematik va kibernetik usullar - o’qitish nazariyasi amaliyotida axborot texnologiyalari yordamida ma’lumotlarni to‘plash, ularga mattemaik ishlov berish, bir tildan ikkinchi tilga tarjima qilish, elektron dasturli ta’lim va uni kompyuter orqali boshqarish, masofaviy o’qitish, baholash orqali ta’lim-tarbiya samaradorligini oshirish, tabaqalashgan va individual ta’lim berish kabi jarayonlardir.
Ijtimoiy tadqiqot usuli - maxsus anketalar ishlab chiqilib, ularga tegishli savollar kiritiladi. Bundan maqsad ta’lim oluvchilarning kasb-hunarga bo’lgan qiziqishlarini, ular orasidagi do’stlik munosabatlarini, o’quv yurtidagi shart- sharoitlarini bilish, yutuq va kamchiliklarini, tasavvuf ilmiga qiziqishlarini aniqlash, ularning ma’naviy sifatlarini, bilim olishga ishtiyoqi, adabiyotlar bilan ta’minlanganlik darajasi, o’quv taqsimoti, o’qituvchilarning bilim berish darajasi, o’quv qo’llanmalarining sifati, kompyuterda mashg’ulot o’tkazish turlarini o’rganish, ilmiy va kasbiy mahoratni oshirishdagi mashg’ulotlar turi, stipendiyalar miqdori, stipendiyalar talabalarning qanchalik qoplashi, talabalarning haq to’lanadigan ishlarda qatnashishi, ota-onalarining yordami, ularning ma’lumoti, ish joyi, talabalar qo’p boradigan jamoat joylari, yashash joyi, ilmiy dunyoqarashining shakllanishiga ta’sir etuvchi, mutaxasssi bo’lib yetishishida hal qiluvchi omillar, talabalarninng onglilik darajasi, komil inson bo’lish uchun kerak bo’lgan ma’naviy sifatlar, o’zlashtirganlik darajasi haqida savollar anketaga kiritiladi. Savol-javolarning barchasi kompyuterda qayta ishlanadi va xuldosalar chiqariladi.
Yuqorida ko’rsatib o’tilgan usullardan tashqari maxsus fanlarni o‘qitish metodikasida tadqiqotning maxsus usullaridan ham foydalaniladi.
Tadqiqotning maxsus usullarida hodisa va jarayonlarni ob’ektiv miqdoriy kattaliklarni olish maqsadida turli xildagi asbob-uskunalar va elektron jihozlar ham qo’llaniladi.
Tadqiqotning maxsus usullari shartli ravishda uch guruhga bo’linadi:

  • Ish-harakatlarining natijaviy tafsilotini o’rganish (harakatlarni aniq bajarish, sarflanadigan vaqt, ish unumi) ga bog’liq bo’lgan usullar;

  • Biomexanik usullar;

  • Psixofiziologik usullar.

Ish-harakatlarining natijaviy ko’rsatkichlari bilan bog’liq bo‘lgan usullarda xronometraj xarita muhim rol o’ynaydi. Ish me’yori, maqbul vaqt, shu jumladan, ishlab chiqarish ta’limining turli davrlarida talabalar vaqt me’yori, tartibotini aniqlash maqsadida, shuningdek, harakatlarning vaqtinchalik tuzilmasini o’rganish talablari yoki ishchilarning tayyorgarlik darajasini baholash uchun xrometrajdan foydalaniladi.
Biomexanik usullar - bu ish-harakatining fazoviy vaqt va kuch parametrlarini o’rganishdir. Bunda ularning mukammalik darajasi, ishchining asbob, dastgoh va hokazolar bilan o’zaro kuch ta’sirida, asbob va qo’l harakatining kinematikasi va boshqalar aniqlanadi.
Psixologik usullar o’quv va mehnat faoliyati jarayonida inson organizmining turli a’zolarining funksional holatini o’rganishda foydalaniladi. Bulardan elektromiografiya, elektrokardiografiya, elektrodermografiya usullari keng qo’llaniladi.
Ilmiy pedagogik izlanishlarni olib borish jarayonini shartli ravishda quyidagi bosqichlarga ajratish mumkin:


  1. Download 1.4 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling