Darslik ташкент Mualliflar jamoasi
Download 5.41 Mb.
|
Kitob TKK
Isitkichni ishlatish
Ta’sir mehanizmi: silliq mushaklarni reflektor bo’shashishini chaqiradi, ichki a’zolarga qon kelishini kuchaytiradi, og’riq qoldiruvchi va bo’shashtiruvchi ta’sir qiladi. Ko’rsatma: Umumiy yoki mahalliy isitish. Qorin bo’shlig’i a’zolarini surunkali kasalliklari (gastrit, kolit, asoratlanmagan oshqozon va 12 barmoq ichak yarasi). Gipertonik kriz. Yallig’lanish infiltratlari. Qarshi ko’rsatma: Qorin bo’shlig’i a’zolari o’tkir yallig’lanish kasalliklari (appenditsit, xoletsistit, pankreatit, peritonit). O’smalar, qon ketish holatlari, birinchi soatlardagi lat yeyishlar va jarohatdan keyingi birinchi kunlar. Infitsirlangan yaralar. Kerakli anjomlar: Rezina isitkich. 70 °C haroratli suv. Sochiq yoki kichik choyshab. Vazelin. 1% xloramin eritmasi. Bajarish ketma-ketligi: Isitkichning 2/3 qismi suv bilan to’ldiriladi (rasm.2). Isitkichni siqib og’zigacha suv keltiriladi va havosi chiqariladi. Isitkich og’zidagi probkani yaxshilab buraymiz. Isitkich og’zi pastka qaratiladi va germetikligi tekshiriladi. Isitkich quruq qilib artiladi. Isitkich kichik choyshabga o’raladi. Bemorga isitkich beriladi (terida pigmentatsiya bo’lmasligi uchun teriga vazelin moyi surtiladi). 5 daqiqadan keyin teri qizib ketgan yoki ketmaganligi tekshiriladi (yaqqol giperemiya). Isitkich sovugandan so’ng olinadi. Istikich ishlatib bo’lingandan so’ng dezinfeksiya qilinadi. Asorati: Kuyish. Teri pigmentatsiyasi. Izoh: terida shishi bor va terisi sezuvchanligi past, Shuningdek bolalarga juda issiq bo’lmagan isitkich ehtiyotlik bilan qo’yiladi. Kompress Kompress (lat. compression – bosmoq, siqmoq) – doka yoki boshqa mato bilan qo’yilgan ko’p qavatli davolovchi bog’lam, asosan paxta, yog’li qog’oz yoki suv o’tkazmaydigan plyonka bilan birga ishlatiladi. Ko’rsatma: lat yeyish va jarohatdan keyingi birinchi soatlar, burun va gemorraidal qon ketishlar, lixoradkani ikkinchi davri. Qarshi ko’rsatma: qorindagi spastik og’riqlar, kollaps, shok. Kerakli anjomlar: muz bilan sovuq suv, bir necha qavat qilingan doka. Muolajani bajarish bosqichlari: Tayyorlangan doka sovuq suvga botiriladi va ozgina siqiladi. Kompress tanani kerakli joyiga qo’yiladi. Doka har 2-3 daqiqada almashtiriladi (qizib ketishiga qarab). Download 5.41 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling