Darslik ташкент Mualliflar jamoasi
Nafas yo’llari to’silib qolganda birinchi yordam (bemor hushsiz)
Download 5.41 Mb.
|
Kitob TKK
Nafas yo’llari to’silib qolganda birinchi yordam (bemor hushsiz)
1. Tezlik bilan yordam chaqiring. 2. Zarar ko’rganning tepasida tizzangiz bilan turing va qo’lingizni yurakning bilvosita massajida qilgandek joylashtiring. 3. To’sh suyagini 6—10 marta 5—6 sm chuqurlikda bosing; ko’krak suyagiga turtkilar sekin, lekin aniq bo’lishi kerak. 4. Zarar ko’rganning og’zini oching, tilinipastki jag’iga bosib, barmog’ingiz bilan yot jismni olib tashlashga harakat qiling; nafas yo’llarini oching (boshini orqaga qilib, iyagini ko’taring va 2 marta to’liq havo kirgizing. 5. 2—4 bosqichlarni nafas yo’llari ochilguncha yoki yordam yetib kelguncha takrorlang. Nafas bo’lmaganda birinchi yordam (bemor hushsiz), og’izdan og’izga usuli bo’yicha o’pkalarni sun’iy ventilyatsiya qilish Zarar ko’rganga yordam berishdan avval quyidagilar lozim: 1. Haqiqatdan ham u bo’g’ilib qolayotganini aniqlash. 2. Nafas yo’llari to’silib qolganligi darajasini aniqlash. Harakatlarning ketma-ketligi: 1. Yordamga chaqiring. 2. Zarar ko’rganni chalqanchasiga yotqizib, qo’llarini biqiniga qo’ying. 3. Boshini orqaga egib, iyagini ko’tarish usulini qo’llab, nafas yo’llarini oching: - qo’lingizni uning peshanasiga qo’ying. — ikkinchi kulingizning 2 barmogini pastki jarga iyak yakdniga joylashtiring. 4. Nafas bor-yo’qligini (ko’krak qafasi ko’tarilayotganligi, chiqarilayotgan nafas sezilayotganligini) tekshiring; nafas bo’lmaganda harakatlarning ketma-ketligi quyidagicha: — zarar ko’rganning burnini yoping, og‘zinikatta oching, chuqur nafas oling va og’zingizni uning og’ziga marham qilib qo’ying; — 5 sek. oralig’ida har birining davomiyligi 1,5—2 sek. bo’lgan 2 marta chuqur nafas kirgizing; ularning orasidagi pauza sizga nafas olish uchun xizmat qiladi; — zarar ko’rganning ko’krak qafasi havo berilayotgan vaqtda ko’tarilib tushayot-ganligini kuzatib turing; — bemorning og’zidan nafas chiqayotganini sezing; o’pkalarning sun’iy ventilyatsiyasini 1 daqiqa mobaynida davom ettiring (taxminan 12 ta nafas olish). Ogohlantirish: Quyidagi hollarda havo nafas yo’llariga kira olmaydi: — yot jism nafas yo’llarini hiqildoqgacha yopgan bo’lsa havo me’daga o’tadi; tezlik bilan operatsiya—traxeotomiya qilish lozim. — og’zingiz bilan bemorning og’ziniqattiq yopmaganingizda; — bosh egilganda yoki tez-tez nafas berilganligi natijasida havo me’daga tushadi. Tish protezlari bemorning og’zida yordam beruvchining og’zi bilan qattiqroq aloqada bo’lish uchun qoldiriladi. Zarar ko’rgan qusishni boshlasa, uni yonboshiga ag’darib, og’iz bo’shlig’ini tozalash va o’pkaning sun’iy ventilyatsiyasini davom ettirish lozim. O’pkalarni sun’iy ventilyatsiya qilish paytida uyqu arteriyasidagi puls tekshiriladi. Agar puls bo’lib, nafas olish bo’lmasa, yordam yetib kelguncha o’pkaning sun’iy ventilyatsiyasi davom ettiriladi, puls ham bo’lmasa, ventilyatsiya bilan birgalikda yurakning bilvosita massaji boshlanadi. Download 5.41 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling