Darslik ташкент Mualliflar jamoasi


Shifokor kelguncha shoshilinch yordam


Download 5.41 Mb.
bet61/257
Sana23.09.2023
Hajmi5.41 Mb.
#1686290
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   257
Bog'liq
Kitob TKK

Shifokor kelguncha shoshilinch yordam
1. Bemorni ortiqcha sovib ketishdan asrash, issiq kiyintirish.
2. Oyoqlariga xantalmali issiq vanna qilish.
3. Iliq ichimlik berish.
Xalq tabobati vositalari yaxshi ta’sir ko’rsatadi: pishgan kartoshkali idish tepasida bug’ bilan nafas olinadi.
Uy ingalyatsiyasi: evkalipt barglarini maydalab (1 choy koshik), qaynoq suv bilan damlanadi, qalin qog’ozdan voronka yasab, damlama solingan idish keng uchi bilan yopiladi va tor uchi bilan 10— 15 daqiqa mobaynida bug’ bilan nafas olinadi.
Fitonsid xususiyatlarga ega o’simliklarni ishlatish (piyoz, sarimsokpiyoz): 10 ta piyoz va sarimsoq piyozni mayda to’g’rab, sutda yumshaguncha pishiriladi, so’ngra ozgina yalpiz sharbati va asal qo’shiladi; kun mobaynida har soatda 1 osh qoshiqdan ichiladi.
Balg’am ko’chiruvchi vosita (emizikli bolalar uchun): 1 choy qoshiq asalga 2 osh qoshiq anis urug’i va bir chimdim tuz qo’shiladi, bir stakan suv quyiladi va qaynatish darajasiga olib boriladi, suzgichdan o’tkaziladi va bolaga 1 choy qoshiqdan kuniga 4—5 mahal beriladi.
Tarkibida mineral moddalar va C vitamin bo’lgan turpdan foydalanish: yuvilgan turpning o’rtasi o’yiladi va ichiga 2 osh qoshiq asal quyiladi, idishga vertikal holatda joylashtirib, qalin qog’oz bilan yopiladi va 3—4 soat mobaynida damlanadi, so’ngra ajralib chiqqan sharbatni ovqatgacha va uyqudan oldin kuniga 3—4 maxal 1 choy qoshiqdan ichiladi.
Quruq yo’talni yumshatuvchi vosita: 1 osh qoshiq shakarni olib, shakar to’q jigarrang tusga kirguncha olov ustida ushlab turiladi va issiq sut solingan idishga qo’shiladi, hosil bo’lgan massani to’liq so’rilguncha og’izda ushlab turiladi.
Asalli terapiya: sabzi sharbati asal bilan yaxshilab aralashtiriladi (1:1), kuniga 2—3 mahal 1— 2 osh qoshiqdan ichiladi.
Balg’am yaxshi ko’chmaganda: 1 osh qoshiq qora andiz ildizi 1 stakan qaynoq suvga qo’shiladi, 30 daqiqa qaynatiladi, suzgichdan o’tkazilib, kuniga 2—3 mahal 1х4 stakandan ichiladi.

Download 5.41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   257




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling